Navoi davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Download 356.55 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi356.55 Kb.
#1334648
1   2   3   4
Bog'liq
Фототранзистор

FOTOTRANZISTOR (foto va tranzistor) — yorugʻlikni sezuvchi va bunda sodir boʻladigan elektr tok kuchini kuchaytiruvchi yarim oʻtkazgichli asbob. F. germaniy yoki kremniyli monokristall yarim oʻtkazgichli plastinadan iborat; unda tranzistorpiknta oʻxshash 3 soha — emitter, kollektor va baza bor. F. bazasida chiqarilgan uchligi boʻlmasligi bilan tranzistordan farq qiladi.Fototranzistor tashqi zanjirga bipolyar (bir qutbli) tranzistorga oʻxshash ulanadi. Yorugʻlik bazaga tushganda, unda juft zaryad tashuvchilar (elektron va kovak) hosil boʻlib, kollektorli oʻtishda elektr maydon yordamida boʻlinadi. Natijada baza sohasida asosiy tashuvchilar toʻplanadi, bu esa emitterli oʻtishdagi potensial toʻsiqni kamaytirishga va Fototranzistordan oʻtayotgan tokning ortishiga olib keladi.
Fototranzistor nazorat va avtomatik tizimlarida yoritilganlik datchiklari sifatida, kinoqurilmalarda tovushni qayta eshittirish va b. da ishlatiladi. Fototriodlar (fototranzistorlar) nurlanish energiyasi ta’sirida fototokni kuchaytirish xususiyatiga ega. Uni fotodioddan afzalligi shundaki, uni ishini yorug‘lik oqimi bilangina emas balki, bir vaqtda elektr signali orqali ham boshqarish mumkin. Fototranzistorlarda p-n o‘tish – kolektor – baza fotodiodni anglatadi. Fototranzistorni tuzilishi va ulanish sxemasi
2-rasmda keltirilgan.





2-rasm. Fototranzistorning ulanish sxemasi va tuzilishi. a) tuzilishi, b) ulanish sxemasi, v) shartli belgilanishi
Yorug‘lik ta’siri asosida elektron va teshiklar xosil bo‘ladi. Teshiklar asosning noasosiy tashuvchilari bo‘ladi va manbaaning elektr maydoni ta’sirida kollektorli o‘tishdan o‘tib, foton If ni xosil qiladi.
Elektronlar esa potensialli to‘siq kuchlanishini kamaytirib, teshiklarga emitterdan asosga o‘tish imkoniyatini yengillashtiradi. Bu esa fototokni kupaytiradi. Fototranzistorlar fototelegrafda, fototelefonda va xisoblash texnikasida keng qo‘llaniladi.



3-rasm. Fototranzistorni manbaaga ulanishi.

Yorug‘lik okimini nurlanishini qayd qilish hisobiga foto tokni kuchaytirib beruvchi tranzistorlarga fototranzistorlar deb yuritiladi. Bipolyar fototranzistor bu oddiy tranzistor bo‘lib, uni korpusidan bazaga yorug‘lik oqimi o‘tadigan tiniq oyna qo‘yilgan. p-n-p turdagi bipolyar fototranzistorni ulanish sxemasi 3-rasmda ko‘rsatilgan.


Fototranzistorni bazasida yutilgan yorug‘lik kvanti unda bir juft zaryad tashuvchilar elektron va teshikni generatsiyalaydi. U kollektorni o‘tish tomoniga diffuziyalanib fotodioddagi kabi ikkitaga ajratiladi. Teshiklar kollektorni o‘tish maydoni ta’sirida bazadan kollektor tomon harakatlanib kollektor tokini ortiradi. Elektronlar bazada qolib emitter o‘tishining kuchlanishini ko‘taradi. Natijada bu teshiklarning injeksiya bo‘lishini kuchaytiradi. Bu kollektor tokini qo‘shimcha kuchayishiga olib keladi. Yuqoridagi hodisalar n-p-n tranzistorda ham sodir bo‘ladi.

a) b)



Download 356.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling