Nasriy asarlarni ifodali о‘qish
Download 41.37 Kb.
|
Nasriy asarlarni ifodali о‘qish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Povestlarni ifodali о‘qish.
- Roman epik turga mansub
Hikoyani ifodali о‘qish. Hikoya epik turning kichik janri bo’lib, kishi hayotidagi ma’lum bir voqeani tasvirlaydi, ammo shu voqeaga qadar bo’lgan va undan keyin ro‘y beradigan voqealarni batafsil bayon etmaydi. Shunisi xarakterliki, hikoyada qahramon hayotidan kichik bir epizodni olinib, unda hayotning muhim, tipik ko’rinishi ixcham shaklda tasvirlanadi.
Povestlarni ifodali о‘qish. Povestlarda bir emas, bir necha personajlar qatnashadi va ular bosh qahramon atrofida gruppalashadi. Povestlarni ifodali о‘qishga kirishishdan avval ularning janr xususiyatlariga alohida e’tibor berish zarur. Chunki, povestlarning barchasini bir xilda o’qib bo’lmaydi. Masalan, avtobeografik povestlarda hayot osuda, osoyishta tasvir etiladi. M.Gorkiy, S.Muqomov, S.Ayniy, Oybek va A.Qahhorlarning avtobeografik povestlari fikrimizning yorqin dalilidir. Bunday asarlar asar mazmunidan kelib chiqqan holda osoyishta, shoshilmay o’qiladi. Abdulla Qahoorning "Sinchaiak", Asqar Muxtorning "Qoraqalpoq qissasi", Pirimqul Qodirovning "Erk", "Qadrim", mashhur qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmotovning "Jamila", "Sarvqomat dilbarim", "Alvido, Gulsari", "Oq kema" singari sof badiiy povestlar o’tkir dramatizm, keskin konflikt zaminiga qurilgan va bu mazkur asarlarni ifodali о‘qishda ham o’z aksini topishi kerak. Roman epik turga mansub bo’lib, insonning jamiyat bilan aloqasini har tomonlama keng tazda tasvirlashi, hayotning ko’lamdor manzarasini chizishi bilan ajralib turadi. Romanning povest' va hikoyadan farqi shundaki, unda turmushning yirik muammolari qalamga olinadi, ko’plab personajlar ishtirok etadi, Roman janridagi asarlarni ifodali о‘qishning o’ziga xos qiyinchiliklari ham shunda. Ma'lumki, roman, o’z navbatida, tanlangan mavzui va tasviriy ifoda uslubiga ko'ra yana bir necha turga bo’linadi. Masalan, "O’tgan kunlar", "Qutlug’ qon" - tarixiy roman; "Quyosh qoraymas" - harbiy roman; "Bo’rondan kuchli" zamonaviy roman; "Sariq devni minib" sarguzasht roman; "Davr mening taqdirimda" - ijtimoiy falsafiy roman; "Anna Karenina" - oilaviy maishiy roman; "Sarob" - sotsial-psixologik roman va boshqalar. Ularning barchasini bir xil o’qilsa, ko’zlangan maqsadga hech qachon erishib bo’lmaydi. Bunday о‘qish kishini charchatadi, asarga nisbatan qiziqish yo’qoladi. Tinglovchi ham, o’quvchi ham undan estetik zavq ololmaydi. Romanning ichki turlari aniqlab olingandan so’ng, unda qatnashayotgan obrazlarning nutqi, xatti-harakati, so’zlash uslubini ham ko’z oldiga keltira bilish zarur. So’ngra romandan olingan parchani bir necha marotaba o’qib chiqib, tinish belgilari, urg’u, pauza va boshqa zaruriy narsalar aniqlab chiqilsa, maqsad yanada ravshanlashadi. Bu vazifalar bajarib bo’lingandan keyin ifodali о‘qishga kirishsa bo’ladi. Download 41.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling