National University of Uzbekistan Volume 4
National University of Uzbekistan
Download 367.16 Kb. Pdf ko'rish
|
paxta-ishi-qatag-oni-doirasida-nohaq-jabr-chekkan-yakkabog-lik-yurtdoshlarimiz-taqdiri-og-zaki-tarix-uslubi-asosida
National University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-647-656 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 653 April, 2023 https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference tekshiruviga asosan zavodning moddiy javobgar shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan edi. Va albata, umumiy va o‘ziga xos harakterli ushbu Jinoyat ishida yuqorida sanab o‘tilgan kishilardan tashqari yana 10 lab gunohsiz insonlarga tuxmat toshlari otilgan edi, kimlarningdir hayotini ostun-ustun qilib yuborgan edi. Yakkabog‘ tumanidagi zavodning sobiq rahbari M.Avlayev ham mavjud mustabid tuzum jabrini chekishga, uning manfur siyosatidagi qarama-qarshiliklardagi ba‘zi jarayonlarga sherik bo‘lishga majbur edi. Shunday bo‘lmasa, qo‘yishmasdi – yalg‘onlar oddiy holga aylangan jamiyatda oddiy— haqiqatlar ham tan olinmaydi. Mustabid tuzumda yalg‘onni yalg‘on, haqiqatni haqiqat deguvchi odamlar o‘smaydi – undirishmaydi. Bizga ma‘lum bo‘lgan, ya‘ni bir tomondan sobiq sho‘rolar davlatining iqtisodiy tanazzuli avjiga chiqqan, ikkinchi tomondan esa sobiq sovet davlatining ulug‘vorlik haqidagi zo‘raki targ‘iboti tufayli hamma joyda hujjatlashtiriladigan suistemoliklar urchigan vaziyatni vujudga keltirgan edi. M.Avlayev ham ana vaziyatda rahbar bo‘lib Yakkabog‘ Paxta zavodida ishlagan hamda hodimlar orasida ancha-muncha hurmat qozondi. gdlyanchi tergovchilar unga o‘z mansabini suistemol qilgan holda 1982-yilda paxta hosilini qabul qilish va qayta ishlash davrida Yakkabog‘ tuman partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Sami Boqiyev hamda zavodga qarashli barcha puktlardagi hodimlar bilan kelishgan holda aslida yo‘q paxta rejaga qo‘shib yozishda ayblashadi. M.Avlayev ishi 1986-yilning Qashqadaryo viloyati sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasida ko‘rib chiqiladi. Sud hukmiga muvofiq M.Avlayev bir nechta ayblovlar: mansab vakolatlarini suistemol qilish, qo‘shib yozish, katta miqdorda davlat mulkini talon-taroj qilish kabi ayblar qo‘yiladi. M.Avlayevga nisbatan favqulodda jazo – o‘lim tayinlanadi. Mol-mulki musodora qilinadi[3: 88, 144-158]. Ushbu xunrezliklardan tuman partiya qo‘mitasining birinchi kotibi Sami Boqiyev ham chetlab o‘tmadi – 1926-yil Yakkabog‘ tumani Yakkabog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Tumanda xalq xo‘jaligining turli soharida samarali mehnat qilganligi uchun 1973 hamda 1981-yillarda ―Mehnat‖ ordeni bilan, shuningdek turli yillarda turli nomdagi medallar bilan taqdirlangan. Qamoqqa olingunga qadar ya‘ni 1985- yilning 19-iyulgacha Qashqadaryo viloyati Pillachilik ishlab chiqarish boshqarmasida boshliq bo‘lib ishlagan. 1986-yilning 10-sentyabrdagi Qashqadaryo viloyati sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasida bo‘lib o‘tgan sud yig‘ilishida unga nisbatan unga nisbatan ham qo‘yilgan ayblovlar kabi edi: qo‘shib yozish, suistemollik, davlat mulkini talon-taroj qilish. Unga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling