National University of Uzbekistan Volume 4


National University of Uzbekistan


Download 367.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana17.10.2023
Hajmi367.16 Kb.
#1705840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
paxta-ishi-qatag-oni-doirasida-nohaq-jabr-chekkan-yakkabog-lik-yurtdoshlarimiz-taqdiri-og-zaki-tarix-uslubi-asosida

National University of Uzbekistan 
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-647-656 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
648
 
April, 2023 
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
tumanning tarixiy ahamiyati bu - o‘z davrida zamon yo‘rig‘i bilan dunyoning eng 
qudratli davlatiga asos solgan O‘zbek davlatchiligining eng ulug‘vor shaxslaridan biri 
Amir Temur tug‘ilgan yurt hisoblanadi. 
XX asrning 80-yillarda tumanning katta qismiga, boshqa hududlarda 
bo‘lganidek paxta ekilar edi. Va shuningdek, bu yerning aholisini ―paxta ishi‖ kabi 
qatag‘on qilichi chetlab o‘tmadi – bu ish tufayli 100 lab gunohsiz, sobiq sho‘rolar 
davrida mehnatkashligi hamda harakatlari tufayli el-yurt orasida hurmatga sazovor 
insonlardan tortib, endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh kadrlargacha, 
oqsoqollardan tortib, mehnatkash xotin-qizlargacha jabr chekkanligi rost. 
1980-yillarning gdlyan boshchiligidagi qatag‘on qilichi Yakkabog‘dagi bir nechta 
fidoiy insonlarni ham chetlab o‘tmadi - sobiq sho‘rolar davlatining jon talvasidagi 
tubanliklari doirasida "paxta" deb nomlangan o‘zbek xalqining - gohida rizqi, gohi 
fojiasiga aylangan qadriyatidagi adolatsizligi tufayli jazoga tortildilar.
Shunday jafokash insonlardan biri Rustam Jo‘rayev edi. U ishlagan hamda rahbarlik 
qilgan davrlarni shunday xotirlaydi [1:45]: -"Biz yashagan tuzumning qanday 
ekanligiga, malomatga qolgan odam o‘zini o‘nglab olish oson emasliga guvohman. 
Ammo hech qachon qo‘limga kishan tushadi, zindonlarda inson bolasi toqat 
qilolmaydigan qiynoqlarga duchor bo‘laman, bir og‘iz haqiqat so‘z non, havo, suvdek 
arzanda bo‘lib qoladigan kunlarni ko‘raman, deb hayolimga ham keltirmaganman.
O‘sha yillarning butun sir-asrori endi hammaga ayon bo‘lmoqda. Ammo o‘sha 
paytda shu muqaddas yurtga qo‘lidagi kishan bilan yopirilib kelganlarning haqiqiy 
maqsadi, kirdikorlarini yaxshi bilishmas edi. Boshqa joyda bo‘lgani singari 
Yakkabog‘da ham ham tergovchilar jon-jahdlari bilan ishga kirishib ketdilar. 
Yakkabogda ularning boshlig‘i resublika (jumhuriyat) Ichki ishlar vazirligining 
tergovchisi mayor Samuq Ibragimov edi.
Ummonimiz quridi, zamin siynasi zaharlardan tilkalandi, boyliklarimiz talon-taroj 
qilindi. Zamonlar evrilib, haqsizlik va xo‘rlik suyak-suyagiga yetgan xalqlar ko‘zga 
ko‘rinmas kishanlarni yechishga intila boshlaganda misli ko‘rilmagan bedodliklar 
avjlandi. Qo‘rqitishga, ezib tashlashga yo‘naltirilgan jazo mashinasi butun qudrati ila 
ishga tushurib yuborildi. Menimcha, gdlyanchilar bir jafokash xalqqa qarshi 
uyushdilar. Odamlarning qo‘llarini qayirib, zindonband qildilar – haq-huquqlarini 
toptab tashlashdi. Odamlar shunday qiynoqlarga solindiki, ayrim yoshi ulug‘larning 
aytishicha, mustabid Stalin qamoqxonalari ham bunchalik bo‘lmagan[1:25]‖. 
Umuman, 
olganda 
manfur 
gdlyanchilar 
yurtimizda 
talonchilik qilish, boylik orttirishdek iflos maqsad bilan 



Download 367.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling