National University of Uzbekistan Volume 4
National University of Uzbekistan
Download 367.16 Kb. Pdf ko'rish
|
paxta-ishi-qatag-oni-doirasida-nohaq-jabr-chekkan-yakkabog-lik-yurtdoshlarimiz-taqdiri-og-zaki-tarix-uslubi-asosida
National University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-647-656 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 652 April, 2023 https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference qurbonlar xotirasi‖ muzeyi), suddan keyin Jizzaxdagi mehnat koloniyasida nohaq jazoni o‘taydi, Oliy sud orqali aybsizligi isbotlanib, oqlangandan keyin – 1988-yilda sobiq ―Kalilin‖ j/xo‘jaligida Taftish komissiyasi raisi, keyinchalik 1989-2004- yillarda, to j/xo‘jaliklari tugatilib fermer xo‘jaliklari boshlangunga qadar yana bosh buxgalterlik lavozimida faoliyat yuritadi. Q.Suyarov j-xo‘jaligi a‘zolari tomonidan hurmati baland edi, hisob-kitob ustasi bo‘lganli uchun yon-atrofdagi insonlar hali ham ―usta‖ deb chaqirishadi. Q.Suyarov bizga ―paxta ishi‖ haqida gapirar ekan, yuzlarida ba‘zida achchiq nodomat, ba‘zi haqiqatni gapirayotganligidan dadillik seziladi: - ―Men ular(Yakkabog‘ tumani hamda butun Qashqadaryo viloyatidagi ―Paxta ishi‖ doirasida xibsga olingan, nohaq ayblangan, jazoga tortilganlar)ni ko‘pini yaxshi tanirdim. Ko‘pchiligi ushbu ishdan nohaq va hech sababsiz, hatto birovlarning o‘rniga qamalgan(!) bo‘lsa-da, o‘zlarini go‘yoki aybdordek his qilishga majbur bo‘ldilar – shu tufayli tushkunlikka tushdilar, ko‘p o‘ylab, kasallik ortirdilar. Ulardan biri(safdoshini nazarda tutmoqda) bilan gaplashganimda ko‘zida yosh bilan gapirgan edi: - ―Qulmurat uka, nahotki shuncha yillar xo‘jalikda qamalish va xo‘rlanish uchun ter to‘kdik, kechalari paxta dalalarida qolib, uni sug‘ordik, xotinlarga qo‘shilib chopiq qildik, uni zararlanmasligi uchun o‘zimiz uchun zararli bo‘lgan kimyoviy dorilarni sepdik – terim boshlanganda deyarli uyga bormasdik, uxlamasdik. Bizga yoshligimizdan paxtani sevishimizni o‘rgatishdi: Paxta rizqimizligini, uni hatto muqaddas tushunchalarga aylantirishdi. Xalq har narsadan voz kechishi mumkin edi, paxtadan emas. Alal-oqibat paxta nomidan milliy fojiamimizni yaratishdi – bunaqa qamashlar, azoblar, el-yurt orasidagi sharmandagarchiliklarga sabab qilishdi – fojiamiz bo‘ldi. Hayot haqiqati shunday ekanki, inson erksiz hech qachon chinakam baxtli bo‘lolmas ekan – baxtlar faqat gazetada, televizorda va yalg‘onlar aralashgan gurunglarda bo‘larkan. Mehnat qilib rohat ko‘rmaslik insonni ichidan yemirarkan, ustiga ustak seni qilmagan ishingni qildi deb qamashsa, jinoyatchi deb e‘lon berishsa…. ‖. Uni har qancha yupatsam ham alami kuchli edi‖. Yakkabog‘da eng katta ish sifatida ko‘riladigan M.Avlayev ishi hisoblanadi. M.Avlayev 1980-1982-yillarda Yakkabog‘ Paxta tozalash zavodi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Usbu ishni Gdlyan tomonidan Yakkabog‘da ―paxta ishi‖ga ma‘sul etib tayinlangan Somuq Ibragimov olib borgan. U tomonidan 1985-yil 7-10-sentyabr kunlari yozilgan ayblov fikrida jami 26 nafar turli lavozimdagi xo‘jalik hodimlari bor edi. Ushbu jinoyat ishi materiallari 1984-yil 9-iyul Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan Yakkabog‘ paxta tozalash zavodida o‘tkazilgan buxgalterlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling