National researches of uzbekistan: conferences
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING
- Annotatsiya
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Azizho’jayev N. O’qituvchi tayyorlashning pedagogic texnologiyasi. Toshkent. TDPU. 2000 2. M.Allamova. Boshlang’ich ta’lim o’quv fanlarining nazaryasi va o’qitish metodikasi bo’yicha ma’ruza matnlari va amaliy mashg’ulotlar majmuasi. 3. Internet ma’lumotlar. WWW. “Ziyonet”.uz tarmog’idagi ma’lumotlar. 51 Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING TIMSS XALQARO TADQIQOT DASTURI ASOSIDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR NAMUNALARINI ISHLASH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH. Aliqulova Buvaysha Abdumanonnovna G’allaorol tumani 2-maktabning Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada bolalarni maktab yoshidan fikrlashga, mulohaza yuritishga va kelajakda xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash uchun mashqlarni bajarish ko‘nikmasini rivojlantirish haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: baho, maktab, o‘quvchi, ichki va tashqi monitoring, TIMSS-2023, IEA tashkiloti Maktabda olingan bilim insonning kelgusi hayot yo‘lini belgilab beradi. Ko‘pchilik bilimni 5 baho bilan o‘lchaydi. Lekin baho bilimni belgilovchi aniq mezon hisoblanmaydi. U o‘quvchilarni faollikka undovchi, rag‘batlantiruvchi vositagina, xolos. Har bir o‘qituvchining o‘z ish usuli, baholash metodi bor. Qaysidir o‘qituvchi uchun baho bu — rag‘bat yoki o‘quvchini 45 daqiqa ushlab turish vositasi. Shundanmi, bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tgan bolaning bahosida keskin o‘zgarish yaqqol namoyon bo‘ladi. Yana, pedagoglar orasida bahoni nisbatan yuqoriroq qo‘yuvchi yoki o‘quvchining bilim darajasi talabga javob bersa-da, 5 ni tejaydiganlari bor. Bu usullarning qaysi biri to‘g‘riligi esa doimiy bahslashishga mavzu deb aytiladi. O‘quvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta‘lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maqsadda o‘quv yili davomida har bir ta‘lim muassasasida ichki va tashqi monitoring o‘tkazib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi, o‘qituvchilar salohiyati va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi muntazam ravishda aniqlanib boriladi. Bu jarayon ta‘lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘lgani uchun Xalq ta‘limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish maqsadida ilk qadamlar tashlandi va TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga kirishildi. Bu borada IEA tashkilotining ―Xalqaro matematik va ilmiy tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy taklifiga muvofiq Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi. Quyida 4-sinf o‘quvchilari uchun TIMSS topshiriqlariga misollar keltirib o‘tilgan. 1. Sonlar ketma-ketligini aniqlang va davom ettiring. 27, 36, 45, 54, . Izoh: Mazkur topshiriqlar berilgan shakl va sonlarning ketma-ketligini aniqlash va uni davom ettirish uchun beriladi. 2. 5 tiyinlik tanga massasini qanday o ‘lchov birliklarida o‘lchash mumkin? 1) Grammda 2) kilogrammda 3) Sentnerda 4) tonnada 3. Sonlarning tuzilish ketma-ketlik qoidasini aniqlang. 4, 8, 20, 44, 92. 1) 3 ga ko ‘paytirib, 4 ni ayiring. 2) 2 ga ko ‘paytirib, 4 ni qo ‘shing. 3) 2 ga bo ‘lib, 5 ga ko ‘paytiring. 4) 4 ga bo ‘lib, 10 ga ko ‘paytiring. Izoh: Topshiriqning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘quvchining tahlil qila olish va berilgan tayyor javoblarni tekshirib to‘g‘risini aniqlay olish qobiliyati bilan belgilanadi. 4. Berilgan: 6868, 14, 1110, 522, 1902, 29, 43 sonlari ichidan ikki xonali juft sonlarni; to ‘rt xonali juft sonlarni aniqlang va yozing. 5. Berilgan sonlarni ikki guruhga ajrating va ularni nomlang. 120, 580, 301, 52, 17. 1-guruh , guruhning nomi 2-guruh , guruhning nomi Izoh: Topshiriqning muvaffaqiyatli bajarilishi o ‘quvchining sinflar klassifikatsiyasi haqidagi ma ‘lumoti borligi bilan belgilanadi. 6. Mashina 1 tonna yuk tashishga qodir. Omborda massasi 1200 kg bo ‘lgan yuk tayyorlandi. Bu mashina barcha yuklarni bitta reysda tashishi mumkinmi? Javobingizni tushuntiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling