26
Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
o’zining ijodiy ishi bilan hayratga solishi mumkin.
Uchinchidan-fan-texnikaning tezkor rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy axborotning shunga
o’xshash axborot uzatish va qayta ishlash tezligini
oshirishga olib keladi, buning asosida esa
hisoblash texnikasi yotadi. Ta’limni individuallashtirmasdan, zamonaviy informastion tizimlardan
foydalanishni ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin emas. Shuning uchun «Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi»da «
o’qitishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distanstion
ta’lim texnologiyasi va vositalarni ishlab chiqish va o’zlashtirish» vazifasi qo’yilgan. Bu oliy,
o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimlarida birdek dolzarb hisoblandi.
To’rtinchi –ITT xususiyati muhandislik yechimlar turini keskin oshishi, materiallarning tez-
tez
almashinuvi, texnologik jarayonlar, mashinalar konstrukstiyasi,
boshqarish tizimlarining
avtomatlashtirish darajasining oshishi, ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga tatbiq etish
muddatlarini kamayishi hisoblanadi. Masalan, telefon aloqasining ixtiro qilinishi bilan uni amalga
oshirish orasida 56 yil o’tgan bo’lsa, radio uchun 35 yil, televizor uchun 14 yil, atom energiyasi
uchun 6 yil, tranzistor uchun 5 yil o’tdi. Hozirgi paytda esa bu
muddatlar odatda bir yildan
oshmaydi.
Shuning uchun mutaxassislar tayyorlovchi barcha tizimlar bir tomondan ulardan uzluksiz
o’zgarib turadigan ishlab chiqarish texnika va texnologiya sharoitida zudlik bilan moslashuvni
shakllanishiga yo’naltirilishi, ikkinchi tomondan ular bilimining harakatchanligi,
tanqidiy
fikrlashuv kasbiy faoliyatida ijodiylik va moslashuvchanlik kabi xislatlarga ega bo’lishi zarur. Bu
esa zamonaviy muhandis va ishchining qiyofasidir.
Adabiyotlar:
1. Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. – T.:
Ta’lim markazi, 1999. -55 b.
2. Селевко Г. К. Современные образовательные технологии.- М., Народное образова-
ние, 1998. – 130 с.