National University of Uzbekistan Volume 3


National University of Uzbekistan


Download 213.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana07.05.2023
Hajmi213.09 Kb.
#1439060
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
axloq-va-siyosatning-bir-butunligi

National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-562-567 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
565
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga sabab aslida bir guruh manfaatparast va 
xudbin kimsalarning siyosiy boshqaruvni egallashlari edi. Zahiriddin Muhammad 
Boburning Hindistonni egallashi va u yerda ulkan davlat barpo etishi ham aslida 
harbiy yurish va urush orqali amalga oshirilgan. Lekin Boburning g`alabadan so`ng 
bo`ysundirilgan yurtni obod qilishi va olib borgan bunyodkorlik ishlari uning 
bosqinchi emas, Boburg`oziy sifatida tarixda nom qoldirishiga sabab bo`lgan. 
Zahiriddin Muhammad Bobur o`zi fath etgan hududlarda obodonlashtirish ishlarini 
olib borishga alohida e`tibor qaratgan. Masalan, Kobul atrofida Shahraro, Chorbog`, 
Bog`I jilovxona, O`rta bog`, Suvrat bog`, Bog`I Mohtob, Bog`I ohuxona, Bog`I vafo 
bog`larini barpo etgan[7].
Siyosiy rahbariyatning axloqiylik darajasi ularning axloq tamoyillariga qaysi 
tomondan qarashlari va o`z nuqtai nazarlariga ko`ra belgilab olgan to`grilik, adolat va 
yaxshilik tushunchalarining asliga qanchalik mos kelish kelmasligiga bevosita 
bog`liq. Chingizxon tomonidan Xiva, Urganch, Buxoro, Samarqand, Termiz kabi 
shaharlarning yo`q qilinishi, Shayboniyxonning Samarqandni egallashi, Chor 
Rossiyasining O`rta Osiyoni bosib olishidagi vayronaliklar yoki AQSH Prezidenti 
Garri Trumenning buyrug`iga ko`ra Xirosima va Nagasaki shaharlarining vayron 
qilinishi shu harakatlarni sodir etgan shaxslar tomonidan qaysi jihatdan adolatli deb 
baholangani shubxasiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday siyosiy 
hokimiytning axloqiy xususiyatlari hamda iqtidorga kelishi bilan umuminsoniy
axloqiy tamoyillarga bo`lgan munosabati bevosita shu hokimiyatning mazmunini va 
uning “hukmronlik davri”ning qanchalik davomiy bo`lishini belgilaydi. O`z
harakteriga ko`ra siyosat maqsadga yo`naltirishda hissiyotlarga ta`sir etish 
”imkoniyatidan ” foydalanib kelgan. Tarixda sodir bo`lgan ko`p sonli qirg`inbarot 
urushlar aslida ma`lum siyosiy maqsadni amalga oshirish uchun ommaning – 
xalqning tuyg`ularini jumbushga keltirish vositasida amalga oshirilgan. Masalan, 
g`arb va sharq xalqlari tarixida birdek qonli iz qoldirgan salb yurishlari aslida 
sharqning behisob boyliklarini egallash hamda tinch va farovon o`lkalarda o`z 
hukmronliklarini o`rnatish maqsadida amalga oshirilgan, bunda kishilarning diniy 
tuyg`ulariga ta`sir ko`rsatish orqali go`yoki musulmonlar qo`l ostida qolib 
azoblanayotgan Quddusni va undagi Iso Masih qabrini ozod qilishdek “sharafli 
vazifa”ni ado etish topshirig`I berilgan. Salb yurishlarining xarakterli tomoni 
shundaki, unda Yoshi, jinsi, millati, ijtimoiy mavqeidan qat`iy 
nazar hamma ishtirok etishi mumkin edi. Shuning uchun 
salibchilar orasida oddiy xristianlar: dehqonlar, hunarmandlar, 



Download 213.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling