Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oila, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat


Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oilaviy munosabatlarida er-xotinning huquq va majburiyatlari, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat


Download 115.05 Kb.
bet4/9
Sana13.04.2023
Hajmi115.05 Kb.
#1350596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу . Л Ислом қадриятлари

Islom dinida vatanparvarlik, nikoh va oilaviy munosabatlarida er-xotinning huquq va majburiyatlari, ota-onalarga munosabat va farzand tarbiyasidagi mas’uliyat.

JIHOD, g‘azavot (arab. - g‘ayrat qilish, kuchni ishga solish) - din yо‘lida kurash. Dastlab J. deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan.


Islomda Jihod ma’nosi avvalo urush ma’nosida emas, Allohning diniga sо‘z b-n da’vat qilish ma’nosida yuzaga kelgan.
Farzandni ota-onasi xizmatida bо‘lishi ham jihoddir. Islomning dastlabki о‘n uch yili davomida Muhammad (sav) boshliq sahobalar Makkada urush ma’nosi bо‘lmagan J.ni olib borganlar.
О‘sha vaqtda Alloh taolo musulmonlarning mushriklarga qarshi kuch ishlatishini man qilgan edi. Shu b-n birga ulardan yetgan azob-uqubat va ozorlarga sabr qilishga amr qilgan ham edi. Faqatgina hijratning ikkinchi yili (mil. 624 y.) Qur’oni karim ta’biri b-n aytilganda О‘zlariga qarshi urush ochganlarga ularga zulm qilingani uchun (urushga) izn berildi".
Shahid ketganlar" qanday kiyimda qazo qilgan bо‘lsa, о‘sha kiyimda dafn etiladi. Janoza о‘qilmaydi deyilgan.
SHAXDD (arab. guvoh) - islomda din yо‘lida halok bо‘lgan shaxs. Hadislarga kо‘ra, SH. о‘z imonini kofirlarga qarshi urushda xalok bо‘lishi b-n tasdiqlaydi. Unga qabr azobidan xoli bо‘lib jannatga tushish kafolatlangan, shuning uchun u dafn etilishidan oldin yuvilmaydi. SH.ning hayotidaga qilgan barcha gunoxlari kechiriladi, jannatda u Alloh huzurida baland martabaga erishadi.
Hadislarda aytilishicha, о‘z obrо‘si yo mol-mulki yoki joni yoxud dini, shuningdek, ahdu oilasining himoyasi yо‘lida qurbon bо‘lganlar ham Shahiddir. Alloh taoloning yо‘lida jihod qilib shahid bо‘lganlar jannatdagi о‘rnini kо‘radi deyilgan.

Islom dastlab paydo bо‘lgan yurt va zamonda qiz bola tug‘ilgan oila motam tutar va keyinchalik or-nomus va iqtisodiy qiyinchilikka sabab bо‘lmasin, deb qizni tiriklayin kо‘mib yuborilar edi.


Qur’oni Karim bu odatlarni qattiq qoraladi va man qildi. Musulmon oilalarda qiz bola tug‘ilsa, о‘g‘il bola tug‘ilgandan kо‘ra kо‘proq xursand bо‘lish joriy qilindi. Qizlarni yaxshilab tarbiya qilganlarga о‘g‘il bolalarni tarbiya qilganlarga berilgandan kо‘ra kо‘p va’dalar berildi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning uchta qizi bо‘lsa-yu, u ularning xar­xas’halariga, og‘irliklariga sabr qilsa, Alloh uni ularga kо‘rsatgan rahmi tufayli jannatga kiritur», dedilar.
Bir kishi:
«Ikkita qizi bо‘lsa-chi, ey Allohning Rasuli?» deb sо‘radi.
«Ikkita qizi bо‘lsa ham», dedilar.
Bir kishi:
«Bittta bо‘lsa-chi, ey Allohning Rasuli?» deb sо‘radi.
«Bitta bо‘lsa ham», dedilar».
Yana bir rivoyatda: «yoki uch singlisi bо‘lsa-yu», deb kelgan.
Qizlarning tarbiyasi, ta’limi va madaniyati hamda, yashab, о‘sishi uchun zarur bо‘lgan har bir narsa otaning zimmasidagi farzdir. Ota bu farzdan faqat qiz turmushga chiqqanidan keyingina ozod bо‘ladi, chunki endi bu farz erning zimmasiga о‘tgan bо‘ladi. Otasi yoki eri yо‘q ayolning nafaqasi akasi yoki uning о‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga vojib bо‘ladi. Umuman, Islomda ayol kishi nafaqasiz qolishi mumkin emas. Qizning nafaqasi otaga, xotinniki erga, singilniki aka-ukaga, onaniki о‘g‘ilga vojib bо‘ladi.
Islom ayol kishiga ta’lim olish va madaniy saviyasini oshirish haqqini berdi va erkaklarni bu ishga mas’ul qildi. Ilm talabi erkak-ayolga barobar farzligini, qizlariga va singillariga ta’lim-tarbiya bergan kishi jannatga haqli bо‘lishini yaxshi bilamiz. Ammo ushbu ish chо‘ri ayollarga ham tegishli ekanini hammamiz ham bilmasak kerak.



Download 115.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling