Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak.
- “KORPORAТIV MADANIYAТ YOKI SAMARADORLIK” O’QUV KEYSI
Rahbar madaniyati = Odob + Iymon + Insof + Adolat + Iqtidor Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak. U egallab turgan lavozimidan mahrum bo‘lmasligi uchun quyidagi o‘nta qoidaga rioya qilmogi lozim: 1. Iloji boricha qulog’ingizgacha ishga ko‘miling. 2. Kompyuterni o‘rganing. 3. Chet tilini o‘rganing. 4. O‘z arxivingizni tashkil kiling. Zarur tashkilotlar va kishilar manzillari, telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak bo‘lib qoladi. 5. Har doim “ha” deng. Hamma narsani bajarishga urining. 6. Chiroyli imo-ishora qilishni biling. Korxona inkqrozga uchragan vaqtda xam uni bunday xolatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizni bildiring. 7. Malakangizni mutassil oshirib boring. 8. Kishilar bilan bo‘ladigan muomalada xushfe'l va iltifotli bo‘ling. 9. Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. Bu nur ustiga a'lo nur bo‘ladi. 10. Ish vaqti faqat qat'iy, masalan: 8.00 dan 17.00 gacha, bo‘lmasin. Agar Siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan so‘ng ish joyida bo‘lsangiz, bilingki bu ham e'tiborsiz qolmaydi. 226 “KORPORAТIV MADANIYAТ YOKI SAMARADORLIK” O’QUV KEYSI P.Anvarov, kompyuterlar savdo qiladigan kompaniyaning marketing bo’limida rahbar bo’lib ishlaydi. Bozor to’lgan, raqobat keskinlashgan, savdo hajmi pasaygan... Uning savdo vakillari komandasida, asosan oilasiz 25-30 yoshdagi insonlar band. Mijozlarni ushlash va yangi mijozlarni jalb etish uchun ular davomli va ko’p, hattoki dam olish kunlari ham ishlar edilar. Bir necha muddat avval 35 yoshli Anvarov o’z bo’limiga 37 yoshli, 6 yoshli bolasini bir o’zi tarbiyalaydigan, kompyuter texnikasi va marketing bo’yicha tajribali mutaxassisni, Laylo Umarovani ishga olgan edi. Yetarlicha unumli ishlayotgan Umarova haftasiga 40 soatdan ko’p ishlashi va dam olish kunlardan voz kechish ilojisi yo’q edi. Qolganlar esa (bolasi yo’qlar) unga qaraganda ko’proq ishlashar, Umarovadan esa uncha mamnun emasdilar. Oxir-oqibatda shunday bo’ldiki, Umarova ish borasida hammadan orqada qoldi, faoliyat ko’rsatkichlari pasayib ketdi. Shunda guruh menejeri 29 yoshli Iroda Salimova rahbar Anvarovdan Umarovani ishdan bo’shatishini talab etadi... Anvarov kanday yul tutish kerak? Albatta, bo’lim yetarli darajada ishlamayotgan xodimlarni ushlab turishni o’ziga ep ko’rmaydi. Lekin Anvarov shunga aminki, Umarova yaxshi mutaxassis va yaxshi munosabatga loyiq. Ikki bolaning otasi sifatida uni yaxshi tushunadi... Bundan tashqari, yuqori rahbariyat tomonidan xodimlarga oila qadriyatlari haqida ko’p gapirilgan. Bu talablar quruq gap bo’lib kolaveradimi? Тopshiriq: 1. Vujudga kelgan nizo xarakterini aniqlang va vaziyatni tahlil qiling. 2. Ushbu muammoni yechish uchun qanday takliflar berar edingiz? 3. Rahbar Anvarov o’rnida bo’lganingizda qanday qaror qabul qilgan bo’lardingiz? Javoblaringizni asoslang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling