Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat


Islomda fan va ta’lim, madaniyat va san’atga munosabat


Download 115.05 Kb.
bet8/9
Sana13.04.2023
Hajmi115.05 Kb.
#1350596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу . Л Ислом қадриятлари

Islomda fan va ta’lim, madaniyat va san’atga munosabat.

Agar besh farzdan sо‘ng Islomdagi eng hayrli amal qaysi degan savol berilsa, ishonch bilan islomiy ilm olish deb aytish mumkin. О‘z vaqtida Imom ash-Shofeiy (rahimahulloh) aynan shunday javob berganlar. Barcha insonlarning sayyidi Rasululloh sallallaxu alayhi vassalam aytganlaridek: “Olimlar payg‘ambarlarning merosxо‘rlaridir”.


Bunga oid oyat va hadislar kо‘pdir. Zero, ilmning avloddan avlodga yetkazilishi sababli ummat о‘zini adashishdan saqladi, о‘z qadriyat va muqaddas qadamjolarini dushman bosqinidan himoya qilishga bel bog‘lab kelgan. Yevropa mamlakatlari о‘rta asr johiliyat botqog‘ida botib yotgan vaqtida musulmon madrasalari esa tabiiy fanlarni о‘rganish markazi bо‘lgan. Dunyodagi eng qadimgi universitet (ma’had) Misrdagi al-Azhar bо‘lib, unga 988 yilda Sorbonna yoki Oksford universitetlaridan avval asos solingan. 
Muhammad payg‘ambarga nozil bо‘lgan birinchi sura, al-Alaq! Surasidir. Unga kо‘ra insonni ilmga da’vat qilinadi, ilm ulug‘lanadi.
"(U) insonni laxta qondan yaratdi. О‘qing! Rabbingiz esa Karamlidir. U insonga qalam Bilan (yozishni ham) о‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi. Darhaqiqat inson xaddidan oshar. (Ey, inson!) Albatta, qaytish Rabbing huzurigadir."1
Abu Homid G‘azzoliy falsafasida ham yorqin aks etgan. U о‘zining “Kimiyoi saodat” asarida mо‘minning asosiy burchi qalbni davolash va uni yomonliklardan tozalashdir, deydi. “Ihyo ul-ulum id-din” asarida ilmning fazilati tо‘g‘risida quyidagilarni ta’kidlagan: “Ilm kо‘r qalb kо‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga kо‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kechani ibodat bilan bedor о‘tkazganga tengdir. Allohga toat-ibodat, tavhidni anglash, Allohni ulug‘lash va taqvo ilm bilan bо‘ladi.”2
Mirzo Ulug‘bek Buxoroda qurdirgan madrasa peshtoqiga sahih hadis hisoblanadigan quyidagi jumlani yozishni buyurgan. “Bilim olmoqqa intilmoq, har bir muslim va muslima uchun farzdir”.
Muhammad Payg‘ambarga birinchi nozil bо‘lgan “al-Alaq” surasida ham ilmga da’vat bor. Birinchi vahiydanoq ilm olishga da’vat yozuv orqali bо‘lganligi sababli yozuv muqaddas va ilohiydir. Shu bois u san’at darajasiga kо‘tarildi. Qur’onga kо‘ra, “Alloh taolo hamma narsadan avval qalamni yaratdi, unga: “Yoz!”- deb buyurdi. Qalam: YO Rabbim, nimani yozaman? - deb sо‘radi. Alloh unga: “Qadarni yoz!”- dedi. Qalam shu onda bо‘lgan va bо‘ladigan narsalarni yozdi.” 3
Islomda ilmga muhabbat bilan qaralganligi tufayli kitob bezash, xattotlik hamda miniatyura san’atlari rivojlandi. О‘z navbatida yozuv va kitob san’ati islomning rivojlanishiga katta yordam berdi.
Islom madaniyatining nazariy asoslarini Qur’on hamda hadislar tashkil etadi. Islom falsafasi markazida Allohning yagonaligi haqidagi ta’limot yotadi. Qur’on yakkaxudolikni targ‘ib etadi. Qur’onning eng asosiy ta’limotlaridan biri – Allohning о‘zigagina ibodat qilishdir. Qur’oni karimga kо‘ra, “Alloh – Undan о‘zga iloh yо‘qdir. (U) hamisha barhayot va abadiy Turuvchidir”19.
Shuningdek, Islom Allohga biror surat yoki haykal vositasida sig‘inishni rad etadi. Dastavval islom dinida madaniyatning ba’zi sohalarini cheklashga zaruriyat bо‘lgan. Chunki islom dinidan oldin va dastlabki yoyilish davrlarida butparastlik avj olgan edi, ya’ni, arablarning diniy markazi hisoblangan Ka’bada 360 sanam bо‘lgani tarixdan ma’lum. Ammo sanamlar haykali kо‘pligi muayyan sanamga bir necha qabila sig‘ingan bо‘lsa, shuncha nusxada qо‘yilgan bо‘lishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Muhammad payg‘ambar Makkani fath qilganidan sо‘ng haykallar va suratlarni yо‘q qilishni buyurgan20. Shuningdek, Qur’onda “О‘zlaringiz yо‘nib (yasab) olgan narsalarga ibodat qilasizmi?! Holbuki, sizlarni ham, sig‘inayotgan butlaringizni ham Alloh yaratgan - ku?!”21, deyilgan.
Islom dinida tasviriy san’at muammosi faqat sig‘inish obyekti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bо‘lgan. Shuning uchun islom ta’limotiga kо‘ra, Alloh qiyofasi tasvirlanmaydi.
Din va san’atning uzoq davom etgan va о‘zaro munosabatlari jarayonida har bir dinda о‘sha dinning о‘ziga xosligini, mazmun-mohiyatini ifodalaydigan san’at tizimi shakllangan. U yoki bu dinlar о‘zlari uchun о‘sha dinning mohiyati, mazmunini aks ettiradigan u yoki bu san’at tizimini shakllantirgan. Islom madaniyatidagi о‘ziga xos tasviriy san’at turi – bu realistik san’at turi emas, ya’ni majoziy san’at (nafis tasviriy san’at, naqsh, yozuv san’ati, kitob san’ati, devoriy rasmlar san’ati, me’morchilik san’ati) din bilan integratsiyalashgan va bu bilan bog‘liq san’at keyinchalik musulmon san’ati sifatida dunyoga mashhur bо‘lgan.
Islom dinida tasvirlash san’ati inkor qilinmagan, ammo Xudoni tasvirlash taqiqlangan.

Download 115.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling