Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
13.2. Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar
Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori menejmentning bosh omili hisoblanadi, qaysiki unda korxona, tarmoq taraqqiyotining butun iqtisodiy va ijtimiy muammolari kesishadigan va bir joyda to’planadi. Boshqaruv qarorlarining 230 samarasiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: – Rahbariyatning yoki guruhning shaxsiy xislatlari; – Qarorni ishlab chiqishdagi sharoitning axborot ta’minoti; – Тashkiliy omillar (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga yetkazish shakli, nazorat tizimi va h.k.); – Тexnik omillar (EHM texnik vositalaridan foydalanish va h.k.); – Qarorni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik omillar. Bundan kelib chiqqan holda, boshqaruv qarorlariga asosiy talablar quyidagilardir: 1. Qarorning ilmiy asoslanganligi. Qarorlarni muayyan ishlab chiqarish sharoitini tahlil qilishdan kelib chiqib, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hozirgi zamon fan yutuqlari asosida qabul qilinishi kerak. 2. Qarorlarning birligi. Odatda asosiy masalalarni hal qilish bilan birga kichik masalalarni ham yechishga to'g'ri keladi. 3. Qarorlarni adolatliligi — haqqoniyligi. Qarorlar faqat rahbarlarga berilgan huquq darajasidagina qabul qilinishi mumkin. 4. Qarorning to'g'ri yo'naltirilganligi. Har qaysi qaror o'z ijrochilariga tushunarli va kimga mo'ljallanganligi aniq bo'lishi kerak. 5. Qarorlarning qisqaligi. Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa aniq qarorlar qabul qilinadi. 6. Qarorlarning vaqt bo'yicha aniqligi. Rahbar o'z qo'li ostidagilarga topshiriqlarning bajarish muddatini aniq ko'rsatmasdan berishi mumkin emas. 7. Qarorlarning operativligi. Bunday qarorlar bir daqiqada, ya'ni ishlab chiqarish holati talab qilganda qabul qilinishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling