Навоий давлат кончилик институти ва тошкент давлат техника университети илмий даражалар берувчи


Download 0.66 Mb.
bet22/28
Sana04.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1745450
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
Mexanika Amaliy mashg`ulot (Uslubiy qo`llanma)

Nazariy ma’lumot


Dumalash podshipniklarida sirpanib sirpanib ishqalanish o’rniga dumalab ishqalanishning mavjudligi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni keskin ravishda kamaytirishga imkon beradi, ya’ni bu podshipniklarning foydali ish koeffisienti yuqori bo’ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vallarning tayanchlari sifatida, asosan, dumalash podshipniklari ishlatiladi. Dumalash podshipniklarining tuzilishi ularni standartlashtirilgan maxsulot sifatida ko’plab ishlab chiqarishga imkon beradi. Bu esa maxsulotning tannarxini kamaytiradi. Bulardan tashqari, dumalash podshipniklarida yana quyidagi afzalliklar ham bor:

  1. ishqalanish kuchi va undan hosil bo’ladigan issiqlik miqdori kichik; vallarning aylana boshlashi uchun zarur bo’lgan qo’zgatish

momenti sirpanish podshipniklaridagiga qaraganda bir necha marta
(5-10 marta) kichik;

  1. sarflanadigan moy miqdori kam;

  2. uzunlik bo’yicha o’lchami sirpanish podshipniklarinikiga qaraganda birmuncha qisqa;

  3. rangli metall ishshlatishni talab etmaydi.

Dumalash podshipniklarining asosiy kamchiligi shuki, ularning dinamikaviy kuchlar ta’siriga bardosh berish xususiyati past, nagruzka qabul qiladigan yuzasining kichikligi tufayli bo’yu zada katta qiymatli kontakt kuchlanish hosil bo’ladi. Bu esa podshipnikning ishlash davrini qisqartiradi.
Ittifoqimizda podshipnik sanoati yuksak darajada rivojlangan bo’lib, hozirgi vaqtda 1000 xildan ortiq dumalash podshipniklari ishlab chiqariladi va bundagi prosesslar avtomatlashtirilgan.
Ishlab chiqarilayotgan podshipniklarning sirtqi diametri 1 mm dan to 2,6 m gacha, og’irligi esa 0,5 gram dan 3,5 t gacha yetadi. Bu podshipniklar, dumalaydigan detallarining tuzilishiga qarab, sharikli va rolikli shakliga qarab, uzun va qisqa rolikli; konussimon rolikli; bochkasimon rolikli; ignasimon rolikli podshipniklarga bo’linadi. Bundan tashqari, dumalash podshipniklarining har bir turi qabul qila oladigan kuchlarning yo’nalishiga qarab, quyidagi uch turga bo’linadi (8.1 – rasm):

1-sharikli; 2-sharikli sferik; 3-sharikli radial tirak; 4-rolikli radial; 5-rolikli radial tirak; 6-rolikli sferik; 7-ignali radial; 8-sharikli tirak.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling