«Научный импульс» Ноябрь, 2022 522 Verbal effekt (notiqlik). Flyuid nurlanish (tashqi emotsiya). O’qituvchida aniq bir obrazidagi individual, kasbi va yoshi imidji muajassamlashadi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1162853
1   2   3   4
Bog'liq
Meyliyeva Lobar Nurmatovna (1)

Ikkinchi bosqichga – imidjning muhim omillaridan biri – muloqotning verbal va 
noverbal vositalari qo’llashi kiradi. O’qituvchi o’zini «taqdim etish» vazifasini o’zi 
to’g’risida ilk taassurot shakllantirayotgan payta amalga oshirish maqsadga muvofiq. 
«Verbal” deb nomlanadigan imij o’qituvchi oyoqlarning yig’ilgan holatda turishi, 
qo’llarning me’yorida harakatlanishi, ovoz tembrinng juda yuqori emasligi yoki 
aksincha.“Noverbal” deb nomlanadigan imij o’qituvchi imo-ishoralari, yuz-qarashlari 
(mimika, aslini olganda, odamlar o’rtasidagi axborot almashuvi bo’lib, uning asosiy 
maqsadi uzatilayotgan va qabul qilinaetgan axborotning tushunarliligini ta’minlashdir.


Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
523 
Savlatini nazarda tutadigan yoqimli sifatlarni qay darajada ishlata olish bilan bog’liq. 
Yaxshi sifatlar turli vaziyatlarga tezkor o’rganishga, odamlar bilan kommunikativ aloqalar 
o’rnatishga yordam beradi. Afsuski, sotsiologlarning tadqiqotlariga ko’ra, faoliyat 
boshlayotgan o’qituvchilarning 29 foizi o’quvchilar bilan ilk aloqalardayoq qiyinchiliklarni 
boshidan kechiradilar.
Pedagog imijining muhim tomoni – uning so’z boyligidir. Nutq san’ati – uning 
egiluvchanligi, ta’sirligi, originalligidadir. Qadimgi donishmandlarning aytishicha, notiqlik 
san’ati – bu so’z bilan ishontirish qobiliyatidir.
O’quvchilar bilan muloqotda o’qituvchi o’zinig nutq ohangini unutmasligi kerak. 
Chunki o’quvchilarning nafaqat ruhiy holati, balki ularning ishlash qobilyati ham shunga 
bog’liq.
Pedagog o’z imidjini yaratishida notiqlik mahoratining o’rni juda muhim bo’lib, 
maqolada notiqlik mahorati haqida ma’lumotlar berib o’tmoqchiman.
Verbal effekt  quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
oyoqlarning yig‘ilgan holatda turishi;
qo‘llarning me’yorida harakatlanishi;
ovoz tembrining juda yuqori emasligi yoki aksincha yuqoriligi;
ifodali nutqni rivojlantirish;
mazmunli nutq .
Pedagogning nutqi yorqin, jozibali, ta’sirli, jarangdor, tasvir (obraz)li bo’lishi lozim. 
Nutqda jonlantiruvchi jihatlar bo’lmasa, u quruq, badhazm, zerikarli bo’ladi. Nutqning 
mazmuni qanchalik boy, chuqur bo’lsa, uning shakli ham shunchalik rang-barang bo’lishi 
unga munosib jilo, sayqal berilishi, badiiy bo’yoklar bilan jozibali qilinishi, tasvirlar bilan 
boyitishi darkor.
Buning uchun hikmatli so’zlardan, maqol, she’riy parchalardan, o’tkir iboralar, tasvir, 
qiyos va o’xshatishlardan keng ko’lamda, biroq me’yorida foydalanishni tavsiya etamiz. 
Bular nutqning bezagi, ko’rki, sayqalidir. Notiq, shu bilan birga, satira, yumor, istiora, 
majozlardan o’z o’rnida, badiiy talaffuz bilan, shoirona ko’tarinki ruhda ishlatsa, uning 
nutqi tinglovchini o’ziga maftun etadi, gapi "shirali" bo’ladi, nutqi qiyomiga yetadi, 
tasanno va ofarinlarga sazovor bo’ladi.
Pedagog so’zlayotganda ovozning goh baland, goh past bo’lib tovlanishiga alohida 
e’tibor berishi kerak. Busiz jumla qanday ohangda, urg’u, talaffuzda aytilishiga qarab 
turlicha ma’noni anglatishi mumkin.
Qaysi bir pedagog mantiq fanidan bexabar bo’lsa, ya’ni chala-yarim fikr yuritsa, 
yuzaki va qisqa o’ylasa, nutkida izchillik bo’lmaydi. Fikr va so’z, tafakkur va til mantiqan 
muvofiq bo’lishi shart: bayon etilmoqchi bo’lgan fikr, g’oya, pedagogning ko’rsatmasi, va 
tavsiyasi ularni ifodalashga xizmat qiladigan so’zlar bilan o’zaro uyg’un, hamohang, 
mutanosib bo’lishi talab etiladi. Aks holda dili boshqa-yu, tili boshqa qabilidagi 
nomuvofiqlik, teskari mutanosiblik, yasamachilik ro’y beradi.


Международный научный журнал № 4 (100), часть 4 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
524 
Frantsuz tilshunosi P.Buast: "Gapirayotgan odam ekadi, eshitayotgan odam hosil 
yig’adi", – degan edi. Demak, notiq so’zlagan nutqidan hosil olmoqni istar ekan, aniq 
o’quvchilarning ongi va qalbiga yo’l topmog’i, jonli qiziqishini uyg’otishga, fikrlashga turtki 
berishi, his-tuyg’ulariga ta’sir o’tkazib, ularni junbushga keltirishi lozim. Bunga faqat 
auditoriya (tinglovchi) bilan muloqot o’rnatilgan taqdirdagina erishish mumkin. 
Nutqiy muloqotga kirishishgan kishinnng maqsadlari doirasini umumlashgan holda 
quyidagilar bilan belgilash mumkin:
1) o’zga(lar)ga, muayyan jamoaga o’z g’oya va fikrlarini yetkazish orqali hamfikrlar 
doirasini kengaytirish; 
2) ma’naviy (ruhiy) hayotini uzaytirish orqali hayotda iz qoldirish;
3) hukmronlikka bo’lgan intilishni amalga oshirish;
4) shartnomaga asosan o’z xizmat doirasida muayyan (siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy) 
masalani hal etish;
5) e’tibor qozonish; 
6) jamiyatda tutgan baland mavqeni saqlab qolish va h.k.
Nutqda maqsadga erishish usullari uch katta guruhga bo’linadi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling