National University of Uzbekistan Volume 3
National University of Uzbekistan
Download 213.09 Kb. Pdf ko'rish
|
axloq-va-siyosatning-bir-butunligi
National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-562-567 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 566 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference talabalar, ritsarlar bilan bir qatorda qirollar, sarkardalar, aslzodalar va xattoki yosh bolalar ham bo`lgan. Bugungi kunimizda ham jamiyatdan o`z maslakdoshlarini topib ko`pchilik insonlarning xissiyotlariga ta`sir qilish orqali o`z siyosiy maqsadlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. O`zlari ilgari surayotgan maqsadlarni siyosiy jihatdan ro`yobga chiqarish uchun ular strategiyalar va o`yinning barcha ishtirokchilari tomonidan tan olinadigan qoidalarini ishlab chiqadilar. Bu partiyalar tashkil etish, siyosiy harakatlarga birlashish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali jamiyatda hamfikrlarini ko`paytirishga harakat qiladilar. Siyosiy kurashda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy talabning yuqoriligi ularning umuminsoniy xususiyatlarga ega bo`lgan me`yorlarga qanchalik mosligiga ham bog`liq. Faylasuf olima L.A. Muhamedjanovaning fikricha – “Ma`lumki, insonning fazilatlari nafaqat insonning balki jamiyatning ham ma`naviy boyligidir. Jamiyatda ezgu insonlar sonining ko`payishi uning ma`naviy va moddiy rivojlanishiga ta`sir qiladi, barcha ijtimoiy sohalarning rivojlanishini tezlashtiradi” [8] Demak, Siyosat axloqiy qadriyatlarni inkor eta olmaydi. Siyosiy kurash usullari jamoatchilik fikri va axloqiy me`yorlar yo`l qo`yadigan usullardagina olib borilishi mumkin. Shunday qilib, axloqning diqqat markazida nafaqat olijanob kurash usullaridan balki, ularning axloqiyligi ham muhim. Axloq siyosatga yo`naltirish, axloqiy baholash va talablar orqali ta`sir qiladi. Ayni paytda siyosatning ham axloqqa ta`sirni e`tirof etish lozim, bu – real maqsad va vazifalarni shart-sharoitlarni anglash orqali aholining axloqiy ongini va faoliyat vositalarini boyitish orqali ko`rsatadigan ta`sirda namoyon bo`ladi. Umuman, siyosiy rahbariyat faoliyatining axloqiyligi jamiyat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi va shu bilan bevosita bog`liq bo`lgan davlat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Shuning uchun siyosiy muholifat sifatida yuzaga kelgan guruhlar hukumatga oid shaxslarning nafaqat siyosiy faoliyati bilan balki, shaxsiy axloqiy xususiyatlarini ham jamoatchilikka oshkor qilishga harakat qiladilar. Bu orqali axloqiy jihatdan namunali bo`lgan o`z safdoshlarining hokimiyat boshqaruvini egallashlari uchun “haqliroq” ekanligini isbotlashga urinadilar. Download 213.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling