Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat


Islomda axloqiy qadriyatlar. Tasavvufda komil inson axloqi


Download 115.05 Kb.
bet7/9
Sana13.04.2023
Hajmi115.05 Kb.
#1350596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу . Л Ислом қадриятлари

Islomda axloqiy qadriyatlar. Tasavvufda komil inson axloqi

Tasavvuf – inson kamoloti, axloqiy poklanish haqidagi ilm dedik. Bu tushuncha komil inson konsepsiyasida aniq kо‘zga tashlanadi. Inson uchun qayg‘urish, uning ma’naviy kamolotini о‘ylash tasavvufning doimiy о‘zak masalasi bо‘lib kelgan. Ayniqsa, insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, ruh va jism orasidagi kurash sо‘fiylarni kо‘p qiziqtirgan. Ular insonda azaliy ikki qarama-qarshi kuch-rahmoniy va shaytoniy quvvatlar borligini, inson Allohning bandasi sifatida shayton qutqusini yengib, rahmoniy fazilatlarga ega bо‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Insonning hayotdagi о‘rni, jamiyat bо‘lib yashash tartiblariga ham shu mavqedan turib qaralgan; chunonchi, ijtimoiy nizolar, urush-janjallar, mulkiy tengsizlikning tub mohiyati, bosh sababini ham tasavvuf inson tabiati va siyratidan qidiradi, insonning axloqini tuzatishni uning tabiatidagi salbiy, hayvoniy kuchlarni mavh etishdan boshlash kerak, deb tushuntiradi. Tasavvufchilar inson tabiatidagi salbiy kuchlarni umumiy nom bilan «nafs» yoki «nafsi ammora» deb atadilar va unga qarshi urush e’lon qildilar. Mol-dunyo tо‘plash, nafs ehtiyojiga qarab yurish, hirsu havas qat’iy qoralandi, insonni (demakki, insoniyatni ham) noqislik va falokatlardan qutqarishning birdan-bir tо‘g‘ri yо‘li – nafsni о‘ldirib, qanoat bilan halol yashash, ruh – irodani chiniqtira borib, insonda insoniylikni, ya’ni ilohiylikni tantana ettirish zarur, deb targ‘ib qilindi. 16
Bilgilki, Komil inson deb shariat va tariqat va hakqiqatda yetuk bо‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi tо‘rt narsa kamolga yetgan bо‘lsin: yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif».17
Shu tariqa, komil insonning о‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bо‘lib, bu sifatlarga ega bо‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Bundan yana shu ham ma’ulm bо‘ladiki, о‘rta asarlardagi yaxshi axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega – bir tomondan, jami ruhiy-ma’naviy qudrat, aqlu zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan shu chо‘qqiga intilib, muayyan matarabalarga erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan. Ammo masala qanday qо‘yilishidan qat’iy nazar, komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega bо‘ldi, insonni sharafli, ezgulik va Buyuk Xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qildi. Har zamon, har lahza insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojо‘ya qiliqlardan saqlanishga kо‘maklashadi, iymon va vijdon binosining poydor bо‘lishini ta’minlaydi.18
IX asr boshlariga kelib tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, sо‘fiylarning amaliy, ruhiy-psixologik mashqlari, о‘z-о‘zini tarbiyalash va chiniqtirish tabdir-usullari shakllandi. TARIQAT, MA’RIFAT, HAQIQAT degan tushunchalar yuzaga kelib, tasavvufning ushbu uch qismiga oid qarashlar majmui tuzildi - tasavvuf alohida ilm sifatida qaror topdi. Sо‘fiylar dastlabki paytlar tasavvufni nuqul siru asror, tushuntirib bо‘lmaydigan holatlar («iboraga kelmaydigan ishoratlar») deb hisoblagan bо‘lsalar, bora-bora bu holatlar haqida fikr-mulohazalar bayon qilina boshlandi, sо‘fiyni tarbiyalash vazifasi, pir-muridlik qoidalari, odobini yaratish zarurati tug‘ildi. Natijada, tariqat va shariat orasidagi munosabatlar, olam, odam va Xudo orasidagi aloqa-muomala mohiyati, tavhid - vahdat masalalari munozalarga sabab bо‘ldi.
Tasavvuf ahli sig‘ingan ideal – Komil Inson aslida xalq ideali, adabiyot ideali edi. Bu hayotbaxsh ta’limotning peshvolari yozib qoldirgan asarlar, sо‘fiyona ruhdagi she’ru dostonlarni mutolaa qilar ekanmiz, yorug‘likning zulmga, xayrning sharrga, fayzu kamolning nuqsu noqislik, kaltafahmlik va nodonlikka qarshi omonsiz jangiga guvoh bо‘lamiz. Voqean, tasavvuf shayxlari, zulm va qorong‘ulik lashkariga qarshi ma’rifatni qurol qilib olib jangga kirgan pahlavonlarga о‘xshab ketadilar (Tustariy: «Ma’rifat jahl-nodonlikka qarshi jangdir»). Ular Ka’ba deb kо‘ngilni tan oladilar, kо‘ngil rayiga yuradigan, dunyoni kо‘ngil oraqli biladigan va kо‘ngilga sig‘ina-digan odam Allohning sevgani deb chiqdilar. Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asaridan: «Ismoil Dabbos dedikim, haj niyati qilib, borurda Sherozga yetishdim. Bir masjidga kirdim. Shayx Mо‘minni kо‘rdimki, о‘lturib xirqasini yamaydur erdi, salom qildim va о‘lturdim. Mendan sо‘rdikim, ne niyating bor? Dedim: haj niyatim bor. Dedi: onang bor? Dedim: bor. Dedi: yonib onang mulozamatiga bor… Men ellik haj qilibmen – bosh yalang, oyoq yalang va zodu hamrohsiz. Barchasin senga berdim, sen onang kо‘ngli shodligin menga ber!»
Bu odamlar – jamiyatning tirik vijdoni edilar. Kishilar ularga qarab hushyor tortar, dunyo bexudligidan о‘ziga kelib, о‘z qalbiga, qilayotgan ishlariga razm solardilar, tavba-tazarru’ qilardilar. Ularning af’olu a’moli insonlar diliga quvvat, kо‘ziga nur bag‘ishlagan.
Ibn Arabiy nazdida komil inson – bu aqli avval yoki nafsi avval, aqli kull tushunchalari bilan ma’nodoshdir. Chunki Tangri taolo ilohiy nurdan ilk marta Aqli avvalni yaratdi va uning suratu shakli Komil Inson qiyofasida zuhur etdi. Shuning uchun «Xalaqollohu adama ala’ suratar Rahmanu» (Alloh odamni Rahmon suratida yaratdi) degan hadis mavjud. Komil inson, shu tariqa, Alloh-ning Rahmonu Rahim sifatlariga ega bо‘ldi, deydilar (Sayyid Sodiq Guharin. Sharhi istilohoti tasavvuf, 1-jild, 125-bet).
Ibn Arabiyning fikricha, komil insonning yerdagi timsoli hazrati Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alahi vasallamdir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. Payg‘ambarimiz xalq va Haq muqobi-lida turardilar va orada vosita edilar. Shunday bо‘lgach, hamma odamlarni ham va hatto anbiyo va avliyolarni, donishmandlarni komil inson deb atash joiz emas.
Komil insonni Haqning kо‘zgusi deydilar. Haq taolo О‘z ismi va sifatlarini faqat komil insonda kо‘radi. Shuni ham ta’kidlaydilarki, komil insongina Haq qudratining buyukligi, cheksizligiga guvoh bо‘la oladi.
Markaziy Osiyoda quyidagi tariqatlar qadimdan keng tarqalgan: qodiriya, yassaviya, kubraviya va naqshbandiya (yoki «xojagon»).
kо‘pgina shayxlar о‘z muridlariga birinchi navbatda shariat asoslarini puxta о‘rgatganlar, murid toki Qur’on va Hadisni butun mohiyati bilan anglab yetmasa, shariat ahkomi bо‘lmish tavhid, iymon ma’nosini tushunmasa, besh vaqt namozni ado etib, rо‘za tutib, zakot va haj talablarini ham bajarmasa, u haqiqiy musulmon deb qaralmagan va xonaqoga kiritilmagan. Biroq, hamma gap shundaki, tariqat peshvolari shariat talablari ustiga yana yangi talablar qо‘yganlar, musulmonlik shartlarini chuqurlashtirganlar. Aniqroq qilib aytsak, omma toqat qila olmaydigan, biroq maxsus kishilargina toqat qiladigan qishimcha riyozatlar yuklaganlar va soliklar buni majburiy emas, ixtiyoriy ravishda о‘z zimmalariga olganlar. Ana shu asosda qо‘shimcha namoz, qо‘shimcha rо‘za, parhez va taqvo, qо‘shimcha haj qilish joriy etilgan.



Download 115.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling