Nasos stansiyalar binolari turlari
Download 2.66 Mb.
|
14-амалий. Насос станция биноси турини танлаш, уларга жиҳозларни ўрнатиш ҳамда ўлчамларини аниқлаш
Lo’k=vnas + 2l1 +b.dev (5.18 a)
bu yerda, vnas va Ddv - nasos va elektrodvigatelning o’lchamlari, m (6,7,8,13-ilovalar); Vtr - o’zgaruvchan kesim yuzali tirsaksimon suv keltirish truboprovodining kirish qismidagi eni (5.3-rasm); ust - suv qabul qilish bo’linmasi ustunining qalinligi, 0,6-1 m qabul qilinadi ; l1va l2 - ekspluatatsion o’tish masofalari (5.2-jadval). Gorizontal valli agregatlar uklari oralig`idagi masofa quyidagicha topiladi. Lo’k=lagr + l1; (5.21) bu yerda, lagr - nasos va dvigatel vallarining uzunliklari yig`indisi (6 va 13 ilovalar). Hamma turdagi binolarning uzunliklari quyidagi ifoda bilan topish mumkin: Lbino=Lo’k (Zo’r-1)+lagr + lt.may + 2l1 + dev + yu.dev + 0,1 m (5.22) bu yerda, Zo’r - binoga o’rnatiladigan agregatlar soni; lt.may - ta’mirlash maydonchasi uzunligi, lt.may=1,5 Luk -qabul qilinadi. Vertikal vallni agregatlar o’rnatiladigan binolar uchun lagr=vnas yoki lagr=Ddv teng qabul qilinadi. Binoning uzunligi ham uning tomini berkitish uchun qo’llanadigan yig`ma temir-beton buyumlarining standart o’lchamlari bilan bog`lab, ya’ni kolonnalar qadamini 6 m qabul qilib, qayta topiladi: Lbino,1=6 (Zk - 1 ) +k + 2yu.dev + 0,2 m; (5.23) bu yerda, k -kolonnaning qalinligi (14-ilova); Zk - kolonnalar soni. Kolonnalar sonini qabul qilishda Lbino,1 Lbino sharti bajarilishiga e’tibor berish zarur. Binoning yuqori qavati balandligi hamma turdagi binolar uchun bir xil usulda quyidagi ifoda bilan aniqlanadi. Nyu.k=Ndv + hzax + hdet + hbog + hkran + h1; ( 5.24) bu yerda, hzax=0,5 m-o’rnatilgan va ko’tariladigan uskunalar detallari oralig`idagi zaxira; hdet - nasos yoki dvigatelning eng uzun detali o’lchami; hbog - bog`lagichning uzunligi, 0,5-0,7 m qabul qilinadi; hkran - yuk ko’taruvchi kranning vertikal o’lchami, [9] adabiyotdan olish mumkin; h1 0,2 m -kran bilan tom tusini oralig`idagi zaxira; Ndv-vertikal valli agregatlar o’rnatiladigan binolar uchun elektrodvigatelning o’lchami (13-ilova), «Yer ustki» binolari uchun nasosning o’lchami bo’yicha ya’ni Ndv=Nnas+0,2 m teng va gorizontal valli agregatlar o’rnatiladigan «Bo’linmali» binolar uchun Ndv=0 qabul qilinadi. Agar agregatlar, avtotransportga yuklansa, Ndv=havt ya’ni avtotransportning balandligiga teng olinib, (5.24) formula bilan binoning yuqori qismi balandligi qayta aniqlanadi. Yuqoridagi (5.24) formula bilan topilgan Nyu.k balandlikka yaqinroq quyidagi standart balandliklardan biri loyiha uchun qabul qilinadi: osma kranli binolar uchun 3; 3,6; 4,2; 4,8; 5,4; 6m, ko’priksimon kranli binolar uchun 7,2; 8,4; 9,6; 10,8; 11,2; 12,6; 14,4; 16,2; 18 m. Binoning yer ostki qismi quyma yoki yig`ma temir-beton buyumlardan tayyorlanadi. Buning uchun belgisi BM-150, suv o’tkazmasligi V-4, va sovuqqa chidamliligi MRZ - 50 dan yuqori bo’lgan gidrotexnik beton qo’llaniladi. Suv sizib kirishiga qarshi bino devoriga tashqi tomondan bitum surkalib, ichki tomondan sement qorishmasi bilan suvaladi va namlikka chidamli buyoq bilan pardozlanadi. «Blokli» binoga beton qurilish ishlarini bajarilish texnologiyasi hamda issiklik sharoitlari bo’yicha bloklarga bo’lib quyiladi. Stansiya binolarining yer ostki qismi gidrotexnika inshooti tarzida ta’sir qiluvchi kuchlar bo’yicha mustahkamlikka, chidamlilikka va turg`unlikka tekshirib ko’riladi. Binoning yer ustki qismi yig`ma temir-betondan sinchli yoki sinchsiz tuzilishda bo’lishi mumkin. Agar o’rnatiladigan uskunalarning eng og`ir detali 5m dan ortiq bo’lsa, u holda bino yig`ma temir-betondan sinchli tuzilishda loyihalanadi va ularni oralig`i ikki gisht o’lchamida to’ldiriladi. Boshqa hollarda yer ustki qismi devorlari sinchsiz gishtdan bajarilib, yuk ko’tarish krani yo’li o’rnatish uchun gishtdan ichki burtma shaklida tayanchlar quriladi. Yer ustki qismiga umumiy yuzasi polning yuzasidan 1/31/5 qismda derazalar o’rnatiladi. Binoning tomi yig`ma temir-beton balka va plita bilan berkitilib, issiqlik saqlovchi qoplama (keramzit), sement qorishma, suv o’tkazmaydigan qoplama (ruberoid va saqich) bilan mustahkamlanadi. Binoning yer ustki va yer ostki qavatlari oralig`idagi to’siq yig`ma yoki quyma temir-betondan tayyorlanadi. Bu oraliq to’siqka imoratga ko’ndalang asosiy balkalar, ularga perpendikulyar ikkinchi darajali balkalar o’rnatilib, plitalar bilan qoplanadi va vertikal valli dvigatellar uchun tayanch bo’lib xizmat qiladi. Yuqori quvvatli dvigatellar uchun (Ndv 5000 kvt) ular tagiga qo’shimcha tayanch kolonnalari o’rnatiladi. Pastki yer osti qavatiga tushush uchun qiyaligi 1:2 yoki 1:1,5 va eni v=0,82,2 m o’lchamda zinopoyalar hamda zarur joylarga xizmat ko’prikchalari qurilishi zarur. Yuqori kuchlanishli (U=6-10 kv) nasos stansiyalarda 1, 2 va 4 seksiyali elektr taqsimlash qurilmalari o’rnatiladigan alohida qo’shimcha bino quriladi. Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling