Asosiy nazariy qism (ma‘ruza mashg‘ulotlari) (46 soat)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-modul. Rudalarni boyitish texnologiyasi haqida umumiy tushuncha (2 soat)
1-mavzu. Kirish. Xalq xo‘jaligida foydali qazilmalarni o‘rni
Boyitish usullari haqida tushuncha. Boyitish jarayonining maqsadi. Mineral zarralarning xarakteristikasi. Ajralish muhitining xarakteristikasi. Fraksion tahlil. Jismning muhitda erkin tushishi. Mineral zarralarning teng tushuvchanligi. Minerallarning fizik xususiyatlari.
2-modul. Rangli metal rudalarini boyitish texnologiyalari (24 soat)
2-mavzu. Sulfidli mis rudalarini boyitish texnologiyasi
Mis va mis-pirit rudalarini boyitishning texnologik ko‘rsatkichlari, sxemalari. Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining tasnifi. Boyitishning suv sarfi sxemasi. Boyitishning texnologik sxemasi. Sifat – miqdor sxemalari. Uskunalar zanjir sxemasi.
3-mavzu. Oksidli mis rudalarini boyitish texnologiyasi
Oksili mis rudalarini boyitishning texnologik ko‘rsatkichlari, sxemalari. Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining tasnifi. Boyitishning suv sarfi sxemasi. Boyitishning texnologik sxemasi. Sifat – miqdor sxemalari. Uskunalar zanjir sxemasi.
4-mavzu. Sulfidli rux tarkibli rudalarni boyitish texnologiyasi
Ruxning sulfidli minerallarning flotatsiyalanish xususiyatlari haqida umumiy ma’lumotlar, flotatsialanish xususiyatiga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillar. Boyitishning texnologik sxemalariva qo‘llaniladigan dastgohlar.
5-mavzu. Qo‘rg‘oshin tarkibli rudalarni boyitish texnologiyasi
Qo‘rg‘oshin rudalarini boyitish texnologik ko‘rsatkichlari, sxemalari. Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining tasnifi. Boyitishning texnologik sxemalari va qo‘llaniladigan dastgohlar. Boyitishga ta’sir qiluvchi omillar va boyitish mahsulotlariga qo‘yiladigan talablar.
6-mavzu. Molibden tarkibli rudalarni boyitish texnologiyasi
Molibden rudalarini tasniflanishi, ularni boyitish texnologik ko‘rsatkichlari, sxemalari. Boyitish jarayonlari va mahsulotlarining tasnifi. Boyitish jarayonida qo‘llaniladigan reagentlar va ularning sarfi. Boyitishning suv sarfi sxemasi. Boyitishning texnologik sxemasi. Sifat – miqdor sxemalari. Uskunalar zanjir sxemasi. Boyitma, oraliq mahsulot va chiqindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |