National University of Uzbekistan Volume 4
National University of Uzbekistan
Download 367.16 Kb. Pdf ko'rish
|
paxta-ishi-qatag-oni-doirasida-nohaq-jabr-chekkan-yakkabog-lik-yurtdoshlarimiz-taqdiri-og-zaki-tarix-uslubi-asosida
National University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-647-656 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 649 April, 2023 https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference kelishgandi. Bunga erishish uchun ularning qo‘lida hokimiyat, kishan va zindon bor edi. Rustam Jo‘rayev tuxmatlar bilan qilingan ayblov fikrini tan olmadi. Buning uchun inson zoti chidashi dargumon bo‘lgan qiynoqlarga giriftor bo‘ldi. Rustam Jo‘rayev kabi o‘z sha‘ni va g‘ururini mustabid tuzum, uning muttaxam hamda tuban vakillarining insoniylikdan yiroq ijrochilari hamlasidan himoya qila olgan, oriyatini saqlanishini o‘limdan afzal deb bilgan insonlarning hayot yo‘li - yosh avlodlarga ibratdir. Murtoza Avlayev ishi doirasida yana bir mehnatkash – Qo‘ldosh Tilovov edi. Q.Tilovov 1950-yilda tavallud topgan. 4 nafar farzandi bilan Yakkabog‘ shahri sobiq K.Marks (hozirgi Paxta zavod) ko‘chada 10 uyda istiqomat qilib keladi. Ayblangunga qadar Yakkabog‘ tuman Paxta tozalash zavodi qoshidagi, sobiq Kalilin j/xo‘jaligiga qarashli paxta tayyorlash punktida ishchi bo‘lib ishlagan edi. Hozirda nafaqada [2:1-2]. Q.Tilovov asosiy mehnat faoliyati Paxta punktida o‘tdi: dastlab ishchi, II-zona klassifikatori (tarozibon), goh qabul qiluvchi va saralovchi lavozimlarda ishladi. Ayniqsa, paxta mavsumi boshlanadigan sentyabr oyidan kech qishgacha bo‘lgan davrda kunni kun, tunni tun demay ishladi. Paxta punktining har bir qadami unga yot bo‘lgan, paxta topshiruvchilar, traktorchilar bilan qadrdonlardek bo‘lib qoldi. Oddiy, mehnatkash – o‘zbek harakteri mujassam inson. Sovet davrining targ‘ibotiga, uning naqadar ulug‘ davlat ekanligi haqidagi gap- so‘zlarni juda ko‘p eshitgan. Ba‘zan bu haqiqatligiga ishondi, farovonlik haqidagi gaplar esa atrofda urchigan davrlar edi. 1984-yilning ayni qish chillasida, qahratonda gdlyanchilar uni soxta ayblovlar bilan xibsga olishadi. Q.Tilovov butun O‘zbeklar diyorida bo‘layotgan xunrezliklar haqida tez-tez eshitib turar, lekin o‘zining ushbu domga tortilishini o‘ylagan emas edi. 1987-yilning 27-dekabrigacha uni biz xabardor bo‘lgan barcha yo‘llar bilan xususan, qo‘shib yozish hamda suistemolliklar ayblovlarni bo‘yniga qo‘ydirishmoqchi bo‘ladi esa kutilgandek bo‘ldi – soxta dalillar, guvohliklar natijasida prokuror tomonidan ayblov fikri yoziladi. 1986-yilning 10- sentyabr kuni M.Avlayev va boshqalar, shu jumladan, Q.Tilovovning ishi Qashqadaryo viloyati sudi jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov kallegiyasining ochiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud gdlyanchi tergovchilarning taziyq bilan qo‘lga kiritilgan va soxta dalillarini inobatga olib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilinadi. Jazo kuchaytirilgan tartibda axloq tuzatish-mehnat koloniyasida o‘tash belgilab qo‘yiladi[3: 88-89]. 1987-yilning 10-fevral kunida O‘zR Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasida yuqoridagi hukm ustidan kassatsiya tartibida yuborilgan shikoyat sud majlisida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling