3.5-rasm.Propellerli ventilyatorlar
Ventilyatorlarni ishlatish sharoitiga va muhit tarkibiga qarab quyidagilarga bo’linada:
Ventilyatorlarni o’rnatish joyiga qarab ular quyidagilarga bo’linadi:
- Oddiy, maxsus tayanchga o’rnatilgan (rama yoki mustahkam asosga);
- kanalli, bevosita havoni haydaydigan havo yo’liga o’rnatilgan;
- tomga, ya’ni maxsus o’rindiqqa o’rnatilgan.
- 800°S gacha bo’lgan haroratli havo uchun;
- korroziyali muhitlar uchun;
- issiqqa chidamli 200°S gacha haroratli havo uchun;
- portlashga xavfsiz, portlashga moyil muhitlar uchun;
- chang-to’zonli havo uchun (qattiq zarrachalar 100 mg/m3 dan katta).
3.7-rasm. Ventilyator ishchi g’ildiragidagi aylanish tezligining bosm o’zgarishiga bog’liqlik grafigi
Birinchi va ikkinchi holatlarda nazariy hisob ma’lumotlariga qaraganda (3.7rasmda) bosimning haqiqiy ko’rsatgichidagi chetlashuvi grafikda ΔR1 va ΔR2 larda ko’rsatilgan. Bunda ishchi nuqta nazariy jihatdan hisoblashlarda aniqlangan bo’lib, ventilyatorning eng qulay samaradorligi aniqlangan. Bu holda ventilyatorning ishchi g’ildiragi aylanish sonining o’zgarishi (oshishi va kamayishi) ventilyatorni samaradorligining o’zgarishiga olib keladi.
Ventilyatorning samaradorligi, ya’ni FIК.
η=ΔPt∙q/N
Bu erda: ΔPt - bosimning umumiy o’zgarishi (Pa);
q-havo sarfi (m3/soat);
N — quvvati (Vt).
Ventilyatorning ishchi nuqtasi
Har qanday ventilyator uchun uning ma’lum aerodinamik xarakteristikasi (3.7rasmda) 1-egri chiziq mavjud. Bunda bosimga nisbatan sarf o’zgarishi grafigi ko’rsatilgan.
3.8-rasm.Ventilyatorlarning aerodinamik xarakteristikasI Ishchi nuqta 1-egri chiziq (ventilyatorning aerodinamik xarakteristikasi) va 2-egri chiziqlar kesishgan nuqtada (tarmoqning xarakteristikasi) joylashgan. Ishchi nuqta muayyan (konkret) shamolatish tarmog’ida ventilyatorning haqiqiy ko’rsatgichini aniqlaydi va ventilyatorning optimal ishlash rejimi hisoblanadi.
Kompressorlar. Bir va ko’p pog’onali siqish. Porshenli kompressorlarni turlari. Burchaksimon kompressorlarini asosiy qismlari. Kompressorlarni avtomatlashtirish va himoyalash.
Kompressorlar. Gazlarni qisishga va aralashtirishga ixtisoslangan mashinalarni gaz purkovchi yoki kompressor mashinalar deb ataladi. Кeyinchalik bu mashinalarni, “kompressor mashinalar” yoki soda qilib, kompressorlar deb yuritamiz.
Кompressorlarni xususiyatlariga qarab quyidagi klassifikatsiyalarga ajratamiz:
qisiluvchi muhit turiga qarab: havo kompressorlari, azotli, etilenli, ko’mir vodorodli gazlar uchun, kislorodga, freonga, uglekislotali gazlar uchun kompressorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |