National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ TA’LIM JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA
- Annotatsiya
- Pedagogik tizim
Август 2022 10-қисм
Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ Izoh: Ma‘lum bir vaziyat orqali o‘quvchining qiymatlarni solishtira olish va olingan javoblarni tekshira olish qobiliyati aniqlanadi. Adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-538-son Farmoni. 2018-yil 5-sentabr. 2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.“Xalq ta`limi tizimida ta`lim sifatini baholash sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish chora- tadbirlari to`g`risida”qaror. 2018-yil, 8-dekabr. 3. A.A.Ismailov va boshqalar. Xalqaro tadqiqotlarda o`quvchilarning matematik savodxonligini baholash (metodik qo`llanma). Toshkent, 2019- yil. 53 Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ TA’LIM JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA Atajanova Muqaddas Yoʻldosh qizi Xorazm viloyati Urganch shahar 7-sonli maktabning Geografiya fani oʻqituvchisi Allaberganova Shohista Rashid qizi Xorazm viloyati Urganch shahar 7-sonli maktabning Fizika fani oʻqituvchisi Annotatsiya: Maqolada ta’lim jarayonining maqsadi, pedagogik tizim va uning vazifalari, tizimni takomillashtirishning asosiy yo’llari haqida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar: tizim, ta’lim, faoliyat, pedagogik tizim, malaka, intensiv. ekstensiv. Bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlaridan biri-ijtimoiy raqobatning paydo bo’lishidir. Ijtimoiy raqobat mavjud bolgan sharoitda mo’tadil faoliyat yuritish, raqobatga nisbatan ishchanlik immunitetini hosil qilish manfaatlar to’qnashuvida “omon” qolish, yuqori mavqe’ga ega bo’lish uchun imkoniyat yaratadi. Shu bois fuqarolarda ta’lim olish, nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli yondashuv hissi qaror topmoqda. Bu esa ularda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni hosil qilmoqda. Endilikda ta’lim olish, muayyan kasb-hunar yoki mutaxassislik ma’lumotlarini egallash, bu borada ma’lum ko’nikma va malakalarni shakllantirish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Ta’lim olishga bo’lgan rag’bat va uning mazmuni ta’lim jarayoni muvaffaqiyatining garovi, kafolati bo’la oladi. Ta’lim olishga bo'lgan rag'bat o'quvchi hamda o'qituvchi ishtirokidagi o'quv-bilish faoliyati asosining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqin o’tmishda o’quvchining ta’lim jarayonidagi ishtiroki nazariy bilimlarni qabul qilib oluvchi va o’zlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalarni namoyish etuvchi sub’ekt sifatidagi roli bilan kifoyalangan bo’lsa, ta’lim texnologiyasi talablariga ko’ra o’quv ta’lim jarayonining yetakchi sub’ekti, asosiy ijrochisi sifatida ko’rinadi. Endilikda o’quvchi o’qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborot (bilim)larni qabul qilmaydi. Balki ta’lim beruvchining yo’llanmasi, ko’rsatmasiga muvofiq tavsiya etilgan o’quv manbalari bilan mustaqil ravishda tanishish orqali nazariy bilimlarni o’zlashtiradi, o’qituvchining nazorati ostida amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qiladi. O’quvchi mustaqil faoliyat yuritish, nazariy bilimlarni o’zlashtirish asosida o’zida fikrni ilgari surish, dalillar keltirish, o’z fikrini himoya qilish layoqatini tarbiyalay olishi, o’z-o’zini tanqid qilish, o’z-o’zini baholash sifatlarini qaror toptira olishi talab etiladi. Davr talabi o’quvchini ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo’lishdan faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etmoqda. O’quvchi faoliyati mazmunining to’laqonli yoritilishida ta’lim shakli, metod va vositalarininng ahamiyati katta. Zero, ular o’quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim, ko’nikma va malakalarini aslidek, mavjud darajada yoritish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi. Ta’lim jarayonining maqsadi DTS, o’quv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qo’llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda fan (yoki kurs)ning o’ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, o’quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishlari, ta’lim beruvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi vaziyatni baholay hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati va hokazo omillarni inobatga olish asosida belgilanadi. O’quv jarayonining maqsadi tashxisli ravishda aniq va ravshan belgilanmog’i lozim. Ta’lim maqsadining bunday belgilanishi ma’lum qilingan vaqtda didaktik jarayonni tashkil qilish va amalga oshirilish darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim shakli o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarning ma’lum ifodasidir. Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida o’tib boradi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo’lib, ular o’zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o’zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo’lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o’rniga yangi boshqa xususiyatli tizim yuzaga keladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga detallashtirib yoyib ko’rsatilishi mumkin. Qurilgan tizimning tarkibiy tuzilishi emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko’rsatib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling