National researches of uzbekistan: conferences


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/86
Sana20.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1712214
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0

Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
lozim va “Kayfiyat daqiqasi”ni tashkil qilish maqsadga mufofiq. 
Barkamol avlodni tarbiyalashdek o‘ta muhim va dolzarb vazifa biz o‘qituvchilarning zimmasiga 
tushganligini doimo his qilib turish zarur. Shuning uchun ham doimo ota-onalar bilan muloqotda 
bo‘lish yo‘llarini izlash kerak, chunki hamkorlik juda katta natijalarni olib keladi. Sinfda tashkil 
qilingan muloqot daftarlari o‘qituvchiga bu boradagi eng katta yordamchi bo‘lib kelmoqda. 
Bundan tashqari, aylanma daftarlardagi o‘quvchilarga berilgan uyga vazifalarni tekshirib, ostiga 
imzo qo‘yish lozimligini ota-onalar zimmasiga yuklatganlik maqulroqdir. Ota onasi tomonidan 
imzolanmagan daftarlar tekshiriladi-yu, ammo baholanmaydi. Baho ololmagan o‘quvchi, o‘z 
navbatida ota –onasini vazifalarni tekshirib berishga undaydi. 
Bu bilan o‘qituvchi , ota-onalarning farzandlariga bo‘lgan et’iborini oshiradi. Ushbu metod 
bilan ta’lim sifatining oshishini kuzatsa bo‘ladi. Kelgusida yosh pedagoglar o‘z faoliyatlarida 
ushbu metodni qo‘llab borishsa, yaxshi natijalarga erishishi mumkin. 
O‘quvchilarni komillikka yetkazishda o‘qituvchining hissasi beqiyos. O‘quvchilarning 
yoshlikdagi g’ayrat va shijoatlarini to‘g’ri yo‘naltira olish, ularni intelaktual salohiyatlarini 
oshirish, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini mustahkamlash o‘qituvchining asosiy vazifalaridan 
biridir. O‘quvchilarni qiziqtirgan mavzularga bog’lab darslarni tashkil etish o‘qituvchining asosiy 
mahoratidir. O‘qituvchi yangi mavzuni o‘rgatishdan avval, shu mavzu bo‘yicha o‘quvchilari 
nimalarni biladi, bugun nimalarni o‘rganadi, ertaga shu mavzudan kelib chiqib nima ishlar qila 
oladi. Manashi uch savolaga o‘zida aniq javob topib olishi kerak. Shundagina darsidan o‘zi kutgan 
natijaga erishishi mumkin. 
O‘quvchilardagi bilim olishga bo‘lgan qiziqish, intilishi o‘qituvchilarni bu sohada hali qilinishi 
kerak bo‘lgan ishlarni ko‘pligiga dalolat qiladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling