Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat


ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY


Download 115.05 Kb.
bet6/9
Sana13.04.2023
Hajmi115.05 Kb.
#1350596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу . Л Ислом қадриятлари

ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
AL-JOMI’ AS-SAHIH
(Ishonarli tо‘plam) 4-jild
Ota-onasi rizo bо‘lmasa, jihod qilmaydi
Abdulloh ibnAmr rivoyat qiladilar: «Bir odam Nabiy sallallohu alayhi va sallamga: «Jihod qilmoqchimen», — dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onang bormi?» — dedilar. U «Ha» deb aytdi. Janob Rasululloh: «(Avval) ota-onangning xizmatini qilib, rizolig‘ini olgin, sо‘ng jihod qilgin!» — dedilar».
6-bob. Ota-onaga oqqlik (itoatsizlik) qilmoq gunohi azimlardandir
Ibn Amr buni Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan erkanlar.
Mug‘iyra riviyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alaihi va sallam: «Olloh taolo sizlarga onalaringizga oqqlik qilmoqni harom qilib, mumsik bо‘lmoqni hamda gudak qizlarni tiriklayin yerga kо‘mmoqni (islomdan avval shunday odat bо‘lgan) man’ qildi, shuningdek mish-mish gaplar tarqatmoq, kо‘p savol bermoq va mol-dunyoni behuda sarf qilmoqni makruh qildi»,
— dedilar». Abdurrahmon Ibn Abu Bakra otalaridan niql qilidilir, ul kishi bunday degan erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng katta gunohi azimlar haqida sizlarga aytaymi?» — dedilar. Byz: «Ha, yo Rasulalloh!» — dedik. Janob Rasululloh: «Ollohga shirk keltirmoq va ota-onaga oqqlik (itoatsizlik) qilmoq», — dedilar. Sо‘ng, yonboshlab yotgan
erdilar, о‘rinlaridan turib о‘tirib oldilarda: «Tuhmat qilmoq va yolg‘on guvohlik bermoq eng katta gunohi azimlardan ermasmi?! Tuhmat qilmoq va yolg‘on guvohlik bermoq eng katta gunohi azimlardan ermasmi?!» — deb takrortakror ayta boshladilar, hatto men ul zot (hali-beri) jim bо‘lmasalar kerak deb о‘yladim».
Ubaydulloh ibn Abu Bakr rivoyat qiladilar: «MenAnas ibn Molikdan eshitdimki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gunohi azimlar haqida gapiribdilar yokim odamlar о‘zlari Janob Rasulullohdan gunohi azimlar tо‘g‘risida sо‘rashibdi. Shunda payg‘ambarimiz alayhissalom: «Olloh taologa shirk keltirmoq, о‘z-о‘zini о‘ldirmoq va ota-onaga oqqlik (itoatsizlik) qilmoq», — debdilar. Keyin, yana: «Eng katta gunohi azimlar haqida sizlarga aytaymi? Bu — tuhmat qilmoqdir!» — deb qо‘shib qо‘yibdilar. Ul zot: «Yolg‘on guvohlik bermoqdir!» — deb aytgan bо‘lishlari ham , mumkin. (Chunkim, Shu’ba: «Ul kishi: «Yolg‘on guvohlik bermoqdir!» — degan bо‘lishlari kerak deb о‘ylayman», — deydilar».
Oisha onamiz rivoyat qiladilar: «YO Rasulalloh, Mening ikki qо‘shnim bordir, ularning qaysi biriga tuhfalar kirgizib turayin?» — dedim. Janob Rasululloh: «Eshigi eshigingga yaqiniga», — deb javob qildilar».
33-bob. Har bir ezgu amal sadaqadir! Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ezgu amal sadaqadir!» — dedilar». Sa’di ibn Abu Burda о‘z ota-bobolaridan naql qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Har bir musulmon sadaqa bermog‘i lozimdir», — deb aytdilar. Shunda qavamlar «Agar sadaqa qilgulik narsa topolmasachi?» — deb sо‘rashdi. Janob Rasululloh: qо‘llari birlan mehnat qilib о‘zi ham manfaatlansin sadaqa ham bersin!» — dedilar. Odamlar: «Agar ishlashga qurbi kelmasa yokim ishlamasa ne qilg‘ay?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Nochor va hojatmand kishilarga madad bersin!» — dedilar. Odamlar «Bunga ham qodir bо‘lmasachi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Boshqalarni yaxshilikka chorlasin!» — dedlar. Odamlar: «Bunga ham qodir bо‘lmasachi?» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Yomonlikdan о‘zini tiysin, о‘sha uning uchud sadaqadir!» — deb javob qildilar».
23-bob. Olloh taolodan hayiqib yig‘lamoq haqida Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo (qiyomat kuni) yetti toifa kishilarni о‘z soyasiga olgaydir, ulardan biri — (xilvatda) Olloh taoloni yod etib, xо‘ng-hо‘ng yig‘lagan odamdir», — dedilar».


  1. Download 115.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling