Nashriyot-matbaaijodiy uyi
- §. O'ZGARUVCHAN SATHLI SARFO'LCHAGICHLAR
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
anmi4 1930 TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QOLOSHNI AVTOMATLASHTIRISH
4.4- §. O'ZGARUVCHAN SATHLI SARFO'LCHAGICHLAR
O'zgaruvchan sathli sarfo'lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqi- shidagi sath balandligini o'lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda agressiv suyuqliklar sarfini o'lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan pulslanuvchi oqim va suyuqliklar sarfini o'lchashda ishla- tiladi. O'zgaruvchan sathli sarfo'lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfini atmosfera bosimida o'lchaydi, shuning uchun bu asboblarning ishlatilishi cheklangan. O'zgaruvchan sathli sarfo'lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig'im (idish) va suyuqlik sath balandligini o'lchaydigan asbob kiradi. Sath ba- landligi o'lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o'lchash asbobi ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi sig'im sifatida esa dumaloq (diafrag- ma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud to'rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi uning sath balandligi bo'yicha aniq- lanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida bo'- lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida joylash- gan bo'lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki chetidan baland bo'lmasligi lozim. 4.6-rasmda ko'rsatilgan sarfo'lchagich ikki shtutserli to'rtburchak idish 2 dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo'lib, suyuq- likni kiritish uchun, ikkinchisi esa pastda joylashgan bo'lib, suyuqlikning oqib chiqishi uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to'siq bilan bo'lingan, bu to'siqqa profillangan teshikli shit germetik ravishda mah- 102 kamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g'ilofli pyezometrik naycha 1 cho'ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o'zgarmas qilib saqlanib turiladi va manometr 5 bilan o'lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pyezometrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfiga bog'liq. Pyezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati dif- manometr 3 bilan o'lchanadi. 4.6-rasmda keltirilgan sarfo'lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo'linmalari tengligida- dir. Tirqishli sarfo'lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: (4.15) bu yerda: a — sarf koeffitsiyenti; S 0 — tirqishning yuzasi; L — tirqishdagi suyuqlikning balandligi. Tirqishli sarfo'lchagichning sarf koeffitsiyenti tirqishning geometrik shakliga, ayniqsa, kirish qismidagi qirraning o'tkirligiga bog'liq. Taqribiy hisobda sarf koeffitsiyenti a ning qiymati 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf koeffitsiyentining aniq qiymati asbobning o'zini darajalashda aniqlanadi. Tirqishli sarfo'lchagichlarda bosim difmanometr orqali o'lchanadi. Sarf- o'lchagich bilan difmanometr o'rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 m dan, difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan oshmasligi kerak. O'lchash chegarasi 10...50 m 3 /soat bo'lgan quril- maning asosiy xatosi +3,5 %. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling