Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat


Download 115.05 Kb.
bet2/9
Sana13.04.2023
Hajmi115.05 Kb.
#1350596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу . Л Ислом қадриятлари

Hanafiylik – mо‘tadil mazhab. Imom Abu Hanifa asos solgan Hanafiy mazhabi Kufa shahri (Iroq)da yuzaga kelib, Movarounnahrning eng yirik shaharlari bо‘lmish Samarqand va Buxoroda о‘z taraqqiyotining eng yuqori chо‘qqisiga erishdi. Oz muddat ichida u islom dunyosining kо‘p mamlakatlariga tarqaldi. Musulmonlarning katta qismini о‘ziga jalb etib, ahli sunna val jamoaning eng katta va keng yoyilgan mazhabiga aylandi. Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,5 milliard musulmon aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bо‘yicha quyidagi nisbatda bо‘linadilar: hanafiylar­47%, shofiiylar­27%, molikiylar­17%, hanbaliylar­7,5%.
Ikkinchi hijriy asr о‘rtalariga kelib о‘z huquqiy maktabi (hanafiy mazhabi)ga asos solgan Abu Hanifa asosan Qur’on va sunnaga asoslanib hukm chiqargan va hech qachon shu ikki asosiy manbaga tayanmasdan, о‘zining shaxsiy fikriga asoslanib fatvo bermagan. U qiyoslash usulini Qur’on va hadislarda kо‘rsatilgan umumiy qoidalar va Qur’on ruhiga muvofiq rivojlantirdi va fiqh ilmini takomillashtirish uchun ijodiy foydalanish yо‘llarini ochib berdi.
Uning о‘zi bu haqda shunday degan: «Birinchidan, Qur’onga murojaat qilaman. Kerakli hukmni undan topolmasam, Payg‘ambar sunnasiga va ul zotdan ishonarli roviylar orqali rivoyat qilingan sahih asarlarga (hadislarga) murojaat etaman. Ulardan ham topolmasam, sahobalar sо‘zlarini kо‘rib chiqib istaganimni olaman, istamaganimni tark etaman. Sо‘ngra sahobalar sо‘zlaridan boshqalarning sо‘zlariga о‘taman. Ibrohim Naxa’iy, Sha’biy, Hasan Basriy va Ibn Siyrin kabi mujtahidlarga kelganda, men ham ular kabi ijtihod qilaman».
Sahl ibn Muzohim: «Abu Hanifa har doim eng ishonchli rivoyatlarga tayangan, odamlarning о‘zaro munosabatlarini tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yishga uringan. U qiyosga asoslanib ish olib borardi. Qiyos noqulay bо‘lganda istehson (eng maqbulini tanlash)ga о‘tardi. U orqali ham muammo о‘z yechimini topmasa, xalq orasida amalda bо‘lgan urf-odatga murojaat qilardi», – deb ta’kidlagan.
Xatib Bag‘dodiyning aytishicha, о‘rtaga tashlangan masala bо‘yicha sahoba va tobe’inlardan rivoyat qilingan sahih hadis mavjud bо‘lsa, Abu Hanifa uning izidan borardi, bо‘lmaganda qiyos uslubini о‘rinli ishlatardi.
Xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, Abu Hanifa о‘z fiqhiy uslubida:
1. Qur’oni karim.
2. Sunna.
3. Ijmo’ (sahobalar tomonidan bir ovozdan qabul qilingan hukm).
4. Qiyos (arabcha taqqoslash, biror bir masalani Qur’on va sunnadagi hukm chiqarish uslubiga taqqoslab fatvo chiqarish).
5. Istehson (shariat masalalariga qiyosiy tatbiq etishda kelib chiqishi mumkin bо‘lgan xulosalardan musulmonlar jamoasi uchun qaysinisi yaxshiroq, foydaliroq, ma’qulroq bо‘lsa, о‘shanisini qо‘llash).
6. Urf (mahalliy xalqlardagi mavjud shariatga zid bо‘lmagan qadriyat, an’ana va urf-odatlar)ga asoslanib ish yuritardi.
Abu Hanifa erkinlik tamoyilining homiysi edi, tijorat va boshqa sohalarda inson huquqi va erkinliklarini himoya qilib keldi. Masalan, turmush qurishda erkak va ayolga teng huquq berilib, oqil va balog‘atga yetgan qiz va ayollarni hech kim ularning roziligisiz nikoh qilishga majburlay olmaydi, nikoh shartnomasi qizning valiysi (ota, buva, amaki, aka, uka) bо‘lmasa ham uning о‘z sо‘zi bilan bog‘lanadi.
Abu Hanifa og‘ir vaziyatlarda odamlar uchun qulay sharoit yaratib berib, qiyinchiliklarini oson qilishga uringan.
Aytib о‘tilgan va ulardan tashqari boshqa kо‘p qulayliklar hanafiy mazhabining keng kо‘lamda yoyilishiga sabab bо‘lib, kun sayin uning tarafdorlari sonining oshib borishiga olib keldi.
Markaziy Osiyo xalqlarining hanafiy mazhabiga ergashishining sababi unda mahalliy urf-odatlar, rasm-rusumlarga katta e’tibor qaratilgani bilan ham bog‘liq. Kо‘plab Markaziy Osiyolik hanafiy faqihlari azaldan an’analarga boy bо‘lib kelgan ushbu mintaqa xalqlarining milliy va mahalliy udumlarini shariat qoidalariga moslashtirib, ularga qonuniy tus berib keldilar. Mazkur ishlar Markaziy Osiyo xalqlari uchun mazhab vakillari tomonidan yaratilgan eng muhim qulayliklar edi. Hanafiylar­47%, shofiiylar­27%, molikiylar­17%, hanbaliylar­7,5%.1
Umma-madinada Muhammad Payg‘ambar izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa keyinchalik barcha muslmonlar tushunilgan. Bu ummaga kirgan makkaliklarni birlashtiruvchi zamin qon qarindoshlik, urug‘chilik tamoyili emas, yagona Allohga e’tiqod birlashtiradi.
AdliY. Islomgacha qonga qon olish qoidasi amal qiladi: agar bir jamoa a’zosi boshqa jamoa vakilini о‘ldirsa yoki yarador qilsa, birinchi jamoa qasos olish huquqiga ega bо‘ladi. Qur’onda Kimki u qasosni sadaqa qilib kechib yuborsa, u gunohlariga kafforatdir. Alloh nozil etgan oyatlar bilan hukm qilmaydiganlar, anna о‘shalar zolimlardir. (Moida surasi, 45-oyat.)
Undan tashqari Qur’oni karim bir mо‘min boshqa mо‘minni qasddan о‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir degan.

Download 115.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling