National University of Uzbekistan Volume 3
National University of Uzbekistan
Download 213.09 Kb. Pdf ko'rish
|
axloq-va-siyosatning-bir-butunligi
National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-562-567 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 564 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference Husayn Boyqaro tomonidan chiqarilgan ayrim qarorlarni ham raiyat va adolat foydasida hal qilishga erishgan hollari haqida ko`plab tarixiy misollar keltirilgan, masalan Navoiy bir gal Husayn Boyqaroning davlat xazinasidan harajatlar ko`payib ketgan paytda, soliqlar xalqdan yig`ilsa, ahli muslimga jabr bo`lur, deya o`z xisobidan 25000 dinorni to`lab yuborgan. Bu Hirot aholisidan yig`ilgan soliqning teng yarmi miqdoricha bo`lib, qolgan yarmi shaharning badavlat odamlaridan yig`ilgan[4]. Aksincha hokimiyat, boshqaruvni egallab turgan shaxsda axloqiy illatlar jumladan, nomardlik, ayyorlik va xudbinlik kabilar mavjud bo`lsa u tomonidan olib boriladigan siyosat ham shunday hiylalar, fitnalarga asoslangan bo`ladi. Bir tomondan bunday boshqaruv tarixan qisqa vaqt Ichida tanazzulga uchraydi, ikkinchi tomondan bu davrda oddiy xalq – insonlar ko`plab qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Bunga Sulton Muhammad Xorzamshoh siyosati, davlatining tanazzuli va mo`g`ullarning osonlik bilan ulkan saltanatni egallab olishlarini misol keltirishimiz mumkin. Xorazmshohlar saltanatining sharmandali tanazzuli va unga olib borgan omillar haqida ko`plab tarixiy manbalarda yozib qoldirilgan[5]. Ammo bunday muhim tarixiy vaziyatda hukmdorning shaxsiy axloqiy xususiyatlari muhim, aytish mumkinki hal qiluvchi vazifani bajargan. Chunki, sulton butun mamlakat taqdiri o`z qo`lida ekanligini, harbiy va siyosiy imkoniyatlarining dushmannikidan yuqori ekanligi va qo`l ostidagi xalqning unga bo`lgan ishinchi mas`uliyatini xisobga olib harakat qilganida balki, tarixiy mag`lubiyat va sharmandali taqdir egasi sifatida nom qoldirmasdi. Bu fikrning isboti uchun yana tarixga murojaat qilamiz. O`z davrida kuchli qo`shiga va ko`plab harbiy g`alabalarga erishgan forslar hukmdori Kir IIning massagetlar qabilasi sardori To`maris va uning kam sonli jangchilari tomonidan mag`lub etilishi bunga misoldir[6]. Harbiy tayyorgarlikka ega bo`lgan va ulkan zafarlarga erishgan qo`shin oldida g`oliblik imkoniyati juda kam bo`lishiga qaramasdan hal qiluvchi pallada mas`uliyatni o`z zimmasiga olib, xalqini g`alabaga ruhlatira olgan va pirovard natijada o`z erkini saqlab qolib, tarixda muzaffar nom qoldirgan To`maris va Muhammad Xorazmshohning imkoniyti, salohiyatini hamda axloqiy jihatlarini aslo solishtirb bo`lmaydi. Siyosat va axloqning et va tirnoq kabi ikki xilda namoyon bo`lib bir butunlik kasb etishini shu kabi tarixiy misollar isbotlaydi. Chunki siyosiy imkoniyatlarga ega bo`lgan shaxslarnig axloqiy yoki g`ayriaxloqiy hatti-harakatlaridan faqat o`zi zarar ko`rib qolmasdan balki butun jamiyat, ko`plab insonlar jabr ko`rishlari, qolaversa kelajak avlod ham isnod yukini ko`tarishga majbur bo`lishi mumkin. Ko`plab xalqlar boshiga kulfat solgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling