Навоий кон-металлургия комбинати
Ishni boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
Download 82.5 Kb.
|
KL-Инструкция 13-7 по ОТ для монтера путей
2.Ishni boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
2.1.Yo’l montyori ishni boshlashdan olin ishlarni olib borishga rahbardan topshiriq olishga va xavfsizlik texnikasi va ishlarni olib borishning xavfsizlik amallari bo’yicha instruktaj olishga majbur. 2.2.Maxsus kiyim, maxsus poyafzalni, yakka tartibdagi himoya vositalarini kiyishi lozim. 2.3.Yo’llarda ishlarni olib borish uchun kerakli asbob va moslamalarni olishi va tekshirishi lozim. 2.4.Elektrlashtirilgan asbobni qabul qilib olishda uning to’g’ri erlanganligi va korpus (qism)ga tutashish yo’qligiga ishonch hosil qilish lozim. 2.5.Ish joyiga va ishdan chiqish joyiga o’tishga faqat yo’l chekkasidagi yo’l tasmasi yoki yo’ldan chetroqda ishlar rahbari yoki maxsus ajratilgan xodim kuzatuvi ostida ruxsat etiladi.Stanstiya hududi bo’yicha o’tish marshrutlari oldindan o’rnatiladi va har bir xodimga xabar beriladi. 2.6.Yo’ldan yoki yo’l chekkasidan ishga o’tib bo’lmasa yo’l bo’yicha o’tishga faqat ehtiyotkorlik choralarini qo’llab ruxsat etiladi, poezd yaqinlashayotganda ishchilar rels izlari orasidan chetga oldindan olib boriladi. Rahbar o’ta ehtiyotkor bo’lishga ogohlantiradi va ular bittadan, bir-birini orqasidan yoki ikki kishidan bir qatorda, orqada qolmasdan yurishini kuzatadi. Bunda ishlar rahbari signal bilan (yoyilgan qizil bayroq, kechqurun esa qizil rangdagi fonar) guruh orqasida turadi; guruh oldida maxsus ajratilgan va instruktajdan o’tgan yo’l montyori to’xtash signali bilan borishi kerak. 2.7.Yomon ko’rinish sharoitlarida (tik, egri, chuqur qazilgan joy, o’rmonzor yoki qurilishi ko’p bo’lgan joy), hamda sutkaning qorong’i vaqtida, tuman, bo’ron bo’lganda ishlar rahbari qo’shimcha ikkita signalchini ajratadi, ular guruh oldida va orqasida ko’rish aloqasi masofasida, faqat yaqinlashayotgan ketayotgan guruhdan 500 metrdan kam bo’lmagan masofada joylashgan poezd ularga ko’rinishi kerak va ular o’z vaqtida ishchilarni poezd yaqinlashayotgani to’g’risida xabardor qiladi. Signalchilarning yoyilgan qizil bayrog’i bo’lishi (kechqurun qizil rangli fonar) va ishchilarni ular yo’ldan o’tgunicha to’sib turishi lozim. 2.8.Yo’l ishlari boshlanishidan oldin ishlar to’silgan bo’lishi lozim. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling