National University of Uzbekistan Volume 4
National University of Uzbekistan
Download 367.16 Kb. Pdf ko'rish
|
paxta-ishi-qatag-oni-doirasida-nohaq-jabr-chekkan-yakkabog-lik-yurtdoshlarimiz-taqdiri-og-zaki-tarix-uslubi-asosida
- Bu sahifa navigatsiya:
- [3:188-228].
National University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-647-656 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 651 April, 2023 https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference boshliq tergovchilar guruhi xibsga olishadi. 2 yilga yaqin muddat davomida, aniqrog‘i, 1986-yilning 4-mart kunigacha bo‘lgan muddatda qamoq va uning gdlyancha tergov usullari bilan yo‘g‘rilgan azobini tortadi. Unga M.Avlayev ishi doirasida paxta qo‘shib yozish, talon-tarojlik qilgan kabi ayblovlarini qo‘yishadi. 1986-yilning 10-sentyabrida Qashqadaryo viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasida M.Salomovga nisbatan 6 yil muddatda kuchaytirilgan tartibda – mehnat-axloq tuzatish koloniyasida o‘tash belgilab qo‘yiladi. Mol-mulki musodara qilinib, davlat ixtiyoriga topshirish belgilab qo‘yiladi[3:188-228]. 1991 yil 7 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasining yig‘ilishida M.Salomovning harakatlarida jinoyat alomtlari bo‘lmaganligi sababli harakatdan to‘xtatilgan. Ushbu to‘zonli yillarda sobiq Talimarjon tumani eski ―Kommunist‖ j/xo‘jaligi bosh injener lavozimida faoliyat yuritgan G‘ofur Misiriddinov alam bilan yodga oladi[4:1- 2]. - Men 1980-1985-yillar davomida sobiq ―Kommunist‖ j/xo‘jaligida faoliyat yuritganimda M.Sharopov rais edi. 1984-yilning o‘rtalarida gdlyanning gumashtalari M.Sharopov boshchiligida sovxozning deyarli barcha lavozimdagilarini xibsga olishgan edi – bir o‘zim barcha ishlarni zimmamga olganman. Ex, qancha to‘zonli yillar edi-ya, M.Sharopovdek halol, hammaning birdek ko‘radigan, xalq ichidan chiqqan salobat egasini qamashgan edi. Yana qanchadan qancha kuchga to‘lgan, yonib turgan yigitlarni qamashdi‖. ―Paxta ishi‖dan bevosita jabr ko‘rgan insonlar haqida gapirilsa, juda ko‘plab achchiq xulosalarga kelasiz – millatga – bag‘rikeng xalqqa qilingan xunrezliklarga nisbatan nafratingiz oshadi. Bu haqida Yakkabog‘ tumani sobiq ―Kalilin‖ j/xo‘jaligida bir necha yillar chorva buxgalter, bosh buxgalter lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan va ―Paxta ishi‖ doirasida nohaq jabr chekkan insonlardan biri Qulmurat Suyarov so‘zlari diqqatga sazovor[5:1-2]. Qulmurat Suyarov 1946-yil Yakkabog‘ tumani ―Cho‘l‖ qishlog‘ida tug‘ilgan. 1973-yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlab, o‘sha yildan boshlab sobiq ―Kalilin‖ j/xo‘jaligida chorva buxgalteriligidan ish faoliyatini boshlab 1980-yildan 1986-yilgacha bosh buxgalterlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Gdlyanchi tergovchilarning nohaq ayblovlari tufayli 2 yildan ziyod vaqt davomida Qarshidagi turmada(hozirda ―Qatag‘on |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling