Научный вестник scientific journal 2017-yil, 2-son (102/1) gumanitar fanlar seriyasi tarix, Falsafa, Sotsiologiya, Iqtisodiyot
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аннотация.
- Keywords
- ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son
- Some aspects of enhancing national independence of Uzbekistan during globalization Abstract.
- UDK: 316.37 YOSHLAR SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHNING MA’NAVIY ASOSLARI Xolmaxmatov A.X.
Tayanch s oʻz: sufiy, gʻoya, ta’limot, rivoyat, riyokor. Исследование произведения «Канзул-Маориф» и философические взгляды Санаи Аннотация. В статье впервые дается краткое научное описание произведения «Канзул- маориф», хранящийся в фонде Центра восточных рукописей ТашГИВ. Также в своих поэтических произведениях автор описывает философские взгляды человека с помощью художественных персонажей. Аннотация.софист, идея, учение, легенда, лицемер. Research work "Kanzul-maorif" and philosophical view of Sanaa Annotation.This article provides a brief description of the scientific work "Kanzul-Maorif" which is stored in the fund of the Centre of Oriental Manuscripts of the Tashkent State Oriental languages University. Also in his poetic works, the author describes the philosophical aspects of human beings through artistic characters. Keywords: sufi, idea, teaching, legend, a hypocrite. XIX asr Xorazm tasavvuf adabiyotida qalam tebratgan faylasuf olim, shoir va yozuvchi b oʻlgan Bobojon Sanoiy bir qator original va tarjima asarlarni yaratdi. Uning original asarlaridan b oʻlmish “Kanz-ul-maorif” (“Ma’rifatlar xazinasi”), yozilgan sanasi k oʻrsatilmagan, uni qayta koʻchirishda (Sanoiy bu asarni 1861 yilda k oʻchirib yozgan) qoʻyilgan sana e’tiborga olinsa, bu asar XIX asr 90- yillarning oxiri – 60-yillarning boshida yaratilganligi ma’lum b oʻladi [1]. Bobojon Sanoiyning asarlari uning tarjimalari bilan birga ToshDSHI Sharq q oʻlyozmalari markazi fondida saqlanib kelmoqda [2]. 891/III-inventar raqami ostida saqlanib kelayotgan “Kanz ul-maorif”(“Ma’rifatlar xazinasi”)asari muallif bergan mundarijaga k oʻra oʻn bir bobdan iborat boʻlishi kerak edi. Asar esa oltinchi bob bayoni bilan tugaydi [1]. Bu boblarda ramzlar, ishoratlar va hikoyatlar ma’nolari, inson vujudi tilsimi, uning yaratilishdan maqsadi, yaratilganda olgan omonatlari, jismi tani, bosh a’zosi, yaratilgandan keyingi vazifalari, inson a’zolarining hikmatlari va ruhi sultoniyya kabi masalalar yaratilgan. Muallifning asarni yozish maqsadini quyidagi jumlalardan anglab olishimiz mumkin: “Bu kitobni oʻqimoq birla oʻz nafsingdin boxabar boʻlsang va oʻz zotingning sharif va kasif (tubanligini tafakkur va taaqqul qilsang, anglagilkim saodat abvobi (eshiklari) to nafs ma’rifati va vujud kayfiyati q oʻligʻa kirmaguncha hosil boʻlmas”. “Kanz-ul-maorif” – ilmiy-falsafiy asar b oʻlib, unda muallif oʻzini qiziqtirgan inson muammosini tadqiq qilishga intiladi, shaxs va uning fe’l-atvori, yaxshi ishlari va axloqiy nuqsonlari haqida fikr yuritadi, inson ruhiyati tabiatini tadqiq etadi, unga chuqur kirib borish istagi bilan yonadi. Yozuvchi oʻz oldiga inson mohiyati, shaklu shamoyili, muddaolarini, uning boshqa jonli mavjudotlardan farqini, hayotdagi oʻrnini aniqlash vazifasini qoʻyadi. Sanoiy oʻzining har bir asarida k oʻndalang boʻlib turgan masalalarga javob berishga intildi. 78 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son “Kanz-ul-maorif” asarida inson tabiatini idrok etishning s oʻfiylik jihati ustunlik qiladi. Muallif darveshlik darajalarining qonuniyatlarini – xudoga yaqinlashish, ruhni chiniqtirish, ma’rifat va haqiqatni anglash jarayonlarini tasvirlaydi. Sanoiy insonni tabiat hodisasi sifatida tadqiq qilar ekan, tabiiy-falsafiy qarashlarga amal qiladi, insonning tabiatdagi oʻrni va uning fe’l-atvorlari haqida fikr yuritganida s oʻfiylik ta’limotiga tayanadi. Sanoiyning “She’riy doston”larida insonning falsafiy jihatlari bayon etilgan b oʻlsa, bu oʻrinda mazkur muammo badiiy obrazlar vositasida talqin etiladi. Shu munosabat bilan u insonning paydo b oʻlishi toʻgʻrisidagi afsonani bayon etadi, insonning tabiatga, yerga munosabati t oʻgʻrisida, uning hayotdagi oʻrni va burchi haqida hikoya qiladi. Alloh taolo insonni yaratishga qaror qilganida k oʻpgina sayyoralar uni qabul qilishni xohlaydilar, ammo xudo yerni tanlaydi. Yer esa bunga e’tiroz bildirib, odamlar k oʻpaygach, oʻzaro raqobat, bahs boshlaydilar, bir-birlarini oʻldirib, qon toʻkishga, gullab-yashnab turgan vodiylarni vayron qilishga kirishadilar, deydi: 15 a .ﻢﯿﻠﻋ و ﺎﻧاد ﮫﺴﻤﯿﻛ قﻮﯾ ﻰﺒﯿﻛ ﻦﺳ ،ﻢﯾﺮﻛ ﺎﯾ ىﺪﯾآ ُىﺪﺘﯾا ﮫﻛ نﻮﭼ .نﺎﯿﺑ حﺮﺷ ﺎﮕﻧآ رﻮﺘﺳﺎﻣﺮﯾا ﺖﺟﺎﺣ ،نﺎﯿﻋ ﮫﻐﮕﻨﯿﻤﯾﺪﻗ ﻢﻠﻋ ﺶﯾا ﮫﭼرﺎﺑ .زﺎﯿﻧ ﻰﺑ ﻢﯾﺮﻛ ىا ﻰﻧآ ﮓﻧﻮﮕﻠﯿﺑ ،زار هﺪﯿﺷﻮﭘ ىرﺎﺑ هﺪﮕﻨﯿﻟآ ﻦﺷور ﺳ ىﺪﯾد ﻢﯿﻜﯿﻧ ﺮﯾ .روﺮﯾا مﻮﮭﻔﻣ ﺎﻧ ﮫﻛ رﻮﺘﻗﻮﯾ ءه ّرذ ،روﺮﯾا مﻮﻠﻌﻣ ﺎﮕﻨ .ﻰﻧآ راﺮﻜﺗ مﺎﺳﻼﯾا رودرﺎﺑ ﻰھﺮﻛ ،ﻰﻧآ رﺎﮭظا ﺎﻣﻼﯾا سﺎﻣﺮﯾا ﺖﺟﺎﺣ !ىاﺪﺧ ىا مﻮﻠﻌﻣ ﺎﮕﮕﻨﯿﻤﻠﻋ لوا رودرﻮﺑ ،ىﺎﭘ ﻰﺳﻮﻐﯾﻮﻗ ﺮﮔا رﻮﻣ هﺪﻧﻮﻛ هﺮﯿﺗ Chunki arz etdi-yu aytdi, ey karim, San kibi y oʻq kimsa donou alim. Borcha ish ilmi qadiming gʻa ayon, Hojat ermastur onga sharhu bayon. Ravshan ollingda bori p oʻshida roz, Bilgung oni, ey karimi beniyoz! Yer nekim dedi sanga ma’lum erur, Zarrai y oʻqtur ki nomafhum erur. Hojat ermas aylamak izhor oni, Kurhi bordur aylasam takror oni. Tiyra tunda mur agar q oʻygʻusi poy, Bordur ul ilmingga ma’lum, ey Xudoy! [KM.1,15a] Ammo Xudo yerning fikriga q oʻshilmadi, inson faqat yaxshi ishlar bilan shugʻullanib, senga shuhrat keltiradi, dedi Yerga. 11 b ىﺎﻔُﺳ ىﻮﻠُﻋ ،تﺎﻨﯾﺎﻛ ﻮﺑ نﻮﭼوا كﺎﻤﺘﯾا ﻖﻠﺧ ﻰﻧآ .تﺎﻨﻜﻤﻣ ﻊﯿﻤﺟ .سﻮھ ﺎﮔﺰﯿﺑ ﻰﻣدآ ﻖﻠﺧ ىدﺮﯾا ،ﺲﺑ ىدﺮﯾا لوا داﺮﻣ ﻦﯾﺪﻗﺎﻤﻠﯿﻗ ﻖﻠﺧ .ﻚﻠﻣ ّﻦﺟ ءﮫﻠﻤﺟ رﻻرورودرﺎﺑ ،ﻚﻤﺳ ﺎﺗ ﻦﯾد ﻰﻠﻋ شﺮﻋ ﻢﯿﻜﯿﻧ ﺮﯿھ .ﻰﻤﻟﺎﻋ ﻞھا ﻊﺑﺎﺗ ﮫﻔﯿﻠﺧ لوا ،ﻰﻣدآ ﻰﻠﯿﻔط ﻦﻣ ﺶﯿﻤﻠﯿﻗ ﻖﻠﺧ .ﺎﻨﯾ ﮫﻏﺰﯿﻣارا سﺎﻤﻟآ ﺎﻐﯿﺳ ﻢﯿﻛ ،ﺎﮕﻨﻣ مﺮﺤﻣ لوا ىﺎﻐﻟﻮﺑ ﻎﯿﻟ ﺖﻔﺻ ﻮﺑ ىﺎﻐﻟوا رادزار .مﺎﯿﭘ مﻮﮔﺮﯿﺑ ﮫﻠﯾا ﻞﯾﺮﺒﺟ ﺎﮕﻧا ﻢﯿﻛ ،ﻢﺷ ُﺢﺒﺻ ﺮھ ﺎﮕﻨﻣ .ﻦﯿﺣ ﻮﺒﺷوا ﻰﻧآ ﻖﻠﺧ مﻮﮕﺘﯾا ﻦﯾﺪﻨﺳ ،ﻦﯿﻣز ىا ﻰﻨﯿﻣدآ غاﺪﻧآ ىﺪﻤﯾا Oni xalq etmak uchun bu koinot, Ulvi-yu sufli jami’i mumkinot. Xalq qilmoqdin murod ul erdi bas, Erdi xalqi Odamiy bizga havas. Har nekim arshi ulodin to samak, Bor dururlar jumlai jinnu malak. Xalq qilmishman tufayli Odamiy, Ul xalifa, tobe’ ahli olami. Bu sifatli gʻ boʻlgʻoy ul mahram mango, Kim si gʻa olmas aromizgʻa yano. Rozdor oʻlgʻoy manga har subhu shom, 79 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son Kim anga Jibril bila bergum payom. Emdi ando gʻ Odamiyni, ey zamin, Sandin etgum hal ani ushbu hiyn. [KM.1.11b] Ruhoniylar Allohning qudratini namoyish qilish uchun shu rivoyatni qurol qilib oldilar, Sanoiy esa insonning tabiatini tushunish, inson tabiatidagi ezgulik va yovuzlik manbalarini k oʻrsatish uchun bu rivoyatdan foydalangan edi. Muallif afsonani rivojlantirib, inson zoti k oʻpaygach, nopok kishilar vujudga kelib, nomunosib ishlar bilan shu gʻullandilar, haqiqatan ham qon toʻkib, yerni bulgʻadilar, shafqatsizlik qildilar. Demak, Yer haq b oʻlib chiqdi. Agar mantiqan fikr yuritilsa, Sanoiy buning uchun Allohni ayblamasa ham, har holda rivoyatning bayoniga k oʻra badiiy va haqiqiy voqelik oʻrtasidagi ziddiyatni payqab olish mumkin. SHu tariqa xorazmlik muallifning mulohazalarida Ibn Sino bilan Forobiy falsafiy asarlarining ta’siri sezilib turibdi. U afsonaning mazmunini yakunlab, oʻz nuqtaiy nazaridan barcha illatlar va yanglishishlar inson tabiatining oʻzidan kelib chiqadi, deb ta’kidladi. Muallifning bu xulosasi mutaassib ruhoniylarning fikriga zid edi. Sanoiy Forobiy va Ibn Sinoga ergashib, barcha illatlarning ildizini ochishga intildi, komillikka pastkash nafsni jilovlash va ruhni tozalash orqali erishish mumkinligini uqtirdi. Uning fikricha, shuhrat qozonish, yaxshi nom qoldirish va ruhiy yetuklikka yetishish uchun ezgu ishlarni amalga oshirish, halollik bilan kun k oʻrish, boshqalarga ziyon-zahmat yetkazmaslik kerak. K oʻrinib turibdiki, Sanoiyning ma’naviy komil inson toʻgʻrisidagi tasavvuri qandaydir model yoki sxema emas, mavhum falsafiy tushuncha emas, u aniq-ravshan, tushunsa b oʻladigan amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ta’limot boʻlib, shaxsni takomillashtirish yoʻli bilan jamiyatni yangilashni nazarda tutadi. Darhaqiqat, ushbu asar hayot taqozosi bilan dunyoga kelganligini muallifning oʻzi ta’kidlab oʻtadi. “Kanz-ul-maorif”ning muqaddimasida jamiyat qattiq tanqid ostiga olinadi. Yovuz niyatli kishilar shu qadar k oʻpayib ketganki, deb yozadi u goʻyo qiyomat qoyim yaqinlashib qolganday: odamlar insoniylik qiyofasini y oʻqotib, bir-birlariga koʻmaklashishni xayollariga ham keltirmaydilar. Ular vahshiy hayvonlarga oʻxshab, oʻljaga yopishadilar, bir-birlarini gʻajiydilar, inson zotiga dogʻ tushiradilar. Ularning faqat qiyofasi odamga o ʻxshaydi. (“U inson emas, niqobdir”) [1,14b-15a]. Buning sababi bitta: jamiyatga razolat va kasofat asos b oʻlgan (“Adolat yoʻli unutilgan, zoʻravonlik usullari t oʻlib-toshgan”). Shu sababli, bordi-yu, hayot chamanida chechak bosh koʻtarsa, shu ondayoq vabo tegib, s oʻladi, deydi gʻazab bilan u. Sanoiy oʻzi yashab turgan jamiyatning illatlari odamlarning umriga zomin boʻlayotganidan juda tashvishga tushadi: “kattadan kichikkacha oʻz domiga olgan” illat koʻzlarni koʻr, quloqlarni kar qiladi, odamlarning his-tuy gʻularini soʻldiradi: “Odamlarning qalbi soʻngan, shu boisdan inson ruhi ularning nopok tanasini tark etadi” [1,15 a]. Bu kimsalar riyokorlik bilan oʻzlarini beozor qilib koʻrsatadilar: shafqatsiz qalblarini yashirib, bazmu jamshidlarda tabassum bilan sharob tutadilar, deb yozadi u afsus nadomat bilan. Shoir riyokorlik niqobidagi shafqatsizlik psixologiyasini ochib berishga intilayotganini k oʻrib turibmiz. Uning hajviy ruhdagi tanqidi oʻz zamonidagi jamiyatga chiqarilgan hukmdek yangraydi. Ayni vaqtda Sanoiy fosh qilish bilan birga, ezgulikni qaror toptirishga intiladi, qalbida alam bilan q oʻliga qalam oladi. Jamiyatning barcha illatlari uning fikricha ma’naviy qashshoqlikdan kelib chiqadi, ularga vijdonlilik, insoniylik udumlarini, ruh g oʻzalligi va oliyjanobligi mohiyatini tushuntirmoq kerak. Shu tariqa ezgulik va ma’rifat uru gʻlarini sochish mumkin. Bobojon Sanoiyning maslagi ana shunday. U oʻzining butun ilmiy va adabiy faoliyatini shu oliyjanob maqsadga ba gʻishladi, u naqadar soddadil boʻlmasin, odamlarni haq yoʻliga qaytarish mumkinligiga, jamiyatni yaxshi namunalar, insoniylik gʻoyalari yordamida qabohatdan tozalash mumkinligiga qalban ishonar edi. Bu oʻrinda u soʻfiylik ta’limotiga, ma’naviy goʻzal komil inson gʻoyalariga tayanar edi. Bu ta’limot feodal muhitda yashab turgan, uning asoslari chirib borishini k oʻrib turgan va mushkul ahvoldan qutulish yoʻllarini izlaydigan ijodkor shaxs uchun birdan-bir t oʻgʻri yoʻldek tuyular edi. S oʻfiylik Sanoiyga insonparvarlik gʻoyalarini, xalq savodini chiqarish talabini targʻib qilish imkonini ochar edi. Oʻsha zamon sharoitida uning fikr-mulohazalari gʻoyat ilgʻor ahamiyatga molik edi. Befarqlikni u jaholat manbai deb bilar, odamlarni harakatchanlikka, oʻzi va hayot haqida, tevarak- 80 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son atrof haqida oʻylashga chaqirar edi. Shuning oʻzi ham ijobiy hodisa edi, chunki tarix nuqtaiy nazaridan qaraganda insonparvarlikka qovushadigan va unga xizmat qiladigan harakatlar il gʻor hodisadir[4,. Xulosa qilib shuni aytish joizki, “Kanzul-maorif” Bobojon Sanoiyning original asari b oʻlib, manbashunoslik va matnshunoslik nuqtaiy nazaridan oʻrganilgan emas. Bu asar oʻzbek mumtoz adabiyotining, millatning tafakkuri va axloqiy rivojiga xizmat qilishi, insonlarda oliyjanob hissiyotlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Sanoiy oʻzining butun ilmiy va adabiy faoliyatini shu oliyjanob maqsadga bagʻishladi, u naqadar soddadil b oʻlmasin, odamlarni haq yoʻliga qaytarish mumkinligiga, jamiyatni yaxshi namunalar, insoniylik gʻoyalari yordamida qabohatdan tozalash mumkinligiga qalban ishonar edi. Bu oʻrinda u soʻfiylik ta’limotiga, ma’naviy goʻzal komil inson gʻoyalariga tayangan edi. Adabiyotlar 1. ToshDShI Sharq q oʻlyozmalari markazi, R№ 891-III. 2. ToshDShI Sharq q oʻlyozmalari markazi, Mehr va Moh.R№ 874/II; 1276; 3340/III, Haft kishvar R № 1597/II va 7426; Badoi’ al-insho R№ 891/II. 3. KM – “Kanz ul-maorif” iborasining qisqartma shakli. 15-a varaq. 4. Комилов Н. Хорезмская школа перевода. Докт.дисс., 1987, С.190-191 UDK: 341.231 GLOBALLASHUV JARAYONIDA OʻZBEKISTON MILLIY MUSTAQILLIGINI MUSTAHKAMLASHNING AYRIM JIHATLARI Tillavoldiyeva M.X. Toshkent davlat pedagogika universiteti Annotatsiya. Ushbu maqolada, globallashuv jarayonlarida Oʻzbekiston milliy mustaqilligini mustahkamlashning ayrim masalalari, мamlakatimizning mustaqilligini taminlashda ichki va tashqi gʻoyalarga qarshi kurashishning yoʻllari, vositalarini izlab topish, shuningdek, milliy mafkurani takomillashtirish, ma’naviy qadriyatlar, milliy taraqqiyotni rivojlantirish borasidagi masalalarga e’tibor qaratiladi. Kalits oʻzlar:Globallashuv, taraqqiyot, dialektika,milliy gʻoya, milliymafkura, model,mustaqillik, gʻurur, milliy. Некоторые аспекты усиления национальной независимости Узбекистана в процессе глобализации Аннотация. В статье раскрыты некоторые задачи укрепления национальной независимости Узбекистана в процессе глобализации, поиски средств борьбы с внутренними и внешними идеями для обеспечения государственный независимости а так же уделено внимание совершенствованию национальной идеологии, развитию национальных ценностей и духовного развития. Ключевые слова: глобализация, развитие, диалектика, национальная идея, национальная идеология, модель, независимость, гордость, национальность. Some aspects of enhancing national independence of Uzbekistan during globalization Abstract. The article elucidates the global problems, some issues of strengthening the independence of Uzbekistan in the globalization process, finding the ways of combating internal and external concepts in order to reinforce the independence of Uzbekistan, as well as the developing national ideology the issues of advancing spiritual values and national development. Keywords:National idea, ideology, idea, Globalization, independence, national, proud, development, nationality. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida globallashuv jarayoni, dunyodagi barcha davlatlarning ijtimoiy – siyosiy tizimidan iqtisodiy rivojlanish darajasidan etno-demografik tarkibidan konfessional xususiyatlaridan qat’iy nazar global muommolar girdobiga tortmoqda. Insoniyat hozirga 81 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan oʻta shiddatli va murakkab bir zamonda yashash bosqichiga oʻtdi. Globallashuv jarayoni nomi bilan atalayotgan bu davrda iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy aloqalar intensiv tus olmoqda. Aloqa vositalarining takomillashuvi milliy chegaralarni omonat qilib q oʻymoqda. Bunday sharoitda Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun ichki va tashqi yot gʻoyalarga qarshi kurashning yangicha yoʻllari va vositalarini izlab topish zarurati paydo b oʻlmoqda. Bu masala b oʻyicha Birinchi Prezident Islom Karimov asarlarida ilgari surilgan fikrlar nazariy va metodologik asos b oʻladi, albatta. Biroq, chet davlatlar, ayniqsa yirik davlatlar oʻz ta’sir doirasini kengaytirish uchun gʻoyaviy ta’sir koʻrsatishning turli-tuman vositalaridan foydalanmoqdalar. Ikkinchi tomondan- diniy ekstremistik kuchlar gʻoyaviy jihatdan chiniqmagan, falsafiy ongi yetarli b oʻlmagan individlar, avvalo yoshlarni yoʻldan urish niyatidan qaytmayotirlar. Bunday sharoitda mustaqillikni gʻoyaviy-falsafiy jihatdan mustahkamlash uchun tadqiqotlar oʻtkazish va aholida “ gʻoyaviy immunitet”ni mustahkamlash yoʻllari, usullari, vositalarini izlab topish zarurati paydo b oʻlmoqda. Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam b oʻlishimiz zarurligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda [1]. Shu nuqtaiy nazardan olib karaganda muommoning dolzarbligi quyidagilarda namoyon b oʻladi: birinchidan - globallashuv jarayoni tobora halqlar va millatlarning turmushiga chuqurroq kirib bormoqda. Oqibatda xalqlar va millatlar xayotiga texnika, fan va texnologiya yutuqlari bilan bir qatorda, rivojlangan mamlakatlarning axloqiy va ma’naviy qadriyatlari ham kirib kelmoqda. Buning natijasida milliy dunyoqarash va millat qadriyatlariga munosabat masalasi ham oʻzgarib bormoqda. Ana shu jarayonning oldi olinmas ekan, istiqbolda milliy taraqqiyot xavf ostida qolishi va pirovard natijada millatlar taqdiri tanazzulga yuz tutishi mumkinligidan k oʻz yumib boʻlmaydi; ikkinchidan – globallashuvning taraqqiy qilgan millatlar manfaatiga xizmat qilish, millatlarning unga qarshi turishida vaqt va imkoniyatlarni q oʻldan berib qoʻyayotganligi bilan bogʻliq. Bu jarayonda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, agar biz bu masalada xushyorlik va sezgirligimizni, qat’iy va masuliyatimizni yoqotsak. Bu oʻta muhim shuni oʻz holiga, oʻziboʻlarchilikka tashlab qoʻyadigan boʻlsak, muqaddas qadriyatlarimizga yoʻgʻrilgan va ulardan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda oʻzimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot y oʻlidan chetga chiqib qolishimiz mumkin; uchinchidan - ma’lumki, bugun 25 yil ichida jamiyatimizda tom ma’noda ma’naviy-iqtisodiy hayotning yangilanish jarayoni davom etayotganligini, Oʻzbekiston zaminida kelajagi buyuk davlat barpo qilishi uchun millat va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bu jarayon milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash bilan bo gʻliq [2]; t oʻrtinchidan - ob’ektiv tan olish kerak- bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq kishilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va xududlar bilan shunday chambarchas bo gʻlanib bormoqdakdaki, biror mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmaganligini tushunish, anglash qiyin emas. Demak, bu jarayon Oʻzbekistonga ham oʻz ta’sirini oʻtkazmasdan qolmaydi[3]; beshinchidan dunyoda chuqur oʻzgarishlar sodir boʻlayotgan bugungi kunda er yuzining turli nuqtalarida millatlararo nizolarni keltirib chiqaruvchi ziddiyatlar saqlanib qolmoqda. Ushbu ziddiyatlarni bartaraf qilish, ularning oldini olish-kishilik jamiyati tarixiy-tadrijiy rivojlanishini ta’minlashning muhim sharti b oʻlib qolmoqda. Bu amaldagi milliy siyosat modellarining mohiyati, ularning gʻoyaviy-falsafiy asoslarini ilmiy-qiyosiy oʻrganishini dolzarb qilib qoʻymoqda. Xulosa oʻrnida ta’kidlash joizki, bu dolzarb vazifani quyidagi vazifalarni amalga oshirish va hayotga tatbiq etish orqali erishish mumkin. Jumladan: -“Globallashuv” va “milliy mustaqillik” tushunchalariningma’no-mazmuni, xususiyatlari va ulargayondashishning ilmiy-nazariy jihatlariga doir fikr – mulohazalar; -milliy mafkura va globallashuv jarayonining oʻzaro ta’sirining ijtimoiy siyosiy jihatlarini oʻrganish; - Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy masalaga falsafiy yondashuv zarurati: - Oʻzbekistonda diniyomillarga dialektik munosabatni falsafiy tahlil etish; -globallashuv jarayonida milliy gʻoya va mafkurani tokomillashtirish masalalarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslash; 82 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son -Mustaqillikgacha va mustaqillik yillarida jahon hamjamiyatida Oʻzbekistonni tutgan oʻrnini tadqiq etish; - Oʻzbekistonning insonparvarlik tamoyillari va uning globallashuv jarayonlarga ijobiy ta’sirini oʻrganish; -milliy mustaqillikni mustahkamlashda falsafaga fan sifatida yondashish muammosi. -milliy gʻoya va mafkurani Oʻzbekiston milliy mustaqilligini mustahkamlashning tutgan oʻrnini k oʻrsatish; - Oʻzbekistonda ma’naviyatni dunyoviylik va diniylik asoslarda rivojlantirishning umuminsoniy mohiyatini yoritishga oid konseptual qarashlar, ilmiy –nazariy xulosalar ishlab chiqishdir [4]. Adabiyotlar 1. Karimov. Ibroxim. Noosfera – Geosiyosat va mafkura -T.:,”Fan” nashriyoti 2007. B.32. 2. Otamurodov. S. Oʻzbekistonda ma’naviy-ruhiy tiklanish. Yangi asr avlodi 2003. B. 28. 3. Mamashokirov. S . Xalkaro ijtimoiy siyosiy munosabatlar globallashuvi va barqaror ekologik taraqqiyot muommolari. –T.. 2014. B. 55. 4. Hozirgi zamon falsafasi: holati va taraqqiyotining istiqbollari. -T.: 2014. TDPU- nashr. B. 57. UDK: 316.37 YOSHLAR SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHNING MA’NAVIY ASOSLARI Xolmaxmatov A.X. Oʻzbekiston Milliy universiteti manzil:great-king@inbox.ru Annotatsiya:Mazkur maqolada mamlakatimizda istiqlol davrida shakllangan yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishda ma’naviy omillarning oʻrni va ahamiyati bilan bogʻliq masalalar haqida qisqa fikr yuritilgan. Unda mustaqillik yillarida bu sohada oʻzgarishlarning mazmun- mohiyati tizimli ravishda k oʻrib chiqilgan hamda ularning natijalari xususida muayyan xulosalar chiqarilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarga oid davlat siyosatining ma’naviy omillari samarasini oshirishga qaratilgan ishlarning ahamiyati k oʻrsatib berilgan. Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling