National University of Uzbekistan Volume 4


National University of Uzbekistan


Download 367.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana17.10.2023
Hajmi367.16 Kb.
#1705840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
paxta-ishi-qatag-oni-doirasida-nohaq-jabr-chekkan-yakkabog-lik-yurtdoshlarimiz-taqdiri-og-zaki-tarix-uslubi-asosida

National University of Uzbekistan 
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-647-656 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
654
 
April, 2023 
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
nisbatan axloq tuzatish-mehnat koloniyasida o‘tash belgilanib, uzil-kesil 10 yil 
muddatga ozodlikdan mahkum etiladi.
Shafqatsiz qatag‘on qilichi 12-yoshida ya‘ni 1942-yilda – ikkinchi jahon urushi 
avjiga chiqqan yildan hayotini Yakkabog‘ Paxta tozalash zavodi bilan bog‘lagan, 
kattalar urush domiga tortilganli sababli ularning ishini qilib suyagi qotgan – 
urushdan keyin ham deyarli butun kuchga to‘lgan davrini zavod bilan bog‘lagan, o‘zi 
shu zavodning bir bo‘lagi deb bilgan inson – Berdiyev Razzoqni ham o‘z domiga 
tortgan edi. R.Berdiyev 1930-yilda Yakkabog‘ stansiyasida tug‘ilgan. 
Shavqatsiz qatag‘on Paxta zavodini ikkinchi uyi deb bilgan, ko‘plab yaxshi 
kunlari hatto, bolaligi hamda yoshligi o‘tgan R.Berdiyevni zavoddagi hamkasblari
shogirdlari oldida yuzini yerga qaratdi. Unga jinoyatchi – talon-taroj qiluvchi sifatida 
ayblov qo‘yilib, 1984-yilning ayni qahraton payti 18—dekabrida xibsga olishadi. 
1986-yilning 10-sentyabrga qadar aybi isbotlanmay turib, turma va gdlyanchi 
tergovchilarning azoblashlariga giriftor bo‘ladi.
Umrining katta qismini Yakkabog‘ paxta tozalash zavodida o‘tkazgan 
R.Berdiyev o‘z faoliyati xususida quyidagicha xotirlaydi: - ―12 yoshimdan – 1942-
yildan boshlab ushbu zavodga ishchi bo‘lib kelganman. Urush yillaridagi 
mashaqqatlar – bolalik orzularidan vos kechgan meni erta ulg‘aytirdi. 1946-yilda 
konorlovchi ishchilarga boshliq, 1959-yildan torozibon (2-zona klassifikatori) 
lavozimiga tayinlandim. Paxta g‘arami ikki yil tursa bir-biriga yopishib ketar edi – 
ajratish va konorga tiqish mashaqqat, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmas edi. Unutib 
bo‘lmaydi o‘sha yillarni. Konor uchun kelgan matolar(surp)dan kuylak-ishton tikdirib 
kiyardik. Faqat ishdan gapirardik, mehnat qilardik – jonimizni qadrini bilmay.... 
Keyin bu ishlar boshga tushdi, hayot shunaqa ekan, har soniyalar sizga tuxfa etilgan 
baxt ekan....‖. 
Berdiyev Razzoqning o‘zini himoya qilish nutqiga ko‘ra, Berdiyev Razzoq 
tergovchilar tomonidan qo‘yilgan barcha ayblovlarni o‘z bo‘yniga oladi, ―qilgan 
ishidan pushoymonlik‖ bildiradi hamda bundan ko‘zlangan maqsad – ―tergov va sud 
davrida inobatga olinadi – yengillik beriladi‖ deb, umid birdirgani edi. Lekin bunday 
bo‘lib chiqmadi. R.Berdiyevning rostgo‘yligi ham inobatga olinmadi – gdlyanchi 
tergovchilar uni yanada ko‘proq ayblovlarni bo‘yniga olishi uchun qo‘rqitishib, 
haqorat qilib, urib-do‘pposlashadi.
R.Berdiyevning quyidagi so‘zlari diqqatga sazovordir: - ―Menga yuklatilgan 
ayb haqiqatdan ham katta, men nima ham qila olar edim – katta 
daryo oldida xas edim, xolos. Mening o‘rnimda boshqa kishi 
bo‘lganida ham ushbu jinoyatlarni sodir qilgan bo‘lar edi. 



Download 367.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling