National researches of uzbekistan: conferences


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/86
Sana20.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1712214
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
Bog'liq
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0

Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
KIMYO FANINI O’QITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.
Axadov Usmon Ilyos o’g’li
G’ijduvon tuman 63-IDUMI 
kimyo fani o’qituvchisi.
Annotatsiya; ushbu maqolada kimyo fanini o’qitishda AKTdan foydalanishning afzal 
tomonlari,animatsiyalar, video darslarni ahamiyati haqida bayon etilgan. 
Kalit so’zlar; ta’lim, animatsiya, bilim, kimyo darslari, video dars, atom, taqdimot.
Zamonaviy ta’limning dolzarb muammolaridan biri o’quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, 
ularning manfaatlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning hayotiy rejalarini ro’yobga 
chiqarishdir. O’qishni individuallashtirish, bilimlarni faollashtirish, o’quvchilarning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari, ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining shartlaridan 
biri sifatida katta ahamiyatga ega. 
Hozirgi kunda jamiyat eng sharafli kasb egalari bo’lgan o’qituvchilar oldiga o’quvchilarga 
faqatgina bilim berish emas, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishdek dolzarb 
masalani qo’ymoqda. 
Ta’limning oddiy texnik vositalardan farqli ravishda, AKT o’quvchilarga ko’p sonli tayyor
qat’iy tanlab olingan , tegishli ravishda tashkil etilganbilimlarni taqdim etish bilan bir qatorda, 
o’quvchilarning intelektual, ijodiy qobiliyatlarini, yangi bilimlarni mustaqil egallash, turli 
axbarot manbalari bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga imkon beradi. Electron darsliklardan 
foydalanish quyidagi didaktik masalalarni hal etishga yordam beradi: 
-fan bo’yicha tayanch bilimlarni o’zlashtirish;
-o’zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish;
-juda chalkash savollarga javob berishga o’rgatish;
-AKTdan foydalanib, o’quv materiali bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;
-umuman o’qishga va fanni o’zlashtirishga motivatsiyani shakllantirish;
Kimyo fan sifatida yuqori darajadagi abstract mazmunga ega. Kimyoda biz kimyoviy 
voqealarni”makro-darajada” kuzatamiz, “miro-darajada” talqin qilamiz va tushuntiramiz, “ramziy 
darajada” (formula, tenglama va boshqalar asosida) taqdim etamiz. Haqiqatdan ham o’quvchi 
uchun bilimlar va mazmunning uch darajasini muvofiqlashtirish juda murakkab. Bugungi kunda 
veb va interaktiv o’qitish, animatsiya, modellashtirish va foydalanish imkonini berayotgam 
AKT sohasida erishilgan taraqqiyot kimyoni tushinishni yengillashtirishda muhim ahamiyatga 
ega. Kimyo darslarini o’qitishda AKTning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Yangi mavzuni 
tushintirishda, o’quvchilarda kimyoviy tushuncha va moddalar haqidagi tasavvurlarni uyg’otishda 
, fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Kimyo darslarini taqdimot, 
animatsiya va videodarslar orqali o’tish dars samaradorligini oshiradi. Animatsiya taqdimotni 
jonlantirish uchun ishlatiladi. Animatsiya yetarli bo’lmagan joylarda videolarni joylashtirish 
mumkin. 
Masalan, “Atom-molekulyar ta’limot. Kimyoviy element, kimyoviy belgi” mavzusida 
7-sinf o’quvchisi ko’zga ko’rinmaydigan atomni, molekulani tasavvur qilishi, yoki 9-sinflarda 
“Elektroliz” mavzusida elektroliz jarayonining kechishini o’quvchilar tasvirlashi qiyin. Agarda 
shuni AKT orqali animatsiya ko’rinishida o’quvchilarga ko’rsatilsa ularning bu ma’lumotlar 
haqidagi tasavvurini kengaytiradi,mavzuni tushinarli qiladi. 
Kimyo fani darslarida yangi materiallarni tushintirish, takrorlash va mustahkamlashda 
yana video darslardan foydalanish yaxshi natija beradi. Video darslar orqali material qulay va 
tushinarli taqdim etiladi. Men o’z darslarimda har bir mavzudan taqdimot tayyorlab, shu asosida 
o’quvchilarga bilim, ko’nikma hosil qilaman. Bundan tashqari kimyo fanida amaliy mashg’ulotlar 
ham muhim o’rin tutadi. 


60

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling