Nashriyot-matbaaijodiy uyi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/160
Sana20.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1683026
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160
Bog'liq
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH

93 


IV bob. MODDA MIQDORI VA SARFINI O'LCHASH 
4.1- §. ASOSIY MA'LUMOTLAR 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini 
oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o'lchash masalalarini 
muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o'lchash tizimlarining 
qo'llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug', yonilg'i) 
hisobga olish va nazorat qilish bo'yicha ko'pgina texnik masalalarning hal 
qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab 
chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog'liq holda tez aniqlashga imkon 
beradi. 
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini 
o'lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo'yiladi. 
Sarf o'lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarfo'lchagichlar deb ataladi. 
Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o'tgan miqdori 
modda sarfi deyiladi. Sarf o'lchaydigan asboblar oniy sarfni o'lchaydi va 
texnologik rejimlar (ayniqsa, uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini 
nazorat qilishga, texnologik jarayonning o'tishini har bir onda avtomatik 
ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo'nalishda sozlashga imkon beradi. 
Moddaning hajmiy sarfi 1/s, m
3
/s, m
3
/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, 
t/soat va hokazolarda o'lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan 
ta'minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarfo'lchagichlar 
deyiladi. 
Modda miqdorini o'lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. 
Hisoblagichlar o'zlaridan o'tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va 
hokazo) mobaynida o'lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko'rsatkichlari farqi 
bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m
3
) yoki massa (kg, t) 
birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o'lchash asboblari bo'lib, 
ularning shkalasi bo'yicha olingan ko'rsatkichlar qo'shimcha hisoblashni talab 
qilmaydi. 
Sanoatdakeng tarqalgan sarf vamiqdor o'lchagichlar ishlash prinsipi va 
tuzilishlapiga ko'ra bir qancha guruhlarga bo'linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, 
bug' va gazlarning sarfini o'lchaydigan asboblaming quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: 
1) bosim farqi o'zgaruvchan sarfo'lchagichlar; 2) bosim farqi o'zgarmas 
sarfo'lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarfo'lchagichlari; 4) o'zgaruvchan sathli 
sarfo'lchagichlar; 5) induksion sarfo'lchagichlar; 6) ultratovushli sarfo'l-
chagichlar; 7) kalorimetrik (issiqlik) sarfo'lchagichlar; 8) ionli sarfo'lcha-
gichlar. 
O'lchanayotgan moddaning turiga ko'ra sarfo'lchagichlar suv, mazut, 
bug', gaz va hokazolar sarfini o'lchagichlarga bo'linadi. 
Suyuqlik va gazlarning miqdorini o'lchaydigan hisoblagichlar quyidagi 
asosiy guruhlarga bo'linadi: 
94 


1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari. 
Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va 
asboblar ko'rib chiqilgan. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling