Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
13.5 Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish
Qarorlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi ishning mantiqi rahbarlik darajasiga, vazifalarning xarakteriga va qaror qabul qilinayotgan sharoitga bog'liq holda bir-biridan ancha farq qiladi. Shu bilan birga konkret yondashuvlarning juda xilma-xilligidan rahbar harakatlarining umumiy belgilarini va izchilligini alohida qilib ko'rsatish mumkin: Konkret ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish asosida muammoni aniqlash; ushbu muammoni hal etish uchun maqsadlarni, shuningdek uni hal etish muddatlari, vositalari va yo'llarini belgilash; ehtimoli tug'ilgan muqobillarni ishlab chiqish; mezonlar (kapital mablag'larni tejash, muddatlarni qisqartirish va boshqalar)ni aniqlash va eng qulay variantni tanlash; qarorni qabul qilish; uning bajarilishini tashkil qilish. Ravshanki, bunday sxemani taxminiy deb bilmoq lozim. U vaziyatning xususiyatlariga va hal qilinayotgan holatning ko'rinishiga qarab o'zgarishi mumkin. Shuningdek, aniq, tahliliy va noaniq vaziyatlar bo'lgan sharoitlarda matritsa tizimli reja asosida qarorlar qabul qilinadi, unda boshqarish qarorini turli tizimi mavjud bo'lib, qiyin muammolarga tegishli bo'lgan murakkablashayotgan tavakkalchilik sharoitlarida rahbarga chiziqli boshqarish bo'yicha ma'lum qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Qarorlar bajarilishini tashkil qilish — bajarish sikli yakunlovchi rahbarning o'ziga xos faoliyatidir. Bu o'rinda rahbar o'z ishini emas, boshqa odamlar mehnatini tashkil etayotganligini hisobga olishi kerak. Tashkiliy boshqarish qarorlari buyruq tarzida yoki farmoyish bilan rasmiylashtirilgandan so'ng qonun tusiga kiradi. Menejerning bosh vazifasi bunday qarorni sozlash va nazorat qilishning bajarilishini ta'minlashdan iboratdir. Shunday qilib, qarorlar bajarilishini ta'minlashni nazoratsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Qarorlar bajarilishini nazorat qilish boshqarish siklining eng so'nggi qismidir. U qayta aloqalar shaklida bo'lib uning vositasida tashkilot maqsadiga erishish uchun qarorlarni bajarilishi haqida axborot olishi mumkin. 238 Nazoratning bosh vazifasi qarorlarni realizatsiyasining berilgan dasturlardan mumkin bo'lgan chetlashishni o'z vaqtida sezish va uni bartaraf etish uchun choralar belgilashdir. Nazoratning quyidagi funksiyalari mavjud: — diagnostik funksiya; — qayta aloqalar funksiyasi; — nazoratni mo'ljalli funksiyasi; — rag'batlantiruvchi funksiya; — sozlovchi funksiya; — pedagogik funksiya. Shunday qilib nazorat obyektiv zaruratdir, chunki eng optimal rejalar ham o'z ijrochilariga yetib bormasa, ularni bajarish haqida obyektiv va doimiy nazorat bo'lmasa ular amalga oshmay qolishi mumkin. Rahbarning tahlili ko'pincha global xarakterga ega bo'lib, texnologiya, xo'jalik hisobi, o'zini-o'zi mablag' bilan ta'minlash va ijtimoiy jarayonlarni to'liq kompleks holda o'zaro aloqadorligi va bir-birini taqozo etishini qamrab olish va tushunish zaruriyatini ifodalaydi. Rahbar tahliliy faoliyatining bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida kuchayib ketgan yana bir alohida belgisi — korxona yoki boshqa obyekt ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatining samaradorligiga to'g'ri baho berish zarurligidir. Samaradorlik — olingan natijalar bilan ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatidir. Iqtisodiy tahlilda, firmaning balans tizimi keltirilib, undagi aktivlar va kapitallar konkret raqamlarda ifodalangandan so'ng, korxona oladigan foydasi aniqlanadi, chunki bozor islohotlari sharoitida zarar bilan ishlash firmani bankrot bo'lishiga olib keladi. Zararsiz ishlash tahlili firma oladigan foyda va xarajatlar tahlili orqali olinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling