National researches of uzbekistan: conferences
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ BOSHLANG’ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA O’QITISHNING
- Gulmurodova Habiba Toshtemirovna
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - T.: ―Fan‖, 2006. 2. Babayeva D. Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi. TDPU. 2018. 3. Internet ma’lumotlar. 67 Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ BOSHLANG’ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Nazarova Guljamol Chingizovna Xovos tuman 9 – IDUM boshlang’ich sinf o‘qituvchisi Xov9maktab@umail.uz Gulmurodova Habiba Toshtemirovna Xovos tuman 9 – IDUM boshlang’ich sinf o‘qituvchisi Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari keng ko‘lamda rivojlanmoqda. Shubhasiz, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog’idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi. Maktabdagi ta’lim jarayonida o‘quvchilar axborot texnologiyalari yordamida matn bilan ishlashni, tasviriy ob’ektlarni va ma’lumotlar bazasini yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o‘rganadi. O’quvchilar axborot yig’ishning yangi usullarini, ulardan foydalanishni o‘rganishadi, ularning dunyoqarashi kengayadi. Darslarda axborot texnologiyalarining ishlatilishi o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini, o‘quvchilarning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Kompyuter axborot texnologiyalari bilan birgalikda ta’lim sohasida, o‘quvchilarning o‘qish va ijodkorligida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Ta’lim xaqiqatan ham hayotimizga butun hayot faoliyati davomida kirib kelaveradi. Axborot texnologiyalarini qo‘llashda shaxsning barcha qobiliyatlarini – qiziquvchanlik, odob-ahloq, ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarishga harakat qilish kerak. Bu qobiliyatlar keraklicha yuqori darajada ruyobga chiqishi uchun pedagogning axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligi zarur. Mamlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKTdan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog’liq bo‘ladi va bu boshlang’ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang’ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang’ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKTini joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Masalan: Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalarning dastlabki tushunchalarini o‘qitishda ba’zi fikrlarni yuritamiz. ―Axborot so‘zi lotincha ―informatsion so‘zidan olingan bo‘lib, kutilayotgan yoki bo‘lib o‘tgan voqea, xodisalar to‘g’risidagi ma’lumotlarni bildiradi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlagan. Masalan: Falsafada axborot inson ongiga ta’sir etib, ob’ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi. Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea -hodisa to‘g’risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo‘llaniladi. Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob’ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasi bilan uzviy bog’langan, lekin har qanday ma’lumot axborot bo‘lavermaydi. Masalan: olma desak, bir necha xil ma’noni tushunish mumkin: qizil olma deganda, mevaning ma’lum bir rangi tushuniladi, demak barcha ma’lumotlar axborotga aylanishi uchun voqea - hodisa to‘g’risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling