National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar;
Август 2022 10-қисм
Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ KIMYO FANINI O’QITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Axadov Usmon Ilyos o’g’li G’ijduvon tuman 63-IDUMI kimyo fani o’qituvchisi. Annotatsiya; ushbu maqolada kimyo fanini o’qitishda AKTdan foydalanishning afzal tomonlari,animatsiyalar, video darslarni ahamiyati haqida bayon etilgan. Kalit so’zlar; ta’lim, animatsiya, bilim, kimyo darslari, video dars, atom, taqdimot. Zamonaviy ta’limning dolzarb muammolaridan biri o’quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularning manfaatlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning hayotiy rejalarini ro’yobga chiqarishdir. O’qishni individuallashtirish, bilimlarni faollashtirish, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari, ularning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining shartlaridan biri sifatida katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda jamiyat eng sharafli kasb egalari bo’lgan o’qituvchilar oldiga o’quvchilarga faqatgina bilim berish emas, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishdek dolzarb masalani qo’ymoqda. Ta’limning oddiy texnik vositalardan farqli ravishda, AKT o’quvchilarga ko’p sonli tayyor, qat’iy tanlab olingan , tegishli ravishda tashkil etilganbilimlarni taqdim etish bilan bir qatorda, o’quvchilarning intelektual, ijodiy qobiliyatlarini, yangi bilimlarni mustaqil egallash, turli axbarot manbalari bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga imkon beradi. Electron darsliklardan foydalanish quyidagi didaktik masalalarni hal etishga yordam beradi: -fan bo’yicha tayanch bilimlarni o’zlashtirish; -o’zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish; -juda chalkash savollarga javob berishga o’rgatish; -AKTdan foydalanib, o’quv materiali bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish; -umuman o’qishga va fanni o’zlashtirishga motivatsiyani shakllantirish; Kimyo fan sifatida yuqori darajadagi abstract mazmunga ega. Kimyoda biz kimyoviy voqealarni”makro-darajada” kuzatamiz, “miro-darajada” talqin qilamiz va tushuntiramiz, “ramziy darajada” (formula, tenglama va boshqalar asosida) taqdim etamiz. Haqiqatdan ham o’quvchi uchun bilimlar va mazmunning uch darajasini muvofiqlashtirish juda murakkab. Bugungi kunda veb va interaktiv o’qitish, animatsiya, modellashtirish va foydalanish imkonini berayotgam AKT sohasida erishilgan taraqqiyot kimyoni tushinishni yengillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Kimyo darslarini o’qitishda AKTning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Yangi mavzuni tushintirishda, o’quvchilarda kimyoviy tushuncha va moddalar haqidagi tasavvurlarni uyg’otishda , fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Kimyo darslarini taqdimot, animatsiya va videodarslar orqali o’tish dars samaradorligini oshiradi. Animatsiya taqdimotni jonlantirish uchun ishlatiladi. Animatsiya yetarli bo’lmagan joylarda videolarni joylashtirish mumkin. Masalan, “Atom-molekulyar ta’limot. Kimyoviy element, kimyoviy belgi” mavzusida 7-sinf o’quvchisi ko’zga ko’rinmaydigan atomni, molekulani tasavvur qilishi, yoki 9-sinflarda “Elektroliz” mavzusida elektroliz jarayonining kechishini o’quvchilar tasvirlashi qiyin. Agarda shuni AKT orqali animatsiya ko’rinishida o’quvchilarga ko’rsatilsa ularning bu ma’lumotlar haqidagi tasavvurini kengaytiradi,mavzuni tushinarli qiladi. Kimyo fani darslarida yangi materiallarni tushintirish, takrorlash va mustahkamlashda yana video darslardan foydalanish yaxshi natija beradi. Video darslar orqali material qulay va tushinarli taqdim etiladi. Men o’z darslarimda har bir mavzudan taqdimot tayyorlab, shu asosida o’quvchilarga bilim, ko’nikma hosil qilaman. Bundan tashqari kimyo fanida amaliy mashg’ulotlar ham muhim o’rin tutadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling