Nasriy asarlarni ifodali о‘qish


Download 41.37 Kb.
bet3/7
Sana26.03.2023
Hajmi41.37 Kb.
#1297051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nasriy asarlarni ifodali о‘qish

Tayanch sо‘z va iboralar: Proza, ertak, hikoya, povest, roman, tasviriy vositalar tahlili jarayonida, o‘qish-o‘qitishda nutq madaniyati, so‘zlarni, atamalarni o‘rinli qo‘llash.
Prozaik asarlarni ifodali о‘qish ham katta mahorat talab qiladi. Chunki, adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda oldinga surilgan fikrlar, yozuvchi dunyoqarashi kabi muhim masalalarni aniqlashda ifodali о‘qish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o’qituvchi matnni tanlashda juda ehtiyot bo’lmog’i zarur. Matn yuqori saviyaga, yuksak qimmatga ega bo’lgan, shu bilan bir qatorda, ta'lim-tarbiyaga oid bo’lmog’i kerak. Olingan parcha hajm jihatidan ham katta bo’lmasligi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari matnda dialoglar kam bo’lishiga e’tibor berish kerak. Shundagina og’zaki nutqni o’stirish, badiiy asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunish, obrazlar sistemasini o’rganish, umuman, yozuvchining hayotga bo’lgan munosabatini anglash kabi ifodali о‘qish darslari oldiga quyiladigan qator talablarga javob berish mumkin. Prozaik asarlarni ifodali о‘qishni hammaga yaqin va oson bo’lgan xalq og’zaki ijodida mansub ertakdan boshlash maqsadga muvofiqdir.

Ertaklarni ifodali о‘qish. Ertak xalq og’zaki ijodining eng qadimgi turlaridan biri hisoblanadi. Unda fantaziya va mubolag’a kuchll bo’lib, xalq hayoti, urf-odatlari, intilish va kurashlari, orzu-armonlari aks ettiriladi. Shunisi xarakterliki, deyarli barcha ertaklar asosida ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi keskin kurash turadi va albatta, ezgulik tantanasi bilan yakunlanadi. Ertaklarni ifodali о‘qishdan oldin, o’zbek xalq ertaklarida turli-tuman shaklda ishlatiladigan tradision rnuqaddima namunalaridan misollar keltirilib, ularning bir-biridan farqi tushuntiriladi. Masalan, "Tulki bilan tovus" ertagining muqaddimasiga diqqat qiling: "Ertagi yo ertagi, echkilarning burtagi, qirg’ovul qizil ekan, quyrug’i uzun ekan, g’oz karnaychi ekan, o’rdak surnaychi ekan, ola qarg’a azonchi, qora qarg’a qazonchi, chumchuq chaqimchi ekan, to’rg’ay to’qimchi ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, ertagimning eri bor, etti kunlik eri bor, etti kunlik erida dumi kalta bo’ri bor..."
O’zbek xalq ertaklaridan "Oypari"ning muqaddimasi undan farq qiladi: "Bor ekanda, yo’q ekan, och ekanda, to’q ekan, o’tgan zamonlarning birida Husanboy ismli kambag’al bir bechora yigit bo’lgan ekan, uning yotarga uyi, turarga joyi ham yo’q ekan. U tug’ulib o’sgan qishlog’idagi eski masjidning hujrasida yotib yurar ekan". E'tibor berilsa, ikkala ertakning muqaddimasi ham boshqacha-boshqacha o’qilishini sezish qiyin emas. Masalan, birinchi ertak muqaddimasi sajda yozilganligi uchun ifodali o’qiganda ritmga ham katta e"tibor beriladi. "Ertagi yo ertagi, echkilarning burtagi" ...Ikkinchi ertak muqaddimasi esa, undan butunlay farq filadi: "Bor ekanda, yo’q ekan, och ekanda to’q ekan..." bu parcha xuddi avtor bayoni kabi vazmin o’qiladi. Ertaklarning bunday xilma-xil tradision muqaddimalari talabalarga to’g’ri o’qib ko’rsatilsa, ularning butun fikri-xayoli jalb etiladi, asar mazmuniga bo’lgan qiziqishlari tutib turiladi. Masalan, "Uch og’a-ini botirlar" ertagining o’qilishiga e’tibor bering. "Bir bor ekan (qisqa pauza), bir yo’q ekan (qisqa pauza), qadim zamonda (pauza) bir kishi bo’lgan ekan
(pauza). Uning uchta o’g’li bor ekan (qiqa pauza), uchovi ham o’qigan (qisqa pauza), oq-qorani tanigan (qisqa pauza), yomon bilan yurmagan (qisqa pauza), yomon joyda turmagan ekan
(pauza). To’ng’ichi yigirma bir yoshda (qisqa pauza), o’rtanchisi - o’n sakkiz yoshda (qisqa pauza), kenjasi - o’n olti yoshda ekan (pauza)". To’ng’ichi, o’rtanchasi va kenjasi kabi so’zlarni o’qiyotganda mantiqiy urg’u beriladi, bu so’zlardan so’ng teri bo’lganligi uchun qisqa bir pauza qilinadi. "Otasi (qisqa pauza) bir kuni bularni o’z oldiga chaqirib (qisqa pauza), har birining peshanasidan silab (kichik pauza), bunday debdi (pauza): o’g’illarim (qisqa pauza), men boy emasman (qisqa pauza), mendan qolgan narsalar (qisqa pauza) sizning turmushingiz uchun etmaydi (qisqa pauza), endi mendan biror nima umid qilib o’tirmanglar (pauza). ulganimdan keyin baxtsiz bo’lib qolmanglar (qisqa pauza), deb sizlarni o’qitdim (qisqa pauza), boqdimko’rdim (qisqa pauza), voyaga etkazdim (qisqa pauza), quvvatli bo’ldingizlar (qisqa pauza), yaroq ushlashni o’rgatdim (qisqa pauza), yaroq ishlashtishga usta bo’ldingizlar (qisqa pauza), qo’rqitmay o’stirdim (qisqa pauza), botir bo’ldingizlar (pauza). Yana uch narsani aytaman (qisqa pauza), quloqlaringizga olib (qisqa pauza), eslaringizdan chiqarmanglar (pauza): to’g’ri bo’ling - (pauza) bexavotir bo’lasiz (pauza). Maqtanchoq bo’lmang - (pauza) uyatga qolmaysiz (pauza). Dangasa bo’lmang - (pauza) baxtsiz bo’lmaysiz (pauza). Bundan boshqasini endi o’zingiz biling (pauza). Qora toyni (qisqa pauza), saman toyni (qisqa pauza), ko’k toyni asboblari bilan tayyorlab qo‘ydim (pauza). Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to’lg’izdim (pauza). Baxtingiz yo’lida (qisqa pauza), uni topib olmoq uchun safarga chiqingiz (qisqa pauza), dunyoni tanimay (qisqa pauza), dunyo kishisi bo’lmaysiz (pauza). Baxt qushini ushlamoq uchun (qisqa pauza) baxt oviga chiqinglar (pauza). Xayr endi (qisqa pauza), o’g’illarim, -deb so’zini tamom qilibdi (pauza)".
Bu matnda mehribon otaning - qariyaning sevimli farzandlariga qilayotgan nasihati sezilib turishi kerak. Ota so’zidagi yaroq ushlashni o’rgatdim, qo’rqitmay o’stirdim, to’g’ri bo’ling, maqtanchoq bo’lmang, qora toyni, saman toyni, ko’k toyni kabi so’zlar xuddi yuqorida ko’rsatilganidek, alohida ta"kidlab, urg’u berib o’qilsa ertak g’oyaviy mazmunining tinglovchi qalbiga borib etishi osonlashadi.



Download 41.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling