Nashriyot-matbaaijodiy uyi
4.5- §. ELEKTROMAGNIT SARFO'LCHAGICHLAR
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
103
4.5- §. ELEKTROMAGNIT SARFO'LCHAGICHLAR Elektromagnit (induksion) sarfo'lchagjchlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydoni ta'sirida elektr tokini o'tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo'lgan EYK ni o'lchashga asoslangan. Induksion sarfo'lchagichning sxemasi 4.7-rasmda ko'rsatilgan. Magnitning N va S qutblari orasida magnit maydoni kuch chiziqlari yo'nalishiga perpendikular ravishda suyuqlik quvuri 1 o'tadi. Quvurning magnit maydonidan o'tadigan qismi nomagnit material (ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Quvur devorlarida bir-biriga diametral qarama-qarshi yo'nalgan o'lchash elektrodlari 2 o'rnatilgan. Magnit maydoni ta'sirida suyuqlikdagi ionlar harakatga keladi va o'z zaryadlarini o'lchash elektrodlariga berib, ularda EYK hosil qiladi. Oqim tezligiga mutanosib, EYK ning qiymati, magnit maydoni o'zgarmas bo'lganda, elektromagnit induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadi: (4.16) bu yerda: В — magnit qutblari oralig'ida hosil bo'lgan elektr magnit induksiyasi, Tl; D — quvurning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; v o , n — oqimning o'rtacha tezligi, m/s. Tezlikni Q hajmiy sarf orqali ifodalasak, (4.17) Bu ifodadan o'zgarmas magnit maydonida EYK ning qiymati sarfga to'g'ri mutanosib ekanligi kelib chiqadi. Induksion sarfo'lchagichlar elektr o'tkazish qobiliyati 10~ 3 ... 10 _5 sm/m dan kam bo'lmagan suyuqliklarda ishlatiladi. O'zgarmas magnit maydonga ega bo'lgan induksion sarf o'lchagichlarning asosiy kamchiligi — magnit elektrodlarida qutblanish va galvanik EYK ning paydo bo'lishidadir. Bu kamchiliklar harakatdagi suyuqlikda magnit maydon tomonidan induksiyalangan EYK ni to'g'ri o'lchashga yo'l qo'ymaydi yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun, o'zgarmas magnit maydoniga ega bo'lgan sarfo'lchagichlar suyuq metallar, suyuqlikning pulslanuvchi oqimi sarfini o'lchashda va qutblanish o'z ta'sirini ko'rsatishga ulgurmaydigan qisqa vaqtli o'lchashlarda ishlatiladi. Hozir induksion sarfo'lchagichlarning ko'pchiligida o'zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon x vaqtda /chastota bilan o'zgarsa, EYK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: (4.18) 104 bu yerda: я в max - s i n 2л f x ~ induksiyaning ampli- tuda qiymati. O'zgaruvchan magnit maydonida elektro- kimyoviy jarayonlar o'zgarmas maydonga qara- ganda kamroq ta'sir ko'rsatadi. O'zgaruvchan magnit maydonli induksion sarfo'lchagichning prinsipial sxemasi 4.8-rasmda ko'rsatilgan. Chizmada quyidagi belgilar qabul qilingan: SBEO' — o'zgaruvchan magnit maydonli sarf- o'lchagichning birlamchi elektromagnit o'zga- rtkichi; magnit maydon elektromagnit 4 yor- damida hosil bo'ladi: O'K — oraliqdagi o'lchash kuchaytirgichi 0...5 mA o'zgarmas tok chiqish signaliga ega bo'lgan o'zgart- gich; O'A — o'lchash asbobi, integrator va hokazo; R — qarshilik. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling