National University of Uzbekistan Volume 4


National University of Uzbekistan


Download 367.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana17.10.2023
Hajmi367.16 Kb.
#1705840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
paxta-ishi-qatag-oni-doirasida-nohaq-jabr-chekkan-yakkabog-lik-yurtdoshlarimiz-taqdiri-og-zaki-tarix-uslubi-asosida

National University of Uzbekistan 
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-647-656 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
655
 
April, 2023 
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
Chunonchi viloyat va tuman partiya tashkilotlari, Paxta topshirish rahbarlari shaxsan 
o‘zlari paxta topshirish ishlarini nazoratga olishgan edi. Har qanday ularning 
ruxsatisiz bo‘lmas edi. Biz faqat buyruqlarni bajarar edik, xolos.
Bu ishlar, nafaqat Yakkbog‘ tumani balki butun O‘zbekiston (barcha sobiq sho‘rolar 
davlati N.S.)da bo‘lgan edi. Nima qilishim holi-jonimga qo‘yishmadi, oxiri majbur 
bo‘lganimdan shu ishga qo‘lga urdim. Hayotim davomida shu paxta zavodda og‘ir 
mehnatlar qildim: oddiy ishchi, yuk tashuvchilik qilib qiyin paytda zavodning og‘irini 
yengil qildim. Qarigan chog‘imda tashqi ta‘sirdann qo‘rqib bir ayb qildim. O‘z-
o‘zidan savol tug‘iladi: shuncha yillar davomida halol ishlab kelgan inson o‘z 
qo‘shnilari, zavod jamoasi oldida jinoyat sodir qilishi mumkinmi – mumkin emas, 
buni aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi‖. 
Doim halollikni kasb qilib olgan R.Berdiyev 11 nafar farzandni tarbiylab 
jamiyatga yetkazdi.
1986-yilning 10-sentyabrida Qashqadaryo viloyati sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha 
sudlov kollegiyasining sudlov kollegiya yig‘lishida R.Berdiyev – 15 yil muddatda 
ozodlikdan mahrum qilish jazosini kuchaytirilgan tartibda – mehnat axloq tuzatish 
koloniyasida o‘tash belgilab qo‘yilgan edi. Jazoni o‘tab bo‘lgandan so‘ng 5 yil 
muddatda moddiy javobgarlikdagi ishlarda ishlash taqiqlanadi, mol-mulki musodara 
qilinadi.
Biz yuqorida mamlakatimiz tarixida eng qora kunlardan bo‗lgan sobiq 
sho‗rolarning jon talvasiga tushgan va shu boisdan ichi bo‗sh iqtisodiy siyosatini 
qutqarib qolish maqsadida to‗qib chiqargan va butun O‗zbekiston xalqi, shu jumladan 
boshqa millat vakillariga qilgan xunrezliklaridan ba'zilarigagina to‗xtab o‗tdik. 
Aslida, ikkinchi jahon urishi yillarida isbotlangan – rad etib bo‗lmas haqiqat o‗zbek 
xalqining milliy totuvligi, bag‗rikengligiga Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi manfur 
ijrochilar hiyonat qilishdi. 1930-yillardagi qatag‗onlardanda ortiq ma'naviy zarba 
berishdi – butun boshli O‗zbek millati va O‗zbekiston xalqiga nisbatan sobiq 
mustamlaka, balki butun dunyoda notog‗ri tushuncha paydo bo‗lishiga zamin 
yaratishdi. Insoniyat anglab yetgan buyuq qadriyat – insonning ulug‗ qadriyat 
ekanligi, uning nomi, sha'ni, nomusi dunyo yaralgandan buyon har ne'matdan 
narsadan ustun ekanligini inkor etmoqchi bo‗lishdi.
Ammo, zabardast, ulug‗ tarix sohibi bo‗lgan O‗zbek millati va xalqi 
qurbonliklar va xo‗rliklar evaziga ushbu tarixiy sinovdan ham o‗tib oldi. Ulug‗ 
ne'mat – mustaqillik tufayli ushbu ishlarga xolis baho berildi. 
Nohaq ayblanganlar nomlari oqlandi, bu bilan insoniy sha'ni va 
qadr-qimmati tiklandi. 



Download 367.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling