National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
(Alisher Navoiy)
Ta’lim va tarbiya jarayonini sifat va samaradorligiga erishishda maktab kutubxonasining o‘rni beqiyosdir. Maktab kutubxonasining yangi bilimlar manbai sifatidagi o‘rni- axborotni ommalashtirish va shaxsning o‘z-o‘zini qaror toptirishga ko‘maklashishda ko‘rinadi. Insonning har qanday ongli faoliyati ilgari o‘zlashtirgan axborotlarni qay darajada egallaganligiga asoslanadi. Kishining amaliy-kasbiy mahorati faoliyatlarga doir axborotlar egallanish darajasiga bog’liq ekan, demak, kutubxonachining bilimlilik pirovard natijasi ham o‘quvchining kitobxonlik darajasini belgilaydi. Hozirgi ta’lim–tarbiya tizimini rivojlantirishda tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish alohida ahamiyatga ega. Umuman tarbiya jarayonida faoliyat va munosabatlarni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va erkinlashtirish innovatsion yondashuv deb qabul qilinmoqda. Kitobxonlar bilan ishlash tizimini olib borishda kutubxonachi o‘quvchi shaxsini hurmat qilish, uni e’zozlash, kechirimli bo‘lish, kitob bilan ishlash jarayonida o‘zini-o‘zi rivojlantirish uchun ijodiy muhit yaratish, unga nisbatan do‘stona munosabatda ish yuritish ehtiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati iqtidori, ichki imkoniyatlarini ishga solishni maqsad qilib olishi kerak. Kutubxonachi shu jarayonda sub’ekt-sub’ekt hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ijodiy muhitda olib boradi va kutilgan samaradorlikka erishadi. Modellashtirilgan dars real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan modelini auditoriyada yaratish va ularda o‘quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olinishini ko‘zda tutuvchi metodlar majmuidir. Hamkorlikda o‘rganish o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metodlar majmuidir. O‘rganishning tadqiqot-izlanish modeli o‘quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo‘naltiradigan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metodlar majmui hisoblanadi. O‘quvchiga markazlashgan o‘quv jarayonining maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi. Ta’lim olishning hamkorlikda o‘rganish modeli o‘quvchilarning guruhlarida mustaqil ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metodlar majmuidan iborat. Hamkorlikda o‘rganish —ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi” dialogidan voz kechishni va —ta’lim beruvchi - guruh-ta’lim oluvchi” ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. Hamkorlikda guruhlarda ishlash orqali o‘rganish guruh a’zolari va guruhlar o‘rtasida ta‘lim oluvchilarning faoliyatini, ularning mustaqilligini, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lish, hamkorlikda ishlash, o‘zaro bog‘liq munosabatlarda mas’uliyatini sezish kabi ko‘nikmalarni egallashni ta’minlaydi. Modellashtirilgan dars real hayotdagi voqea hodisalarni o‘yin shaklida loyihalashtirib, undagi asosiy muammoni hal etishga qaratilgan yo‘l - yo‘riq va usullardan iborat modeldir. Modelashlashtirilgan dars-ta‘lim oluvchining real hayotdagi hodisalarni tasavvur qilish asosida, unda ishtirok etishi hisobiga malaka, ko‘nikma va tajribalarni o‘zlashtirish jarayoni hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling