National researches of uzbekistan: conferences


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/86
Sana20.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1712214
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86
Bog'liq
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0

Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
bo‘ladi. 
Bolalarda tabiatdagi mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash kerak. Jonli tabiat burchagi
o‘quv-tajriba uchastkasidagi ishlar, uy vazifasi va yozgi topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan 
tashqari ishlar shunga xizmat qilishi mumkin. Biroq barcha e’tibor faqat tabiat ob’ektlari bilan 
zavqlanishga qaratilsa, estetik tarbiya ta’sirli bo‘lmaydi. 
Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali ravishda
o‘quvchilarning tabiat bilan muloqotda bo‘lishlarining barcha shakl-larini hisobga olgan holda 
olib borilmog’i lozim. 
Tabiatshunoslik mashg’ulotlarida o‘quvchilarda tabiatga, atrofdagi odamlar mehnatiga odobiy 
munosabatda bo‘lishni tarbiyalash zarur. Ammo boshlang’ich sinf o‘qituvchisining bir o‘zi uchun 
odobiy tarbiyaning barcha tomonlarini qamrab olish qiyin. Bu butun maktabning vazifasidir. 
Boshlang’ich sinflarda esa ish tutishda (jamoa mehnat jarayonida, ekskursiyalarda, tirik tabiat 
burchagida, maktab oldi uchastkasida) aks etadigan odobiy dunyoqarash shakllantirilmog’i lozim. 
Tabiatga odobiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash ishi barcha, hatto eng sodda holatlarda 
ham amalga oshirilmog’i zarur. Masalan, ekskursiya vaqtida o‘quvchilarni gerbariy uchun 
ko‘p miqdorda o‘simliklarni yig’ishdan to‘xtatish, gerbariylar uchun yaxshisi begona o‘tlardan, 
to‘kilgan barg va mevalardan foydalanish kerakligini, gerbariy uchun noyob, ayniqsa «Qizil 
kitob»ga kiritilgan o‘simliklardan foydalanish mumkin emasligini, guldasta uchun ko‘plab gullar 
uzmaslikni tushuntirish kerak. Bunda bu talablar nimalar bilan bog’liqligini, albatta tushuntirish 
kerak. Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini ko‘paytirish ana shular bilan boshlanadi. Tabiat 
muhofazasining ahamiyatini tushunish, o‘simlik va hayvonlarni qo‘riqlash atrof olamga ehtiyotlik 
munosabatini tarbiyalaydi. 
O‘lkashunoslik ishlari, maktab uchastkasidagi mehnat, ekskursiyalarda jonajon o‘lkani o‘rganish 
o‘quvchilar xotirasida chuqur iz qoldiradi, o‘z o‘lkasiga muhabbatni mustahkamlaydi, uning 
boyliklarini qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish zarurligi to‘g’risidagi ongni shakllantiradi. 
O‘lka tabiati, uning boyliklari, xo‘jalik xususiyatlari bilan tanishtirish o‘quvchilarning sinfda 
olgan bilimlarini xalqimizning turmushi va mehnat faoliyati bilan bog’lashga yerdam beradi. 
Masalan, «Foydali qazilmalar» va «Mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligi» mavzulari (4-sinf 
«Tabiatshunoslik» darsliklari). 
Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida o‘quvchilar e’tiborini olimlarining fanni rivojlantirishdagi 
roliga qaratmoq, ularning vatanparvarligini, mehnatsevarligini, o‘z xalqiga muhabbatini 
ta’kidlamoq zarur. Bu bolalarda tabiiy iftixor, buyuk namunalarga taqlid qilish xohishini 
vujudga keltiradi. Vatan mavzusi butun boshlang’ich tabiatshunoslik ta’limi orqali o‘tib boradi. 
Tabiatshunoslik darslarida u atrof tabiatni bilib olishda ulkan tabiatning Uzoq Sharqdan tortib to 
janubiy yo‘l va sahrolargacha manzarasi bilan tanishishda gavdalanadi. Biroq tabiat manzarasi 
faqat xalqning katta bunyodkorlik faoliyatini ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Yagona 
intilish bilan o‘z Vatanini yana ham kuchli va qudratli qilishga jalb qilingan o‘lkamiz xalqlarining 
hayotidan olingan aniq misollar o‘quvchilarda vatanparvarlik va baynalmilalchilik tuyg’ularini 
tarbiyalaydi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling