Международный научный журнал № 4 (100), часть 2
«Научный импульс» Ноябрь, 202
1134
Boshqa qolgan yo‘l transport hodisasi. Bu turdagi yo‘l
transport hodisasiga
tramvayning relesdan chiqib transport vositasini yoki piyodalarni urishi, yuk
avtomobillaridan yuk tushib ketishi natijasida bo‘ladigan
falokatlar, passajirning
yiqilib tushishi va h.k.
3-diagramma. Yo‘l transport hodisalarining turlari
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki eng yuqori ko‘rsatkichlar
piyodani urib
yuborish va transport vositalarining to`qnashuvini tashkil qiladi.
“A-Y-H-P-M” tizimi optimal ravishda faoliyat ko‘rsatishda tizimdagi avtomobil,
haydovchi, yo‘l, piyoda va muhit tashkil etuvchilarining
alohida hamda ularning
birgalikdagi A-H, H-Y, Y-P, A-P va boshqa tasniflari katta ahamiyatga ega.
Avtomobil transportining konstruktiv o‘lchamlari (parametrlari) yo‘l
harakatining tasnifiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik o‘lchamlari
tortish va tormozlanish sifati, haydovchi ish joyining qulayligi va yengil boshqarilishi
muhim o‘rin egallaydi [3, 4, 5, 13, 14].
Amaliyot paytida sodir etilgan yo‘l transport hodisalari va qoida buzarliklarni
tahlil qilib chiqildi.
Harakatlanayotgan piyodalar, piyoda bolalarning yo‘l belgisiga
amal
qilmasdan harakatlanishi, yo‘llarda tartibsiz harakatlanayotganligi kuzatildi.
Bundan tashqari transport vositalari haydovchilarining tartibsiz harakatlanishi, yo‘l
belgi chiziqlariga va yo‘l belgilariga amal qilmasliklari kuzatilgan bo‘lsa, yo‘lovchi
tashuvchi transport vositalarining haydovchilari to‘xtash bekatlariga to‘xtash o‘rniga
duch kelgan joylarida to‘xtashlari va yo‘lovchilarni tushirish, olib ketishlari kuzatildi.
Natijada ko‘plab yo‘l transport hodisalari uchrab kelmoqda.
Yo‘llarida transpоrt оqimini yo‘nalishlar bo‘yicha
ajratishda quyidagi ishlar
rejalashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
ajratuvchi pоlоsa yordamida alоhida yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l qatnоv qismini
bitta yaxlit yo‘l pоyida jоylashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: