Nasoyim ul-muhabbat
II BOB. ALISHER NAVOIYNING TARIQAT PIRLARIGA MUNOSABATI
Download 93.37 Kb.
|
Nasoyim ul-muhabbat
II BOB. ALISHER NAVOIYNING TARIQAT PIRLARIGA MUNOSABATI
2.1 Avliyo va oriflik sifatlari hamda mezonlari haqida ma’lumot Alisher Navoiy faqat buyuk so‘z san’atkori, balki o‘rta asrlardagi falsafiy, ijtimoiy oqimlar jarayoniga faol munosabatda bo‘lgan daho mutafakkir hamdir. Navoiy falsafa, din, tariqatlar haqida maxsus ilmiy risolalar yozgan emas. Lekin uning mazkur masalalarga doir aniq ma’lumotlari badiiy va ilmiy, tarixiy asarlari tarkibida ancha mukammal aks etgan. Uning u yoki bu mazhab, tasavvuf, tariqatlarga munosabati asosan, ikki xil yo‘sinda namoyon bo‘ladi: 1. Ochiq mulohaza, talqin yoki yaxlit xulosalar sifatida; 2. Badiiy asar tabiati bilan bog‘liq holda, yo‘l-yo‘lakay munosabat, imo-ishora tarzida. Shuningdek, bir qator muhim, ammo nozik masalalar (qazo va qadar, hurufiylik, malomatiya, futuvvat - javonmardlik)ga munosabat pardali imo-ishora hamda muayyan obrazlar zamiriga singdirilgan holda ko‘rinadi. Navoiyning tasavvuf falsafasi va axloqi, naqshbandiya sulukining asosiy prinsiplari va yo‘llari haqidagi mulohaza va xulosalari qit’a, g‘azal singari kichik janrlarda ochiq qayd etilgani holda, dostonlar tarkibida muayyan g‘oyaviy niyat bilan bog‘liq holda, badiiy matn doirasida ko‘rinadi. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, Alisher Navoiyning xususan tasavvuf va tasavvuf allomalariga bag‘ishlab yozgan qator diniy-falsafiy asarlari mavjud. Alisher Navoiy “tasavvuf”ga bag‘ishlab muayyan asarlar ham yozgan. Xususan, “Nasoyim ul-muhabbat”, hamda “Lison ut tayr” diniy-falsafiy asari ham shular jumlasidandir. Shoir o‘zining “Nasoyim ul - muhabbat” asarida so‘fiylik va tasavvuf haqida juda qimmatli ma’lumotlar bergan. Bevosita mavzumizga dalxdor bo‘lganligi sababli “avliyo” va “orif” so‘zlarining lug‘aviy ma’nolariga to‘xtalmoqchimiz. “Avliyo” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “valiya” fe’lidan yasalgandir. Bu fe’l: 1) yaqin bo‘lmoq; 2) qo‘shilmoq; 3) boshqarmoq, voliylik qilmoq; 4) mudirlik qilmoq, idora qilmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Avliyo so‘zi “valiy” so‘zining ko‘plik shaklidir. “Valiy” so‘zi ham o‘z o‘rnida: 1) yaqin; 2) tug‘ishgan; 3) qarindosh; 4) mulkdor, mulk egasi; 6) vasiy, homiy; 7) valiy, avliyo (Allohning do‘sti) degan ma’nolarni beradi. “Kahf” surasining 102-oyatida ham “avliyo” so‘zi kelgan bo‘lib, ushbu oyatning ma’nosi quyidagicha: “Yoki kufr keltirganlar meni qo‘yib bandalarimni valiy-iloh qilib olishni gumon qildilarmi?! Albatta, Biz jahannamni kofirlarga manzil etib tayyorlaganmiz”. Bu oyati karimada “avliyo” so‘zi “Iloh, Rahnamo” ma’nosida kelgan. Bu ma’no ham avvalgilaridan farqli bo‘lib, endi yolg‘iz Allohning Haq Rahnamoligi haqida so‘z ketmoqda. Shuningdek, Niso surasining 74, 89, 139, 144-oyati karimalarida ham, “Moida” surasining 50, 57, 81-oyatlarida ham “avliyo” so‘zi kelgan. Bu oyatlarning ko‘pchiligi mo‘min-musulmonlarning boshqa musulmonlar turib, kofir kimsalarni do‘st tutmasliklari haqida. Musulmonlar bu ishdan qattiq qaytarilganlar. Demak, bu oyatlardagi “avliyo” so‘zining ma’nosi avvalda zikr qilingan ma’nolar kabidir. Ya’ni aksari “insonlararo do‘stlik”ni ifodalab kelgan. Bizga ma’lumki, tasavvufning g‘oyasi komil insonni tarbiyalashdir. Bunday kamolotga erishgan shayxlarning o‘z darajalari va manoqiblari mavjud. Komil insonni tasavvufiy istilohda “avliyo” deyiladi. Biz avval avliyo tushunchasi va uning Qur’oni Karimda anglatgan ma’nolari bilan tanishib chiqqan edik. Shu ma’nolar orasida “Allohning do‘sti” ma’nosi ayni biz o‘rganayotgan mavzuni yoritib berishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Valiy tushunchasi Qur’on va hadisga asoslangan bo‘lib, “do‘st” (Allohning do‘sti) ma’nosini bildiradi (“Alloh esa taqvodor zotlarning do‘stidir”. Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida nabiylik haqida: “Ul Hazrat (s.a.v.) anbiyoning xotami erdi va andin so‘ngra nubuvvat eshigi bog‘landi”, deyiladi. Bu bilan Alisher Navoiy Hazrat Muhammad (a.s) dan so‘ng hech bir payg‘ambar kelmasligi, hamda har qanday baland darajadagi avliyo ham nabiy darajasida bo‘la olmasligini aytib o‘tgan. Ya’ni har qancha ibodatlar bilan komillikning eng baland nuqtasiga yetgan valiy zotlar ham Payg‘ambarlardan pastda turadilar. Nabiy va valiy orasidagi umumiy jihatlarni ko‘radigan bo‘lsak: g‘ayb olamiga oshnolik, Xudo bilan bandalari orasida vositachi bo‘lish, muqaddaslik, ilohiy sifatlar egasi bo‘lish, ruhoniy rahnamo va ibrat bo‘lishlik bo‘lsa, nabiy va valiy orasidagi farqli jihatlar quyidagilarda ko‘rinadi: payg‘ambar vahiy qabul qiladi, valiy esa ilhom orqali g‘aybdan xabar beradi. Nabiylarda valiylik xislati bor, ammo valiyda nabiylik xislati yo‘q. Payg‘ambarlar vahiy qabul qilib, uni shariat ko‘rinishida hayotga joriy etadilar, valiylarda bu kabi qobiliyat yo‘q, valiylar payg‘ambar holati, ishini davom ettiradilar, xolos (valiy nabiyning merosxo‘ri). Payg‘ambar Allohning tanlagan shaxsidir, valiy esa har qancha ilohiy xislatlarga ega bo‘lsa ham, aksar riyozat orqali pir tarbiyasini olib, maqomotlarni bosib o‘tishi lozim. “Nasoyim ul-muhabbat”da shayx ul-mashoyixlarning hayot-faoliyatlari, ishlari va fe’llari, riyozatlari zikr etilib, ularning to hayot bor ekan, millatni shariat asosida ish ko‘rishda, xalqni Haq va haqiqat tomon da’vat qilishda rahnamolik vazifasini bajarishlari, haqiqat yo‘lini ko‘rsatuvchi zotlar ekani ta’kidlangan. “Nasoyim ul-muhabbat”da “valiylar a’molu af’ol va muomilotu riyoziyotidan ba’zisi” zikr qilingan bo‘lib, ular tavba, luqmai hilliyat, shariat rioyati (shahodat kalimasi, saloti xamsa, zakot, ro‘za, haj), tariqat odobi, hilm, burdborlig‘ (chidam, bardosh), rizo, sabr, sidq, azim riyozatlardir”. Bundan tashqari solikning holi va uning bayoni xususida quyidagi ma’lumotlarni uchratamiz: Hol ruh va yurakning quvvatini ifodalaganligi sababli tasavvufga “ilmi hol” nomi berilgani bejiz emas. “Hol maqomlarga qarama-qarshi holda yo‘lovchining o‘z kuchi, intilishi, irodasi bilan amalga oshmaydi, hol – ilohiy jazba” bo‘lib, zavq holatida aytilgan so‘z va iboralarda ilohiy hikmat mujassam bo‘lgan. Holning martabalari qurb, muhabbat, shavq, uns, mujohada, mushohada, mukoshafada aks etgan. Ma’lumki, orif so‘zining ma’nosi “biluvchi, tanuvchi, ma’rifatli, dono” degan ma’nolarni anglatadi. Allohning Zotini hech kim ko‘rgan emas, uni borliqdagi ashyolarda aks etgan sifatlari orqali tanish mumkin. Ammo ana shu sifatlarni tanish, bilish va ular orqali Parvardigori olam zotini tanish bu oriflilik sifatidir. Demak, orif – irfon sohibi, anglagan va tanigan. So‘fiylarning nuqtai nazarida irfon Alloh tuhfasi bo‘lgani uchun ilmdan ustun erur. Orif – Allohning shuhud, asmo va sifotlarini idrok etgan, mavhum borlig‘idan kechib, Haq borlig‘i ila bor bo‘lgan kishidir. Inson o‘zidagi va koinotdagi ilohiylikni kashf etishi, bu sirdan voqif bo‘lishi lozim. Tabiat – Mutlaq ruh ijodi va ko‘zgusi. Inson esa ko‘zgu markazi. Shunday bo‘lgach, Ilohni sevish Insonni sevish orqali boradi. Insondagi najib sifatlar qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha sevimli, u shuncha ilohiylashgan, ilohiy sifatlarga yo‘g‘rilgandir. Shu bois oriflar, komillar ko‘proq sevimli va azizdirlar. Ta’kidlangan sifatlarni biz “Nasoyim ul-muhabbat”dagi oriflar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Alisher Navoiy Fuzayl b. Iyoz q. t. r.ga bag‘ishlangan qismda shunday yozadi: “Shayx ul-islom debdurkim, do‘stdin nishon va orifdin jon [kimki ishq bilan o‘lsa, shunday o‘lgani ma’qul. O‘lim bilan tugamagan ishqda xayr yo‘qdur] [50.30]. Iqtibosdagi do‘stdan murod Allohdir. Ushbu fikr orqali orifning Allohga bo‘lgan muhabbatining darajasi ko‘rsatilgan. Asarning “Yahyo b. Mu’oz Roziy”ga bag‘ishlangan qismida orif insonlarga xos bo‘lgan yana bir muhim fazilat sifatida “... zohidlar dunyo g‘urabosidurlar va oriflar – oxirat g‘urabosi” […] ekanliklari tasvirlanganki, bu fikr ham yuqoridagi qarashlarimiz bilan uyg‘un.“Nasoyim ul-muhabbat”da orif pir sifatida tilga olingan Abu Said Xarroz tilidan aytilgan “...oriflarning riyosi muridlarning ixlosidan yaxshidir” degan fikrda ham orif insonga xos sifatga urg‘u berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Download 93.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling