Nasoslarni tuzilishi, parametrlari, suyuqlikka energiya berish usuli va boshqa ko’rsatkichlariga qarab turlicha klassifikasiyalash usullari mavjud


Download 241.54 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi241.54 Kb.
#1597304
1   2   3   4
Bog'liq
1-laboratoriya ishi porshenli va kurakchali nasoslarni tavsifnom

So’rilish yo’li — korpusning so’rish trubasidan ish g’ildiragiga o’tishdagi kanalidir. Suyuqlikning nasosga so’riladigan yo’lining eng yaxshi shakli o’q yo’nalishidagi konus ko’rinishida bo’ladi. Tez yurarligi o’rtacha va kichik bo’lgan nasoslar uchun nasosga so’rilish yo’li spiral shaklida bo’lishi mumkin. Tez yurarligi yuqori bo’lgan nasoslarda esa o’q bo’yicha so’rilish tezlikni 15. ..20 % oshiruvchi konfuzor orqali amalga oshiriladi. Spiral ko’rinishdagi so’rilish kameralarini hisoblashda so’rish tezligi sso’r g’ildirakka kirish tezligi s1ga qaraganda ancha kichik qilib olinadi: sso’r = (0,85 . . . 0,70) cl.
Spiral yo’l. Suyuqlikning nasosdan chiqish kanali — spiral kamera tuzilishi sodda bo’lgani uchun yo’naltiruvchi apparatga qaraganda qarshiligi kam bo’ladi (ya’ni FIK katta). Lekin spiral kameraning kanallarini mexanik usulda silliqlab bo’lmaydi. So’nggi vaqtlarda metall quyish ancha aniq va toza bajarilgani uchun spiral kameralar ko’proq qo’llanila boshladi. Ish g’ildiragidan chiqqan suyuqlik zarrachasi spiral kameraning biror qismiga kirgandan so’ng radius bo’yicha harakatlanishda davom etishi bilan birga aylanma harakat ham qilib, chiqish tomonga intiladi va o’zidan keyin kelayotgan zarrachaga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Spiral kamerani hisoblashda aylanma tezlikning tegishli radius-vektorga ko’paytmasi o’zgarmas deb qabul qilinadi. Natijada spiral kamerada suyuqlik tezligi chiqishga qarab kamayib boradi. Bu hol nasosning ishlashiga yaxshi ta’sir qiladi va tezlikning kamayishi potensial energiyaning ortishiga olib keladi. Odatda spiral kamerada tezlik quyidagicha formula bilan hisoblanadi:
(10.1), bu erda kc –tezyurarlik koeffisientiga bog’liq bo’lib, 0,45dan 0,2 gacha o’zgaradi.
Nasosishining asosiy ko’rsatkichlari
Markazdan qochma nasosishining asosiy ko’rsatkichlari unumdorlik, bosim, quvvat va foydali ish koeffisientidan iborat.
1. Nasosning unumdorligi yoki sarfi deb uning vaqt birligida so’rgan suyuqlik miqdoriga aytiladi va Q harfi bilan belgilanadi, birliklari m3/soat, l/s.
Markazdan qochma nasoslarning sarfi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
(10.2)
yoki

bu erda , —ish g’ildiragiga kirish va chiqishdagi nisbiy tezliklar;
d1 , d2— ish g’ildiragining ichki va tashqi diametrlari; — nasos kuraklarining qalinligi; z-kuraklar soni; b1, b2—kuraklarning kirish va chiqishdagi eni;
—kuraklarning kirish va chiqishdagi egrilik burchaklari.
2.
Download 241.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling