Nasoyim ul-muhabbat


I bob: Alisher navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari haqida


Download 93.37 Kb.
bet2/5
Sana25.01.2023
Hajmi93.37 Kb.
#1118609
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nasoyim ul-muhabbat

I bob: Alisher navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari haqida.
1.1 Adabiy – tanqidiy asari haqida.

Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» asari ilk bor arabiy, forsiy matnlar, ularning tarjimalari va izohlari bilan toʻliq holda nashr etilmoqda. Asar muqaddima va 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar)ning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan. Ilgarngi nashrida (1968) atigi 153 ta shayxlar haqida ma’lumot berilib, ayrim diniy va tasavvufiy atamalar ma’lum sabablarga koʻra tushirilib qoldirilgan edi.
«Nasoyim ul-muhabbat Abdurrahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» tazqirasining tarjimasi, lekin Navoiy Jomiy asariga erkin, ijodiy munosabatda. boʻladi va uning asaridagi ma’lumotlarni toʻldirib yoxud qisqartirib boradi va 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazadi
Tarix va madaniy merosimizni keng oʻrganayotgan hamda naqshbandiylik ta’limotiga ragʻbat koʻrsatayotgan ekanmiz, bu asarni toʻliq holda nashr etilishn ilmiy, ma’rifiy va axloqiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, Imom A’zam, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Hakim Tirmiziy, Bahouddin Naqshbandiylarning aqida va qarashlari bilan xalqimizni, xususan, yoshlarimizni yaqindan tanishtirish joyizdir.
Matnlarni qiyoslash, shaxs va joy nomlarini toʻgʻri yozish, tarjima va izohlar tuzishda Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» asari qoʻlyozmasidan, Eronda , Toshkentda (1916) chop boʻlgan izohli manbalardan hamda Mahmud bin Usmon Ali (Lomi’iy Chalabiy, 1479—1532) tomonidan usmonli turk tiliga oʻgirilgan tarjimadan foydalanildi.
Arabiy va forsiy matnlarni asarning oxiriga ilova qildik. Keyingi nashrlarda kitob yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, arabiy va forsiy matnlarni ham oʻz oʻrnida berib, chop etish nazarda tutiladi. Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim 

ul-futuwat» («Ulug‘lik xushbo‘yliklarini taratuvchi sevgi shabbodalari»),


deya e’tirof etadi. Tazkira Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» asari asosida vujudga kelgan. Alisher Navoiy uning yozilishi tarixini
quyidagicha bayon etadi: «Doim oshufta xotirg‘a kelur erdi va parishon 
xayolg‘a evmlur erdikim, ul kitob alfozi forsiydur, arabiyg‘a payvasta va 
iborati ishorat ahli tiUga vobasta va ul tillar vuqufidin bahravarlar va ul 
iborat-u ishoratdin bexabarlar ul alfozdin o‘z qobiliyatlari hurdida va ishtig‘ollari muqobalasida naf lar toparlar va fayz elturlar.
Am m o turk u lu sid in b a’z ik i, ko‘n gu l s id q -u safo sig 'a 
bahramanddurlar, bu kimiyo asar so‘zlar ta’sirig‘a Tengri inoyatidin 
arjum and, ul alfozg‘a vuquf qillatidin ul fayzdardin mahrum va xaqoyiqning daqoyiqi ularga noma’lum. Xotirg‘a kechmishkim, agar 
sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga tarjima qila olg‘aymuman?-deb 
mutaammil erdim daqoyiq-u mushkulotni ravshanroq alfoz va ochuqroq 
ado bila o‘tkara olg‘aymuman?—deb mutaammil erdim. Va ne bu xayol- 
u muddaodin o‘zumni o‘tkara olur erdim va ne ishning azim lig‘i va 
dushvorlig‘i jihatidin shuru’ qila olur erdim.
To ta’rix jto‘qquz yuz birdaki, ul kitobning ta’lifidin yigirma yil o‘tub erdi, Tengri taolo tavfiqi biria bu ulug‘ ishg‘a ilik urdum va bu 
azim amrg‘a qalam surdum.» (17. 12). Ayonlashadiki, Alisher Navoiy 
turkiy xalqlarni «bu kim iyo asar» («Nafohat ul-uns»)da nomlari 
keltirilgan ulug‘lar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uni o‘zbek 
tiliga taijima qiladi. Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns min xazorat 
ul-quds» asari 1476-1478-yillarda yozilgan bo‘lib, m uallif tazkiraning 
bunyod etilishida Alisher Navoiy da’vatkor bo‘lganligini e’tirof etadi. 
Demak, ana shunday asar yozish zarurati ulug‘ o‘zbek shoiri ko‘nglida 
yillar davomida yashab kelgan.
«Nasoyim ul-muhabbat» muallifi sharqona xokisorlik bilan «ushbu 
kitobni taijim a yo‘sini ila bunyod ettim»,-deya ta’kidlagan bo‘lsa-da, 
tadqiqotchilar tazkira yangi ma’lumotlar bilan boyitilgani, unga juda
ko‘p o‘zgarishlar kiritilganini e’tirof etishadi. Jumladan, «Muqaddima», 
«Asosiy qism» va «Xotima»dan tarkib topgan asaming «Muqaddima» 
qismi bevosita Alisher Navoiy qalamiga mansub. Tazkira muallifi ulug‘ 
shayxlar nomlari zikr etilgan «Nasoyim ul-muhabbat»ning asosiy 
qismini quyidagicha mukammallashtirganini ham bayon etgan: «Va hazrat 
Shayx Fariduddin Attor q.s. bitigan «Tazkirat ul-avliyo»din ba’zi kibor 
mashoyixkim, «Nafohat ul-uns»g‘a doxil bo‘lmabdur erdi—har qaysini 
munosib mahalda doxil qildim va hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur 
erdi, mumkin bor tilab, topib hazrat Qutb ul-avliyo Shayx Farid 
Shakaiganj q.a.din so‘nggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi 
zikri ham ozroq erdi, oni dog‘i hazrat Shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad
Yassaviy r.din bu zamong‘acha ulcha mumkin bor tilab topib, zikrlarin 
va ba’zi holot-u so‘zlarin o‘z mahalida daij qildim. Va hazrat Maxdumi 
n.m.n.ning oti va m uosir-u musohib mashoyix q.a. zikri dag‘ikim, ul 
mutabarrak kitobda yo‘q erdi, munda qo‘shdum va ul kitobda dag‘i 
avliyoulloh zikridin ba’zi so‘zkim, zamon ahlig‘a ko‘p muhtoj un- 
ilayh ermas erdi itnob vahm idin tarkin tutdum va bu tarjim adin 
o‘ksuttum;ya chun bu valoyat riyozi muhabbat nasimig‘a muhib va 
futuwat shamimig‘a sabab bo‘ldi» (17 .12 -13 ). Shunday qilib, Alisher 
Navoiy «Nafohat ul-uns»da 618 (584 erkak, 34 ayol) mutasawif haqida 
berilgan ma’lumotlarni 770 taga yetkazadi, ulardan 35 tasini ayol 
avliyolar sha’niga bildirilgan fikrlar tashkil etadi. Bunda m uallif 
Fariduddin Attorning «Tazkirat ul-avliyo», Shayx Farid Shakarganjning 
shu yo‘nalishda yozilgan asaridan foydalandi hamda turk mashoyixlari, 
shuningdek, Abdurahmon Jomiy va o‘ziga zamondosh bo‘lgan ulug‘lar 
nomlarini tarixda manguga muhrlaydi.
«Nasoyim ul-muhabbat»ning muhim fazilatlaridan biri uning «Bu 
toifaning a’m ol-u a f ol va muomilot-u riyozatidin ba’zini zikr qilmoq» 
nomli muqaddima qismida avliyo va mashoyixlarning a’mol (ishlari), 
afo l (fe’llari), muomalat (yashash tarzi) va riyozat (iroda ruhlarini 
chiniqtirish)lari bayon etiladi hamda tasawuf ahlining tavba, halol, 
luqma talabi, shariat rioyati, namoz, zakot, ro‘za, haj, yetuk axloq, 
bazli mavjud (o‘zidagi narsalami boshqalarga ravo ko‘rish), hilm , rizo, 
sabr, sidq riyozat kabi sifat va xislatlar sharhlanadi. Bulardan tashqari
ma’lum kasb-hunar bilan halol luqma topib faoliyat ko‘rsatgan Shayx 
Muhammad Sakkok (pichoqchi), Shayx Abu Hafz haddod (temirchi), 
Shayx Abulabbos O m iliy (qassob), Shayx Ibrohim O juriy (xisht 
avalabdur), M irchai Safolfurush (doshgar), Adulhasan Muzayyin va 
Shayx Bannon (hammol), Shayx Abulhasan (najjor), Xoja Bahouddin 
Naqshband (kimho naqshini bog‘lamoqqa mashhur) kabilar hayotini 
ibrat qilib ko‘rsatadi. Alisher Navoiy ilohiy fayzdan bahra olishning 
eng oliy sifati luqmai halol ekanligini uqtirib quyidagilami bayon etadi: 
«Va soyir mashoyixi kibordin ham ко'pi halol luqma kasbig‘a muzdurluq 
qilibdurlar, o‘tin toshibdurlar va halol luqma bu ishda kulliydurki, ondin 
fayz-u ma’rifat zoyanda bo‘lur».
«Nasoyim ul-muhabbat» musulmon mintaqa xalqlari ijtim oiysiyosiy, ma’naviy ma’rifiy hayotida yuksak nufuzga ega bo‘lgan tasavwuf tarixi, uning tarmoqlari va ulug‘ mashoyixu avliyolari haqida ma’lumot berishi, shuningdek, tasawufning nozik jihatlari bilan turkiy xalqlami
tanishtirish yo‘lida yozilgan ilk tazkira bo‘lganligi bilan ahamiyatlidir. 
Bulardan tashqari, bu mo‘tabar manba Abdurahmon Jomiy va Alisher 
Navoiy singari o‘z davrining peshqadam ziyolilari bo‘lgan ulug‘ zotlar 
dunyoqarashining shakllanishida bevosita ta’sir etgan shaxs va asarlar 
bilan yaqindan tanishishga imkon yaratadi.


Download 93.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling