Насосларни биргаликда ишлаши. Насосларни параллел ва кетма-кет улаш


Ventilyator parraklarini mahkamlanish usuli va elektrodvigatelь o’rnatilishiga qarab ventilyatorlar quyidagicha bo’ladi


Download 3.54 Mb.
bet3/7
Sana10.11.2023
Hajmi3.54 Mb.
#1760905
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 maruza sirtqi ta\'lim uchun o\'tilayotgan — копия

Ventilyator parraklarini mahkamlanish usuli va elektrodvigatelь o’rnatilishiga qarab ventilyatorlar quyidagicha bo’ladi:
Кanalli ventilyatorlar dumaloq va to’rtburchak kanallar uchun, mahsulotlarni joyni shamollatish tizimini ishga solishga juda qulay bo’lib, o’rnatish va uni ishga tushirish tez va qulay. Bunday ventilyatorlar yuqori sifatli dvigatelь bilan jihozlangan bo’lib, tashqi rotorga ega hamda kam quvvat talab qiladi va ishlatish uchun juda qulaydir.
O’qiy ventilyatorlar — eng sodda shamollatish usuliga ega. U ishlab chiqarish ob’ektlarida, qishloq xo’jalik va boshqa binolarni shamollatishda keng miqyosda qo’llaniladi.
Radial ventilyatorlar
Shamollatish tizimida asosan yuqori bosimli ishlash sharoitida radial ventilyatorlar ishlatiladi. Uning asosiy texnik xarakteristikalari ishchi g’ildirak va parraklar orqali aniqlanadi.
Agar kuraklar egilgan bo’lsa, kam shovqunga va 80% samarali ishlashga ega bo’ladi, ammo bunday kuraklar orqali havo miqdorini o’tishi bosimga bevosita bog’liq. Bunday ko’rinishga ega bo’lgan kuraklar changli havoga tavsiya etilmaydi.
3.4-rasm. Radial ventilyatorlar.
Agar ishchi g’ildirakdagi kuraklar to’g’ri shaklga ega bo’lib, orqa tomonga egilgan bo’lsa, 70% gacha ishlash samaradorligiga ega. Bu rusumdagi ventilyatorlar ifloslangan havo uchun yaxshi ishlaydi. Agar ishchi g’ildirakdagi kuraklar to’g’ri radial holatda bo’lsa, havodagi iflosliklarga kam yopishish koeffitsientiga ega bo’lib, 3.4rasmda ventilyator ishlashi 50% samaradorlikni tashkil qiladi.
Ventilyator konstruktiv jihatdan oldinga buralgan bo’lsa, ventilyator 60% samaradorlikda ishlaydi va havoning yuqori bosimi uning unimdorligiga kam ta’sir qiladi. Bunday ventilyatorlar gabarit jihatdan kichik miqdorni tashkil qilib, o’rnatishga ham qulay hisoblanadi.

O’qiy ventilyatorlar. Bunday rusumdagi ventilyatorlar samaradorligi jihatidan past bo’ladi. Samaradorligini oshirish yo’li tsilindr shaklidagi tayanchga o’qiy ventilyatorlarni joylashtirishdan hisoblanadi. Ushbu usullar yordamida (3.5-rasmda) o’qiy ventilyatorlarning ishlash samaradorligini 75% ga oshirish mumkin yoki yo’naltiruvchi kuraklar ishlatilsa, u holda ishlash samaradorligi 85% ga oshirish mumkin bo’ladi. Propellerli ventilyatorlar - o’qiy ventilyatorlarning eng sodda turlari qatoriga kiradi.


Download 3.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling