Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat


Ota-onalarga munosabat Qur’oni karim va xadislarda keltiriladi


Download 115.05 Kb.
bet5/9
Sana13.04.2023
Hajmi115.05 Kb.
#1350596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу . Л Ислом қадриятлари

Ota-onalarga munosabat Qur’oni karim va xadislarda keltiriladi.
Hadislarda Onani rozi qilish haqida shunday deyilgan Rasulullohdan : “Ey Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bо‘ladi?” – deb sо‘radim. “Onangga”, - dedilar. Men shu savolimni uch martaba qaytarsam ham, Rasululloh: “Onangga”, - deyaverdilar. Tо‘rtinchi martaba sо‘raganimda: “Onangga va yaqin bо‘lgan qarindoshlaringga”, - dedilar. 3
Ota-onani haqini ado qilish haqida.
Abdulloh ibn Umar bir yamanlik odam о‘z onasini opichlab, xonai Ka’bani tavof qildirib yurganini kо‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan о‘qirdi:
Onai zorim uchun bо‘ynimni eggan tevaman.
Tevaga minggan onam horsalar ham men charchamam.
U shuni о‘qib turib Abdullohga qaradi-da, Ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qilolmadimmi, deb sо‘radi. “Yо‘q, bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni qiynab tutgan tо‘lg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas”, -dedi. 4
IMOM ISMOIL AL-BUXORIY AL-ADAB AL-MUFRAD
(Adab durdonalari) "Uzbekiston" Toshkent— 1999.
2-bob. Onani rozi qilish haqida. 3-hadis. Musoviya ibn Hayyida (roziyolloxu anhu) aytdilarki, Rasulullohdan : "Ey Rasulallox, men yaxshiligimni kimga qilsam buladi?" — deb suradim. "Onangga", — dedilar. Men shu savolimni uch martaba qaytarsam xam Rasulullox'. "Onangga”, — deyaverdilar. Tо‘rtinchi martaba suraganimda: "Otangga va yaqin bulgan Qarindoshlaringga”, — dedilar.5

4-bob. Ota-ona farzandga zulm qilsa ham ular ota-onaga yaxshilik qilaverishi kerakligi haqida. 7-hadis. Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilindi. "Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat kilsa, Allox Taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa kilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh Taolo undan rozi bulmaydi”, — deydilar. Shunda bir kishi: "Agarda ota-onalar bolaga zulm qilsa, bola nima qilishi kerak?" — deb suradi. Abdulloh: "Agar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak", — dedilar. 5-bob. Ota-onaga muloyim gapirish haqida. 8-hadis. Taysala ibn Miyos aytdilar: "Men Najda ibn Omir al-Xorijiyning ayehoblari bilan bulib gunozushr kildim. Shularni uzimcha katta gunox deb hisoblab, Abdulloh ibn Umar (roziyolloxu anhu) ga borib aytdim. Shunda Abdulloh ibn Umar: "Bular katta gunoh emas, katta gunohlar tuqqiztadir, ular: Alloh Taologa shirk keltirish, odamni о‘ldirish, urush maydonidan qochish, afifa (uzini pokiza saqlagan) xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo (ijaraxurlik), yetimlar molini yemoq, Alloh Taoloning borligini inkor qilish, odamlarni masxara qilish, kamsitish, ota-onani xafa qilib yig‘latish — mana shular katta gunohdir", — dedilar. Keyin Abdulloh ibn Umar menga qarab: "Ey Taysala! Sen dо‘zaxdan qо‘rqib jannatga kirishni xohlaysanmi?" — dedilar. Men: "Jannatga kirishni albatta xohlayman", — deganimda, u kishi: "Ota-onang tirikmi? — deb sо‘radilar. Men: "Otam vafot etgan, ammo onam borlar", — dedim. Abdullloh: "Katta gunohlardan о‘zingni saqlaganingdan keyin onangga qattiq gapirmasang, uning ovqatini berib tursang, albatta jannatga kirasan", — dedilar. 6


11-hadis. Abu Burda ibn Abi Muai al-Ash’ariyning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar bir yamanlik odam о‘z onasini opichlab, xonai Ka’bani tavof qildirib yurganini kо‘rdilar. U odam quyidagi baytni ohang bilan о‘qirdi: Onai zorim uchun buynimni eggan tyovaman. Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam. U shuni uqib turib Abdullohga qaradi-da, ey Abdulloh ibn Umar, mana shu xizmatim bilan men onamning haqqini ado qilaolmadimmi, deb sо‘radi. "Yо‘q bu xizmating seni tug‘ish vaqtida onangni qiynab tutgan tulg‘oqlarining bittasiga ham barobar emas", — dedi.
12-hadis. Abu Murra aytadilar: "Marvon ibn al- Hakam Madinadan biror joyga safarga ketganida о‘z о‘rniga Abu Hurayrani qoldirib ketardi. Abu Hurayra Zulhulayfada turib, о‘zlari bir xonada, onalari boshqa xonada yashardi. Abu Xurayra qachon uz xonalaridan tashqariga chiqadigan bulsalar, onalarining eshigi oldiga kelib salom berardilar-da: "Meni yoshligimda tarbiyat qilganingiz uchun sizga Alloh Taoloning rahmati bо‘lsin", — der edilar. Onalari ham u kishining salomlariga javob qaytarib: "Katta bо‘lganingda menga yaxshilik qilayotganing, roziligimni olayotganing uchun senga ham Alloh Taoloning rahmati bulsin", — der edilar* Abu Murrya — * Abu Tolibning qizi Ummi Hapimipg yoki Aqilning (iol qilgai kuli edi . b-bob. Ota-ona haqini ado qilish haqida. 16 I edilar. Abu Durayra tashqaridan qaytib kelganlarida ham ona-bola о‘rtasida shu muomala takrorlanardi"7*
7-bob. Ota-onaga bulish haqida*. 15-hadis. Abu Bakira (roziyollohu anhu) aytdilar: "Rasululloh: "Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi?” — deb uch martaba suradilar. Sahobalar: "Ey Rasulalloh, aytib bering", — deyishdi. "Alloh Taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bulish", — dedilar. Rasululloh shu vaqtda yonboshlab о‘tirgan edilar, keyin yaxshilab о‘tirib oldilar-da: "Ogoh bulinglar! Shu katta gunohlardan biri yolgon gapirmoq, tuhmat qilmoqdir", — dedilar.8
20-xadis. Abdulloh ibn Amr ibn al-Os aytadilar: Rasulullox huzurlariga jixodga (muxaddas urushga) borishni talab qilib bir kishi keldi. Shunda Rasululloh: "Ota-onang tirikmi? — deb suradilar. U kishi: "Ha ota-onam borlar”, — dedi. Shunda Rasululloh: ' ’Ota-onang uchun jixod qil!" — dedilar. 9
10-bob. Ota-ona keksaygan vaqtida xizmatlarini qilib duolarini olmasdan jannatga kira olmagan kishi haqida - 21-xadis. Abu Durayra aytadilar: Rasululloh: "Xor bо‘lsin, xor bulsin, xor bulsin!" — deb un martaba takror qildilar. Shunda sahobalar: "YO Rasulalloh kimni aytayapsiz?" — deb surashdi. Rasulullox: "Ota-onasining ikkalasi, yoxud bittalari keksayib dolgan vaqtida (ularni rozi qilmay) uzini dо‘zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini", — dedilar. I -bob. Ota-onasini rozi silgan kishining umri uzoq bо‘lishi haqida. 10
23-hadis: Abdulloh ibn Abbos aytdilar: Alloh Taoloning: "Ota-onang ikkalasi yoxud ulardan bittasi keksayib qolsa ularga "uff" degan sо‘zni aytma, gaplarini qaytarma, ularga yoqadigan gapni gapir, ularga rahmdillilik yuzasidan kamtarlik qanotingni yopib tur! Meni yoshligimdan tarbiyat qilganlari uchun ulardan uz rahmatingni darig‘ tutma /17:23/", — degan oyatlarning Xukmi "Barozt (at-Tavba)" surasidagi: "Paygambarimiz (alayxissalom)ga va mо‘min bandalarga mushriklari ochix * Har bir kishining umri qancha bulishi azalda taqdir etilgan. Ammo umrning uzoq bulish i, dunyoda yaxshi , farovonlik bilan yashashi, rizqining kup bulishi, dunyoviy ishlarining unumli , barakali bulishiga ishora. * * Tubo — jannatlardan biri yoxud undagi bir daraxt nomidir. * * * 'Uff '' — sо‘zi jerkish , sizga о‘lim bо‘lsin , sizdan bezor buldim , degan mazmunda. 20 ma’lum bulgan mushrixlar uchun istig‘rof aytishlari durust emasdur, ular garchi о‘zlariga yaqin qarindosh bulsalar ham — degan oyat bilan nasx (bekor/ qilingan /9:113/", — deydilar. 11
16-bob. Ota-onaning yig‘lashi haqida 31-xadis. Abdullox ibn Umar: "Ota-onaning yig‘lashi boladan norozi bulganliklaridan dalolat beradi va bu esa katta gunoxlardandir", — deydilar. * Demak kishi bironni sо‘ksa, keyin uning ota-onasini ham sо‘kadi . Shu bilan u bevosita о‘z ota-onasini sо‘kkan buladi . 23 32-hadis. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh: "Uch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz Alloh Taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi", — deganlar.
33-hadis. Abu Hurayradan rivoyat qilindi. U kishi: "Men Rasulullohuihni quyidagi hadislarni eshitdim: "Bibi Maryamning ug‘illari Hazrati Iso (alayhissalom) bilan Jurayjga sо‘zlagan boladan bulak hech bir bola beshikdaligida gapirgan emas", — dedilar. Sahobalar: "YO Rasululloh Jurayj va unga sо‘zlagan bola kim edi?" — deb sо‘rashganda, Rasululloh rivoyatni aytib berdilar: "Jurayj uzining ibodatxonasida ibodat bilan mashg‘ul buladigan bir rohib bulib, uning ibodatxonasi atrofida bir podachi sigirlarni о‘tlatib yurar edi. Shu ibodatxona joylashgan qishloqda turadigan bir xotin podachi yoniga kelib-ketib turardi. Jurayj bir kuni namoz о‘qib turgan vaqtida onasi kelib chaqirdi. Jurayj ancha xayolga chumdi: namozida davom etaversinmi yoki uni buzib, onasiga javob qilsinmi? U uylanib-uylanib, oxiri onasiga javob qaytarmadi va namozida davom etaverdi. Onasi ikkinchi va uchinchi martaba chaqirganda ham u javob qaytarmagach: "Alloh Taolo seni fohisha xotinlarga yо‘liqtirsin”, — deb duoyi bad qilib, qaytib ketdi. Shundan keyin о‘sha podachi oldiga kelib yuradigan xotin bir bola tug‘ib quydi. Uni podshoh oldiga keltirib sо‘roq qilinganda: "Bu bola ibodatxonadagi rohibdan bо‘lgan", — deb da’vo qildi. Podshoh: "Uning ibodatxonasini buzib, о‘zini mening huzurimga olib kelinsin", — deb buyruq qildi. Podshohning buyrug‘iga asosan ibodatxona buzilib, Jurayjning qо‘lini arqon bilan boylab, podshoh huzuriga keltirdilar. Uni olib kelayotganlarida yо‘lda tomosha qilib turgan fohisha xotinlarga kо‘zi tushdi-da, bir kulib quydi. Keyin podshoh undan sо‘roq qilib: "Bu xotin tugilgan bolani
17-bob. Ota-onaning duosi haqida. 24 sendan bulgan deb da’vo qilayotibdi", — dedi. Jurayj xotinga qarab: "Shundaymi?" — dedi. Xotin: "Da, shunday", — dedi. Shunda Jurayj onaning bag‘rida turgan chaqaloqqa qarab: "Ey bola, sening otang kim?" — deb suradi. Chaqaloq tilga kirib: "Otam podachi", — deb javob berdi va uning gapini xamma eshitdi. Shu vaqtda podshox Jurayjga uzr aytib: "Endi ibodatxonani biz yangidan qurib beramiz", — dedi. Jurayj buni avf qilmagach: "Bо‘lmasa kumushdan quraylikmi?" — dedi. Jurayj buni ham qabul qilmay: "Uni avvalgi xoliga keltirib berilsa kifoya", — dedi. Podshox: "Xо‘sh, menga aytchi, qо‘lingni bog‘lab olib kelayotganlarida nima uchun kulding?" — deb Jurayjdan sо‘raganda, u: "Yuz bergan voqeani kо‘zim bilan kо‘rib kulgim qistadi, u xam bо‘lsa onamning menga qilgan duoyi badi edi", — dedi-da, bо‘lgan voqeani podshohga va atrofidagi kishilarga hikoya qilib berdi. 18-bob. 12
44-hadis. Abu Hurayra ikki kishini kо‘rib, ulardan bittasiga: "Bu kishi senga kim buladi?” — deb * Amr ion Usmon Abdulloh ibn Sallomga yaxshi iltifot qilganlari uchun bо‘lsa kerakki, Abdulloh ibn Sallom unga kesatib: "Istaganingni qilaver". — dedi. Shu bilan u Hazrati Usmon bilan aloqador bulganini ham ug‘li Lmr ibn Usmonga Ximli nasihat qilgan bо‘ldi. 28 sо‘radilar. U: "Bu — otam bо‘ladilar", — degan edi, Abu Hurayra:"Unday bо‘lsa otangni ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda о‘tirma", — deb nasihat qildilar13
47-hadis. Bakr ibn al-Xoris al-Ansoriy (roziyolloxu anxu) dan rivoyat qilindi. U kishi Rasululloxdan: "YE Rasululloh men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?" — deb suradilar. Rasulullox (sallolloxu alayxi va sallam): "Onangga, otangga, opa-singillaringga, aka-ukalaringga va yaqin bо‘lgan kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak bulgan qarindoshlikdir "— dedilar14
80-xadis. Rasulullox Sarosa ibn Molik Ibn Ja’sham (roziyolloxu anxu) dan: "Senga sadaqa-ehsonlarning eng kattasini aytib beraymi?" — deb sо‘radilar. Sarosa: "YO Rasulalloh, aytib bering!" — dedilar. Rasululloh: "Eridan chiqib, senikiga qaytib kelgan va sendan bо‘lak qarovchisi bо‘lmagan qizingga qiladigan xayri-ehsoning ehsonlarning eng kattasidir", — dedilar15

58-bob. Qaysi qо‘shni eshigi yaqinroq bulsa, hadyani avval о‘shanga berish kerakligi haqida 107-hadis. Hazrati Oisha aytadilar: «Men Rasulullohdan: «YO Rasululloh! Mening ikkita qо‘shnim bor, Hadyani shulardan qaysi biriga berishim kerak?» — deb sо‘raganimda, Rasululloh : «qaysi bittasining eshigi senga yaqinroq bо‘lsa, о‘shanga berasan», — dedilar. 59-bob. Qо‘shnilarning yaqinroqlari haqida 108-hadis. 1qо‘shni haqida Hasan Basriy (rahmatullohu anhu)dan sо‘raganimda, u kishi: «hovlining old tomonidan yaqin hovli orqa tomonidan yaqin о‘ng tomonidan yaqin va chap tomondan yaqin hovlilar hammasi qо‘shni hisoblanadi», — dedilar. 109-hadis mazmuni 107-hadisda о‘tdi[1]


68-bob. Qо‘shnidan shikoyat qilish haqida 123-hadis. Abu Hurayra aytadilar: Bir kishi Rasulullohga kelib: «YO Rasululloh! Mening bir qо‘shnim bor, u menga kо‘p ozor beradi»,— deb shikoyat qildi. Rasululloh unga: «Uyingga borib hamma buyum, asbob-uskunalaringni kо‘chaga chiqarib quy»,— deb maslahat berdilar. U Rasululloh buyurganlaridek uyidagi narsalarini kо‘chaga chiqarib qо‘ydi. Odamlar yig‘ilib: «Bu nima, nima hodisa bо‘ldi?»— deb sо‘rashganda, u bо‘lgan voqeani ularga aytib bergandan keyin, ular: “ О‘z qо‘shnisiga ozor bergan bunday qо‘shniga Alloh Taoloning la’nati bо‘lsin!»— deb duoibad qila boshladi. Bu mojarodan xabardor bо‘lib qolgan о‘sha yomon qо‘shni О‘zi kelib unga uzr aytdi va: «Yuklaringni uyingga kirgizib qо‘yaver! Bundan keyin men senga sira ozor bermayman»,— deb qasam ichdi. [2]
Rasululloh: «Yetim bolaning tarbiyatini о‘z ustiga olgan kishi jannatda men bilan shunday yaqin bо‘ladi»,— deb о‘rta barmoqlari bilan ikkinchi barmoqlari (ibxomlari)ni kо‘rsatdilar.[3]
92-bob. Birovni yuziga urmaslik haqida 173-hadis. Abu Hurayra Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladilar: Rasululloh: Qaysi biringiz о‘z QULINI ursa yuziga ehtiyot bо‘lsin»,— dedilar. 174-hadis. Jobir ibn Abdulloh aytadilar: Rasululloh alomat-belgi qilish uchun yuziga tamg‘a bosilgan bir hayvon yonidan о‘tib qoldilar. Shu vaqtda u hayvonning ikki burun teshigidan tutun chiqayotgan edi. Shunda Rasululloh: «Mana shu ishni qilgan kishiga Alloh Taoloning la’nati bо‘lsin! Hech kim biron maxluqning yuziga tamg‘a bosmasin va yuziga urmasin»,— dedilar. 93-bob. Kim о‘z qulining yuziga ursa uni ozod qilib yuborishi kerakligi haqida 175-hadis. Bilol ibn Yasof (roziyolloxu anxu) dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Bizlar Suvayd ibn Muharrin hovlisida kiyim-bosh sotayotgan edik. Shu vaqt bir chо‘ri qiz chiqib bir kishiga nimanidir gapirdi, u kishi chо‘rining yuziga bir shapaloq urdi. Shunda Suvayd ibn Muxarrin unga qarab: «CHо‘rining yuziga urdinga, bizlar yetti aka-uka bо‘lib, xizmatimizda bittagina chо‘ri bо‘lgan edi. Uning yuziga qaysi birimiz bir shapaloq urganda Rasululloh (sallolloxu alayhi va sallam) u chо‘rini ozod qilib yuborishni buyurdilar»,— dedi[4]
Hazrati Nuh (alayhissalom): «Seni ikki narsadan, ya’ni Alloh Taologa shirk keltirishdan va kibrlanishdan qaytaraman»,— dedilar. Shunda men aytdim: «YE Rasululloh! Bu shirk keltirish nimaligini biz bilganmiz, ammo kibr nimadir? Bir kishida ichki-tashqi kiyimi bо‘lib, ularni kiyib yursa, kibr bо‘ladimi?»— deb sо‘raganda, Rasululloh: «yо‘q»>— dedilar. «Bо‘lmasa bir kishida chiroyli tasmalik bir juft kovushi bо‘lib, uni g‘irchillatib kiyib yursa, kibr bо‘ladimi?». Rasululloh^: «yо‘q»,— dedilar. «Ot, xachir, teva kabi ulovi-markabi bо‘lib, uni minib yursa kibr bо‘ladimi?» Rasululloh yana: «yо‘q»,— dedilar. «Bir kishining yaxshi suhbatdosh dо‘stlari bо‘lib, ular bilan suhbatlashib о‘tirsa, bu kibr bо‘ladimi?» Rasululloh: «yо‘q, bularning hech biri kibrga qо‘shilmaydi»,— dedilar. «YO Rasululloh! Endi bо‘lmasa kibr nimadan iboratdir?» Rasululloh: «Haqiqatni, tо‘g‘ri sо‘zni tan olmaslik va boshqa kishilarni о‘zidan past hisoblashlik kibr bо‘ladi»,—■ dedilar. 549-^hadis. Abdulloh ibn Umar Rasuli Muhtaramdan rivoyat qildilar. Rasululloh: «Kim о‘zini boshqalardan katta deb hisoblasa yoki yurish-turishlarida boshqalarni pisand qilmay kibrlanib yursa, qiyomat kuni Allohu azza va jalla huzuriga borganda Alloh Taolo unga g‘azab nazari bilan qaraydi»,— dedilar. [5]
[1] 48 b.
[2] 52 b.
[3] 55 b.
[4] 66 b.
[5] 159 b.

Download 115.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling