Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat
Download 115.05 Kb.
|
4-мавзу . Л Ислом қадриятлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch sо‘zlar: Islom, oila, nikoh, islom qadriyatlari, tasavvuf, komil inson, ilm fan, madaniyat, san’at, adabiyot
Islom qadriyatlari Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat. Islomda axloqiy qadriyatlar. Tasavvufda komil inson axloqi Islomda fan va ta’lim, madaniyat va san’atga munosabat. Tayanch sо‘zlar: Islom, oila, nikoh, islom qadriyatlari, tasavvuf, komil inson, ilm fan, madaniyat, san’at, adabiyot Adabiyotlar Аъзамжон Рахманов.,Абдумухтор Рахманов. Ислом ҳуқуқи. Олий ўқуқ юртлари учун дарслик. –Т.: ТДЮИ. 2007. Б. 496. Комилов Н. Тасаввуф. – Тошкент, “Мовароуннаҳр” –“Ўзбекистон”, 2009. Имом Исмоил Ал-Бухорий. Ал-Адаб Ал-Муфрад. (Адаб дурдоналари). –Тошкент: “Ўзбекистон”, 1990. Ислом (энциклопедия). Зухриддин Хуснидинов таҳрири остида. Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2004. Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. Таржима ва тафсир муаллифи: Шайҳ Абдулазиз Мансур. – Тошкент: Тошкент ислом университети нашриёт матбаа-бирлашмаси, 2007. – 617 б. Islom huquqining asosiy manbai Qur’oni karim va xadislar sanaladi. Islom tarixida Qur’oni karim yozilganidan sо‘ng, hadislar jamlandi, sо‘ngra islom fiqhi, islom huquqshunosligi rivojlandi. Musulmon huquqshunosligi rivojlandi. Eng avvalo, asrlar davomida umummilliy qadriyat darajasiga kо‘tarilgan diniy bayramlar – Ramazon va Qurbon hayitlarining О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (№ 193, 11.04.1991 y.; № 221, 20.06.1991 y.) bilan dam olish kuni deb e’lon qilingani va ular ommaviy ravishda, emin-erkin nishonlana boshlanganini ta’kidlash zarur. Din sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan ulamolarning merosini о‘rganish, ajdodlarimiz tomonidan kо‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgani nihoyatda muhim vazifa bо‘lib qoldi. Ijtimoiy hayotni isloh qilish va yangilash jarayonida ma’naviy qadriyatlarning qudratli qatlamlari ham ochildi. Bunda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid qator Farmon, Qaror va Farmoyishlari qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahror Valiy kabi mutafakkirlarimizning yubileylari о‘tkazildi. Ulkan va boy madaniyatimizning uzviy qismi bо‘lmish islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi masalalarini chuqur о‘rganish ilmiy tadqiqotlarda markaziy о‘rin egallay boshladi. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, musulmon olamida «muhaddislar sultoni» deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomiz merosining gultoji bо‘lmish eng ishonchli hadislar tо‘plami — «Al-jome’ as-sahih» kitobining 4-jildda, Sharq olamida «Burhoniddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor bо‘lgan Burhoniddin Marg‘inoniyning mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgan «al-Hidoya», Imom Termiziyning «Sunan at-Termiziy», Abu Lays Samarqandiyning «Tanbehul-g‘ofilin» asarlari nashr etilganini ham ana shunday ijobiy natijalar sirasiga qо‘shish mumkin. Ayni paytda, eski masjid, maqbara va ziyoratgohlar ta’mirlanib, yangilari bunyod etildi, diniy bilim yurtlari tarmog‘i kengaytirilib, sifat va saviyasi takomillashtirilganini ham alohida qayd etish zarur. Download 115.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling