Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
«Korxona iqtisodiyoti» - aholi va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan
mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy-xo’jalik mexanizmlarini o’rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining obektiv qonunlari namoyon bo’lishi va amal qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun hujjatlariga tayanadi. 8 “Korxona iqtisodiyoti” fanini o’rganish to’g’risida so’z yuritilganda albatta uning asosiy vazifalarini aniqlab olish kerak. Uning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni, o’lchov birliklari, ko’rsatkichlari va kriteriyalarini aniqlash usullarini o’rganish; - korxona xo’jalik mexanizmini holatini o’rganish, baholash, kelajakga bashorat qilish; - bo’lajak iqtisodchilarni korxona faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish; - xo’jalik yuritishni yangi shakl va usullarini aniqlash; - barcha turdagi korxonalarning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish; - korxonada birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) samarali foydalanish yo’llarini belgilash. Chunki bu omillar jamiyat, tarmoq va sohalar bo’yicha, ayniqsa alohida korxonalar bo’yicha olinganda, makon va zamon birligida, chegaralangan ekanligini hech kim inkor qilmaydi. 1.1.-chizma. Iqtisodiyot va menejment o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik. КОРХОНА ИҚТИСОДИЁТИ Moliya, byudjet Bank, kredit, soliq, sug‘urta Buxgalteriya hisobi, statistika, audit T a ' m i n o t ch i Resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy va boshqa) Marketing va logistika ISTE'MOLCHI Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling