Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
3 - m a v z u . B o s h q a r u v q a r o r i n i q a b u l q i l i s h v a
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy ma’lumotlar 13.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi
1 3 - m a v z u . B o s h q a r u v q a r o r i n i q a b u l q i l i s h v a
t a k o m i l l a s h t i r i s h y o ’ l l a r i Mavzuning maqsadi: Тalabalarda boshqaruv usullari va boshqaruv qarorlarini asosiy tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. Asosiy ma’lumotlar 13.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi Boshqaruv faoliyatining samaradorligi ko’pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog’liq korxonadagi butun savol va muammolar zanjiri ularning aniq yechimi va boshqaruvchiga yuklangan, ishlab chiqarish, texnik, ijtimiy, iqtisodiy, marketing va huquqiy vazifalar qarorlarni to’g’ri qabul qilish va o’z vaqtida bajarilishiga bog’liq. Yechilayotgan muammolarning hammasi xar-qanday boshqaruvchi tomonidan hisobga olinadi va bu narsa uning boshqaruv uslubida hamda butun boshqaruv jarayonida aks etadi. Iqtisodiyotni boshqarishdagi yechimlarning mohiyati ko’pgina ob’ektiv omillarga bog’liq. Ulardan eng asosiysi - ishlab chiqarish vositalariga turli mulkchilik; ishlab chiqarish va mehnatni chuqur taqsimlanishi va ixtisoslashuviga; mehnat va material texnik resurslarni boshqarish; sohalararo, ishlab chiqarishlararo aloqalarni kengayishi; Qo’shma korxona tuzish; marketingni amalda qo’llash; korxona va sohalarni tashqi iqtisodiy aloqalarga chiqish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi tavakkalchiliklar. Boshqaruv qarori – bu keng ma’noda jamiyatdagi moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning real qondirilishi bilan xalq xo’jaligi imkoniyatlarining bir nuqtada kesishuvidir. Хalq xo’jaligidagi bu muammoning yechimi mavjud qonunlar, farmonlarning bizga bog’liq bo’lmagan qonuniyatlarning bizga bog’liq bo’lmagan qonuniyatlarning bir-biriga muvofiq kelishishidir. Boshqaruv qarori - shuningdek korxona oldida turgan maqsadlar va missiyasini amalga oshirish demakdir. Aynan shu jarayonda yuzlab, minglab insonlar o’z ehtiyojlarini qondiradi, mavqega ega 228 bo’ladi, xar tomonlama o’sadi va umuman jamiyat o’sadi. Qarorlarni ishlab chiqarish va amalda qo’llash rahbarning keyingi faoliyatidagi siljishlariga bog’liq. Bitta muammo bo’yicha bir necha qarorlar ishlab chiqiladi va ulardan bittasi amalda qo’llaniladi. Bu qarorlar tasnifi muhim nazariy va hayotiy ahamiyatga ega. Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuqtai nazaridan qarorlar quyidagi turlarga bo’linadi: strategik va tezkor. Strategik qaror - bu korxonaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan maqsad va missiyalarning shakllanishi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni sillik o’tishini ta’minlaydi. Strategik qarorlar korxona, hudud, soha darajasida qarorlar jamiyatdagi yangi manbaalar hisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishga yordam beradi. Тezkor qarorlar - bu mohiyati bo’yicha xo’jalik boshqaruv qarorlaridir. Ular boshqariladigan ob’ektni uzluksiz ishlash jarayonini qo’llab-quvvatlashi uchun joriy shaxsiy muammolar bo’yicha qabul qilinadi. Ya’ni, uning murakkab mexanizmini tuzilma va o’zaro aloqalarni o’zgartirmasdan ushlab turishdir. Bu qarorlarni rahbar maxsus tayyorgarliksiz yetarlicha tez qabul qiladi. Bunday qarorlarga xodimlarni ishga olish va bushatish, ularning ish haqlarini o’zgarishi, korxonani kishga tayyorlash haqidagi va shu kabi hujjatlarni kiritish mumkin. Harakat doirasi bo’yicha boshqaruv qarorlarini iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, texnik va texnologik qarorlarga bo’lish mumkin. Shuningdek, boshqaruv qarorlari boshqaruv darajasi bo’yicha xam quyidagi bosqichda bo’linadi: usta, uchastka boshligi, sex boshligi, ishlab chiqarish boshligi, korxona va birlashma rahbari, vazir... Qarorlar ta’sir qilish yo’nalishi bo’yicha tashqi va ichki bo’ladi. Тashqi qarorlar boshqa darajaga qaratiladi, ichki qarorlar esa alohida bo’limlar yoki qaratiladi, ichki qarorlar esa alohida bo’limlar yoki korxonani qamrab oladi. Boshqaruv qarorlari funksional mazmuni bo’yicha iqtisodiy, tashkiliy, koordinatsion, rag’batlantiruvchi, boshqaruvchi va nazorat qarorlarga bo’linadi. 229 Qayta ishlashni tashkillashtirish bo’yicha shaxsiy, xamkasbiy va malakaviylarga bo’linadi. Shaxsiy qarorlar rahbarning jamoadagi kelishuvisiz va muhokamasiz yoki alohida shaxslar tomonidan ishlab chiqariladi. Kupincha bular korxona taraqqiyoti yo’lidagi tamoyilial muammolarga dahli bo’lmagan tezkor qarorlardir. Hamkasb karolari asosan moddiy tayyorgarlik talab qiladigan, bir guruh mutaxassislar va rahbarlar tomonidan ishlab chiqariladigan va qabul qilinadigan qarorlardir. Ular xar tomonlama mazmunga egadirlar. Jamoa qarorlari mansab yoki xodimlardan qat’iy nazar bugun ishtirokchilar tomonidan umumiy majlisda ishlab chiqariladi. Bunday qarorlar ishlab chiqarishning baholi savollarini ko’rib chiqishda qabul qilinadi. Mehnat turi bo’yicha qarorlar standart va nostandart qarorlarga bo’linadi. Standart, ba’zan dasturiy qarorlar - bu qarorlarning o’zini ishlab chiqish va uni qabul qilish jarayonidagi qarorlardir. Dasturlash va uni qabul qilish jarayonidagi qarorlardir. Dasturlash mumkin bo’lgan qarorlar orasida shunday standart bosqichga yetdiki, ularni matematik model shaklida tasvirlash mumkin, ya’ni EHMning texnik ishiga ahamiyatli qismni kiritish imkoniyati tug’iladi. Nostandart qarorlar - bu eng murakkab, asosiy qarorlar, ham qilinadigan muammoga ijodiy yondashish uchun kengligi bilan ajralib turadi. Ijodiy qarorlar har doim jadallik va yangilikda namoyon bo’ladi. Biroq nostandartlikning xarakterini diqqat bilan tahlil qilish zarur. Chuqur, keng tahlilda bu hollarni unchalik va yangi emasligini ko’rish mumkin, agarda uni bir qator alohida muammolarga bo’lib chiqsa. Shu tariqa boshqaruv qarorlari inson faoliyatining har qanday doirasida tashkiliy boshlanishi bo’lib hisoblanadi. Uning asosida qonunlar tasdiqlanadi.yu material-texnik, moliyaviy va mehnat resurslari ishlatishni rejalashtirish, ijrochilar va rahbarlar ma’sliyati oshiriladi va maqsadga yetishish yo’lida ularning o’rni belgilanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling