National University of Uzbekistan Volume 4


National University of Uzbekistan


Download 367.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana17.10.2023
Hajmi367.16 Kb.
#1705840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
paxta-ishi-qatag-oni-doirasida-nohaq-jabr-chekkan-yakkabog-lik-yurtdoshlarimiz-taqdiri-og-zaki-tarix-uslubi-asosida

National University of Uzbekistan 
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-647-656 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
653
 
April, 2023 
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
tekshiruviga asosan zavodning moddiy javobgar shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan 
edi. Va albata, umumiy va o‘ziga xos harakterli ushbu Jinoyat ishida yuqorida sanab 
o‘tilgan kishilardan tashqari yana 10 lab gunohsiz insonlarga tuxmat toshlari otilgan 
edi, kimlarningdir hayotini ostun-ustun qilib yuborgan edi. 
Yakkabog‘ tumanidagi zavodning sobiq rahbari M.Avlayev ham mavjud 
mustabid tuzum jabrini chekishga, uning manfur siyosatidagi qarama-qarshiliklardagi 
ba‘zi jarayonlarga sherik bo‘lishga majbur edi. Shunday bo‘lmasa, qo‘yishmasdi – 
yalg‘onlar oddiy holga aylangan jamiyatda oddiy— haqiqatlar ham tan olinmaydi. 
Mustabid tuzumda yalg‘onni yalg‘on, haqiqatni haqiqat deguvchi odamlar o‘smaydi 
– undirishmaydi. Bizga ma‘lum bo‘lgan, ya‘ni bir tomondan sobiq sho‘rolar 
davlatining iqtisodiy tanazzuli avjiga chiqqan, ikkinchi tomondan esa sobiq sovet 
davlatining ulug‘vorlik haqidagi zo‘raki targ‘iboti tufayli hamma joyda 
hujjatlashtiriladigan suistemoliklar urchigan vaziyatni vujudga keltirgan edi.
M.Avlayev ham ana vaziyatda rahbar bo‘lib Yakkabog‘ Paxta zavodida 
ishlagan hamda hodimlar orasida ancha-muncha hurmat qozondi. gdlyanchi 
tergovchilar unga o‘z mansabini suistemol qilgan holda 1982-yilda paxta hosilini 
qabul qilish va qayta ishlash davrida Yakkabog‘ tuman partiya qo‘mitasi birinchi 
kotibi Sami Boqiyev hamda zavodga qarashli barcha puktlardagi hodimlar bilan 
kelishgan holda aslida yo‘q paxta rejaga qo‘shib yozishda ayblashadi.
M.Avlayev ishi 1986-yilning Qashqadaryo viloyati sudi Jinoyat ishlari 
bo‘yicha sudlov kollegiyasida ko‘rib chiqiladi. Sud hukmiga muvofiq M.Avlayev bir 
nechta ayblovlar: mansab vakolatlarini suistemol qilish, qo‘shib yozish, katta 
miqdorda davlat mulkini talon-taroj qilish kabi ayblar qo‘yiladi. M.Avlayevga 
nisbatan favqulodda jazo – o‘lim tayinlanadi. Mol-mulki musodora qilinadi[3: 88, 
144-158].
Ushbu xunrezliklardan tuman partiya qo‘mitasining birinchi kotibi Sami 
Boqiyev ham chetlab o‘tmadi – 1926-yil Yakkabog‘ tumani Yakkabog‘ qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Tumanda xalq xo‘jaligining turli soharida samarali mehnat qilganligi 
uchun 1973 hamda 1981-yillarda ―Mehnat‖ ordeni bilan, shuningdek turli yillarda 
turli nomdagi medallar bilan taqdirlangan. Qamoqqa olingunga qadar ya‘ni 1985-
yilning 19-iyulgacha Qashqadaryo viloyati Pillachilik ishlab chiqarish boshqarmasida 
boshliq bo‘lib ishlagan. 1986-yilning 10-sentyabrdagi Qashqadaryo viloyati sudi 
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasida bo‘lib o‘tgan sud yig‘ilishida unga 
nisbatan unga nisbatan ham qo‘yilgan ayblovlar kabi edi: qo‘shib 
yozish, suistemollik, davlat mulkini talon-taroj qilish. Unga 



Download 367.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling